F. D. Xodjaboyev Navoiy davlat pedagogika instituti «Informatika va o‘qitish metodikasi»


Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari



Download 4,08 Mb.
bet3/56
Sana18.07.2022
Hajmi4,08 Mb.
#820177
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarning komp

2. Kompyuter bilan ishlashda texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena qoidalari
Kompyuterlar ham boshqa elektr jihozlari singari elektr toki yordamida ishlaydi. Elektr toki esa juda etiyotkorlik bilan ish ko‘rishni taqozo qiladi. Aks olda, yong‘in chiqishi, baxtsiz hodisalar ro‘y berishi va buning natijasida insonlar salomatligiga zarar etishi hamda texnika vositalari ishdan chiqishi mumkin.



1.1-rasm.

Shunday ekan, kompyuterdan foydalanishda rioya qilishingiz shart bo‘lgan ba’zi bir qoidalarni eslatib o‘tamiz:



  • Kompyuter yoniga ustki kiyimda o‘tirmang;

  • Dastlabki texnik qarovsiz kompyuterni ishga tushirmang va o‘chirmang;

  • Elektr toki manbalariga va ulanish simlariga tegmang;

  • Monitorga qo‘lingizni va boshqa narsalarni tegizmang;

  • Toza va quruq qo‘llar bilan klaviatura va sichqonchani ishlating;

  • Klaviatura va sichqoncha tugmalarini kuch bilan bosmang;

  • Ish o‘rniga boshqa begona narsalarni qo‘ymang;

  • Kompyuter yonida ovqatlanmang;

  • Kompyuterdagi nosozliklarni o‘zboshimchalik bilan tuzatishiga urunmang.

  • Kompyuterdagi nosozlikni sezsangiz ishni to‘xtatib, texnik xodimga darhol xabar bering;

  • Ishlab turgan kompyuterni uzoq vaqt qarovsiz qoldirmang.

1-mashq. 20-30 sekund turgan joyida o‘rta sur’atda yuriladi.
2-mashq. Qo‘llarni oldinga cho‘zgan holda 5-6 marta o‘tirib turiladi.
3-mashq. Qo‘llarni belga qo‘ygan holda avval chapga, so‘ng o‘ngga egiladi (5-6 marta).
4-mashq. Qo‘llarni belga qo‘ygan holda boshni avval chapga 6 marta, so‘ng o‘ngga 6 marta aylantiriladi.
5-mashq. Qo‘llar yelkaga qo‘yiladi va aylanma harakatlar qilinadi. (10 marta)


Kompyuterda ishlash sanitariya-gigiena talablari

Kompyuterda ishlayotganda ish o‘rnini noto‘g‘ri tashkil etish ham insonning salomatligiga: ko‘zi, qon aylanish tizimi va bosh miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilishingiz shart:



  • Quyosh nuri ish stoliga chap tomondan tushishi, monitorga esa tik tushmasligi lozim;

  • Ko‘zingiz va monitor orasidagi masofa 40–75 santimetr oralig‘ida bo‘lishi lozim;

  • Toza va quruq qo‘llar bilan klaviatura va sichqonchani ishlating;

  • Kompyuter stolida ovqatlanmang va unga boshqa begona narsalarni qo‘ymang;

  • Kompyuterda har 20–30 minut ishlagandan so‘ng 2-3 minut davomida ko‘zga dam berish (monitordan ko‘zni olib, uzoqda turgan narsalarga qarash) yoki engil jismoniy mashlarini o‘tirib bajarish tavsiya etiladi;

  • Bir kunda kompyuterda 180 minutdan ko‘p ishlamaslik lozim;

  • Kompyuterda ishlash paytida gavdani tik tutib, ish stolidan 15-16 santimetr uzoqlikda, ko‘z nigohingiz monitorning markaziga tushadigan qilib stulga o‘tirish lozim;

  • Kompyuter turgan xonani doimo toza va ozoda saqlash va tez–tez shamollatib turishi kerak;

  • Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20–24 gradus bo‘lishi lozim.




1.2-rasm 1.3-rasm.



Download 4,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish