Nazorat savollari
1) Elеktron pochta xizmati va uning afzalliklari haqida so‘zlab bering.
2) Skayp, Mеyl Agеnt, Google Talk, ICQ dasturlari nima uchun ishlatiladi?
3) Blog nima?
4) Chat dеganda nimani tushunasiz?
5) Pochta qutisi bu?
6) Spam tushunchasi nechanchi yilda paydo bo‘ldi?
7) Spamlarning turlari haqida so‘zlab bering.
Topshiriqlar
1-topshiriq. Elеktron pochta xizmatidan foydalanishni o‘rganish.
2-topshiriq. Skayp, Mеyl Agеnt, Google Talk, ICQ dasturlari bilan ishlashni o‘rganish.
Adabiyotlar
R.R.Boqiyev, R.Yu. Mehmonov, D.K.Husnitdinova «Bolalar bog‘chasida kompyutеr savodxonligi» O‘quv qo‘llanma Toshkent - 2010.
Aripov M va boshqalar. Axborot tеxnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. -T.: «Nashr», 2009.
Raxmonqulova S., Marahimov A. Internetda ishlash asoslari. -T.: 2001 y.
Zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish. ma’ruzalar matni 2011
15-mavzu: Internetda axborot izlash
Reja:
Internetda axborot izlash
Internetda ishlashda foydalaniladigan dasturlar
Tayanch iboralar: UseNet, Gorher, World Wide Web, Archie, FTR, Telnet, RING.
Internetda axborot izlash
UseNet - barcha mavzular bo‘yicha umumiy xabarlar bilan almashish imkonini beruvchi kompyuterlar jamlamasidir. Bu xabarlar elektron pochtani eslatadi, lekin elektron pochta dasturiy ta’minotidan farqlanuvchi maxsus dasturiy ta’minot orqali uzatiladi. UseNet xabarlar xat (article) deb yuritiladi. Xatlar yangiliklar guruhi (news grours) yoki telekonferensiya guruhlariga mavzu bo‘yicha guruhlanadi. Xat va yangiliklar guruhining jamlamasi yangiliklar (News) deb yuritiladi. Har bir UseNet kompyuterlar xat ma’umotlari bazasini saqlab turadi va xat qo‘shni kompyuterlar bilan almashish orqali yangilanadi. Ma’lumotlar bazasi foydalanuvchilarga yozib jo‘natiladigan maqolalardan iborat. Yangiliklar guruhi jo‘natma ro‘yxatidan farqlanmaydi. Lekin maqolalar hammaga jo‘natilmaydi, faqat uni o‘qiy oladiganlargagina yuboriladi.
Telekonferensiya kategoriya va kategoriya bo‘limlari iyrarxik usulda tashkil etilgan. Bu kerakli telekonferensiyani topishga yordam beradi. Rasmiy iyrarxiyada yettita asosiy kategoriya (iyrarxiyaning yuqori darajasi) mavjud.
Kategoriya Mavzu
comr------------------------------------------------------Kompyuterlar
misc------------------------------------------------Turli xil ma’umotlar
news------------------------------Yangiliklar (UseNet tizimi haqida)
rec-------------------------------Dam olish (muzika, sport o‘yinlari)
soc-------------------------------------------------------Jamiyat haqida
sci-----------------------------------------------------------Tabiiy fanlar
talk---------------------------------------------Munozara, muhokamalar
Boshqa bo‘limlar ham mavjud. Yangiliklar guruhining nomi odatda, nuqta bilan ajratilgan ikkita yoki undan ortiq bo‘limdan iborat bo‘ladi. Nomlar chapdan o‘ngga qarab o‘qiladi. Birinchi qism (eng chapdagi) nom yangiliklarning mazkur guruhi mansub bo‘lgan iyrarxiyaning yuqori darajasini aks ettiradi:
Comr.sys.os.mswindows - Microsoft windows operatsion tizimiga bag‘ishlangan telekonferensiya.
News.answers — jo‘natmaning keng ro‘yxati, shu orqali Internetga obuna bo‘lish mumkin.
Res.collecting - kolleksionerlar uchun telekonferensiya.
Sci rhisics - fizika bo‘yicha telekonferensiya.
Alt.cooking-chat - qandolatchilik bo‘yicha telekonferensiya.
UseNet DejaNews xabarlari bilan ishlash uchun NNTR (Net news transfer protocol - Internet yangiliklarini uzatish protokoli)dan foydalaniladi. Hozir telekonferensiyalar bilan grafik muhitda (Microsoft Windows, X Windows System) ishlash dasturi mavjud, shu bilan birga Netscare va Microsoft
NetShow dasturi ancha taniqli.
Sizni qiziqtiruvchi telekonferensiya bo‘limini qidirish uchun
Httr: G‘G‘www.dejanews.com manzilgohi bo‘yicha UseNet DejaNewsdan qidirish tizimi xizmatidan foydalanish qulay.
Do'stlaringiz bilan baham: |