mashhur zardo‘shtiylikning muqaddas kitobi «Avesto»ning taqdiri bunga mi
sol bo‘la oladi. Bundan uch ming yil avval
qadimgi Xorazmda Spitoma urug‘idan dunyoga kelgan Zardusht dastlab
o‘z o‘lkasida Axura Mazda dinini targ‘ib
etishda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelgach, o‘zga yurtlarga bosh olib k
etadi. Sakastana
yurtida Kaviy Vishtaspa
saroyida panoh va uzlat topadi.
«Avesto» gotlarini Zardo‘sht badiha yo‘li bilan omma orasida qo‘shiq
qilib aytgan. Bu turkum she‘rlar –
«got»larda o‘sha davrdagi hayotiy lavhalar o‘z aksini topgan. «Got» so
‘zi aslida «goh» ya‘ni «kuy», «qo‘shiq»
degan ma‘noni anglatadi. Bu so‘z mumtoz musiqa merosimizda «Dugo
h», «Segoh», «CHorgoh» kabi atamalar
tarkibida saqlanib qolgan.
Qadimgi «Avesto»dan bizgacha etib kelgan qismlar «YAsna», «Vedevdot»,
«YAsht», «Visparat» kitoblaridir.
Zardusht ijod qilgan gotlardan 17 tasi «YAsna» kitobiga kirgan. Ayrim
parchalar yashtlar ichida ham uchraydi.
Aynan ana shu gotlar orasida qadimgi turonliklar va eronliklarda estetik t
asavvurlarning qanday shakllanganligini
ko‘rish mumkin.
Qadimgi turonliklar va eronliklarda ham atrof-
muhitdagi go‘zallikni anglab etish
boshqa qadimiy madaniy
xalqlardagi kabi insonning o‘z-
o‘zini anglash va o‘zligini barqaror etish jarayonlarida ro‘y bergan. Ma
‘lumki,
qadimgi Sharqda go‘zallik axloqiy yuksaklik bilan mohiyatan bir tushu
ncha sifatida olib qaralgan. Bu jihatdan
«Avesto» ham istisno emas: undagi «go‘zal», «chiroyli», «qoyilmaqom
» so‘zlari «yaxshi», «ezgu», «beg‘ubor»
so‘zlari bilan ma‘nodosh tarzida keladi; «go‘zal» degani «yaxshi», «od
amga foydali» degan ma‘noni anglatadi.
«Avesto»da odatda «go‘zal» sifatlashi «adl», «beg‘ubor», «qudratli», «q
o‘rqmas», «dovyurak», «ezgu», «zarur»
singari ijobiy baholar bilan yonma-
yon keladi. Zero ko‘rib o‘tganimizdek, ko‘pchilik
qadimgi xalqlarda est
etik
g‘oyalarning ibtidosi «go‘zallik va ezgulik»ning, «go‘zallik va zaruriylik»ni
ng yaxlitligi
bilan bog‘lanadi.
«Avesto»da ham boshqa yuksak madaniyat sohibi bo‘lgan qadimgi Sharq mi
ntaqalaridagi an‘anaviy estetik tushuncha
bo‘lmish nur alohida o‘rin egallaydi. Unda quyosh, oy, yulduzlar nuri insonn
ing ichki axloqiy ziyosi bilan qo‘shilib ketgandek
tuyuladi, nur nafosati o‘zining yuksak darajasiga ko‘tariladi.
Gotlarda go‘zallik haqidagi tasavvur ilohiy nuqtayi nazardan adllikka,
meyoriylikka, mutanosiblikka, ya‘ni
uyg‘unlik tushunchasining ilk ibtidoiy ko‘rinishlariga borib taqaladi. Za
rdusht gotlarda o‘z ilohi Ahura Mazdani
sharaflagani va bu sharaflash «mezonsiz emas, balki mezoniy so‘zlar bilan»
amalga oshuvini
alohida ta‘kidlaydi.
«Avesto»da fikr – so‘z –
a‘mol uchligi yaxlitlikni tashkil etadi va bu yaxlitlikda so‘z alohida o
‘rin egallaydi.
Zardusht uchun Ahura Mazdani chiroyli so‘zlar
bilan ifodalash yovuz s
o‘zlarni yanchish, ya‘ni ezgulik vositasida
yovuzlikni yanchish demakdir. Bu esa so‘zni muqaddaslashtirish, eng avvalo,
gotlar shaklida badiiylashgan so‘zni
e‘tiqod ramzi sifatida talqin etishdir.
Gotlarda «go‘zallik», «ko‘rkamlik», «chiroylilik», «ulug‘», «ulug‘vor», «viqor
» singari so‘zlar
alohida tilga
olinmasa-da, ular haqiqat, ezgulik, yaxshilik shaklida ifodalanadi.
Qadimgi hind eposi «Mahobxarat»da tasvirlanishicha, YUdhishtir tomonidan r
uhlarga atab o‘tkazilgan
qurbonliq bayramida turli mamlakatlardan, jumladan Turondan shaklar, tohar
va qang‘ilar
davlatining elchilari
qatnashadilar. Bu elchilar keltirgan sovg‘a-
salomlar ichida xalq amaliy san‘ati taraqqiyotidan dalolat beruvchi, o‘z
davri estetik didini aks ettiruvchi jundan, paxtadan, ipakdan to‘qilgan matolar, nafi
s kiyim-boshlar, temir uchli nayzalar,
oyboltalar, keskir bolta va teshalar bo‘lgani aytiladi.
Xuddi shunday holatni milodning dastlabki asrlarida bitilgan qadimgi Xitoy
manbalarida ham uchratish
mumkin. Ulardan birida Markaziy Osiyodan, xususan, Toshkent vohasidan Xitoyg
a borgan artistlarning kiyimlari va
bezaklari ta‘riflanadi. Unda yozilishicha, raqqos-
artistlar engi tor ko‘ylak, boshlariga cho‘ng‘oq (uchi baland) telpak
kiyganlar. Telpak tevaragi tepaga qayrilgan, chetlariga mayda qo‘ng‘iroqchala
r taqilgan.
Bundan tashqari, ular
gulnusxa, durlar bilan bezalgan do‘ppi ham kiyganlar. Solnomachi bu kiyimlar qad
imdan mavjudligini, hanuzgacha
o‘zgarmaganligini ta‘kidlaydi. Toshkentlik raqqos bolaning o‘yinini madh etishga
bag‘ishlangan she‘rlardan birida
ham mazkur engillar tilga olinadi. SHe‘rda raqqos bolaning ko‘ylagi nafis ju
n matodan to‘qilgani, boshida
cho‘ng‘oq telpak, belida kumush kamar va oyog‘ida naqshin etigi
bo‘lgani
tasvirlanadi.