F a n I n I n g f a n L a r a r o


Jaloliddin Davoniy (1427—1502 y.y.)



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/13
Sana20.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#504002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
etika fani javoblari

Jaloliddin Davoniy (1427—1502 y.y.)
dir. U axloq fanining 
predmeti va vazifalarini belgilashda Arastu ta’sirida bo’ladi. Axloq fani 
deganda, mutafakkir kishilarning xulq-odobi va fazilatlarini o’rganuvchi 
fanni tushunadi. Ushbu fan amaliy xarakterga ega bo’lib, u kishilarning 
kundalik hayotida asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qilishi lozim. 
Davoniyning
fikricha, kishilarning xislatlari tabiiy (tug’ma) va yashash 
davomida shakllanadigan hislatlarga bo’linadi. Ushbu masalada u Forobiy 
va Tusiylarning fikriga qo’shiladi. 
7.
O’rta asrlar Ovrupa axloqshunosligining yirik vakillari Avreliy Avgustin – 
ilohiy Avgustin bo’lib, (354-430 Shim.Afrika) u xristian ilohiyotchisi, 


filosof, patriastikaning nufuzli vakilidir. O’zining “Tazarru” hamda 
“Ezgulik”, “ixtiyor erkinligi haqida» degan asarlarida patriastitikani himoya 
qiladi. Uning axloqshunosligida asosiy e‘tibor dinga, ayniqsa xristian dinga 
qaratiladi. «Diniy e‘tiqodsiz bilim yo’q, haqiqat yo’q», degan printsipiga 
bo’ysunib, Xudo barcha go’zalliklar manbai va eng oliy go’zallikdir, degan 
aqidani ilgari suradi. 

Italiyalik axloqshunos Nikkolo Maknavelli (1469- 
1527). Uning «Hukmdor» (1513) asarida saxiylik, tejamkorlik, shafqat va 
shafqatsizlik, muhabbat va nafrat kabi tushunchalari haqida batafsil 
to’xtaladi. Hukmdorlarining shafqatsizlarcha olib borayotgan faoliyatini, 
siyosatini tahlil qilib beradi. U hukmdor o’z fuqarolarining ko’proq mehr-
muhabbat emas, qurquvga erishishi keraqligini aytadi. Makivelli 
«Hukmdor» risolasining XVIII bobida: «Shuni bilish kerakki, dushmanga 
qarshi ikki yo’l bilan kurashish mumkin: biri – qonun yo’li, ikkinchisi – 
kuch ishlatish. Birinchisi – insonga, ikkinchisi-yirtqichga xos. Ammo 
birinchisi yetarli natija bermaganligi uchun ko’pincha ikkinchi yo’lga 
murojaat qilishga to’g’ri keladi. Bundan chiqadigan xulosa shuki, hukmdor 
ham, inson ham yirtqich tabiatini o’zida mujassam etmog’i kerak». 

Makiavelli ozodlik, ozod Italiya, ozod jamiyat, shaxs erkinligi, faoliyat 
erkinligi kabi tushunchalarini falsafiyaxloqshunoslikda fan nuqtai-nazardan 
tushuntiradi. U davlat rahbarining axloqiy fazilatlari nimalardan iborat 
bo’lishi keraqligini ko’rsatdi. 

O’rta asrlar Ovrupa axloqshunosligida 
Fransiyalik Mishel Eykem De Monten ning axloqiy qarashlari mavjud. 
Montenning tanqidiy-naturalistik falsafasi ijtimoiy-axloqiy xarakterga ega 
ekanligi bilan ajralib turadi. Uning e’tirof etishicha, inson hayotdan lazzat 
olishni, yashashnio’rganmogi lozim. «Hayot o’z mohiyatiga ko’ra nf 
ezgulik, na yovuzlikdan iborat,u ham ezgulik, ham ovuzlikning makonidir». 
8.
Turkiston ma’rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g’oyalar 
asosan badiiy va didaktik shakllarda o’z aksini topdi. Shu jihatdan o’zbek, 
va tojik xalqlarining mutafakkirlari Ahmad Donishning (1827 - 1897) 
«Navodir ul - vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish o’z asarlarida 
Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni 
isloh qilish lozimligini ta’kidlaydi. Ayni paytda, an’anaviy axloqiy 
tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho - hukmdor 
shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar 
hukmdor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma sohasi 
uchun adolatni mezon qilib olsa, san’atning gullab yashnashiga yo’l ochib 
bersa – xalq hayoti farovon bo’ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi. 
U, hukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega bo’lishi lozim, davlatning 
mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan 
mamlakat aholisigina ma’rifatli va yuksak axloq egalari bo’la oladi. 


Shuningdek, Ahmad Donish o’z davridagi joxillik, riyokorlik, poraxo’rlik 
singari illatlar jamiyatni tanazzulga olib borishini ta’kidlar ekan, din 
peshvolarining noto’g’ri yo’lga kirib ketganini, shayhlarning yolg’onchiligini, 
ulamolarning poraxo’rligini fosh qiladi. 
Qoraqalpoq xalqining buyuk mumtoz shoiri Berdaq (1827 - 1900) 
she’rlarida ham o’sha davr axloqiy muhiti o’z aksini topadi; u ham din 
peshvolarining o’zi ohiratga ishonmasliklarini, tovlamachilik, ochko’zlik, 
tekinxo’rlik illatlariga mubta’lo bo’lganliklarini va bu bilan islom ildiziga 
bolta urayotganliklarini qattiq tanqid ostiga oladi. 
Buyuk o’zbek mumtoz shoirlari Furqat (1858 - 1909), Muqimiy (1859 -
1903), Dilshod - Barno (1800 - 1906) asarlaridagi axloqiy muammolar 
taraqqiyparvarlik g’oyalari bilan chambarchas bog’lanib ketadi. 
9.
Har bir fan o’z kategoriyalar sistemasiga ega bo’lgani singari etika fanining 
ham maxsus kategoriyalar sistemasi mavjuddir. 
Kategoriya (lot) – hukm ta’rif ma’nosini anglatadi. Etika kategoriyalari jumlasiga: 
yaxshilik va yomonlik, burch, adolat, vijdon, sha’n va or-nomus kabilar kiradi. 
Etika kategoriyalarining o’ziga xosligi shundan iboratki ularda fan sifatida 
etikaning amaliy asosini tashkil etuvchi aniqlik eng muhim tomonlari va 
elementlari umumlashtirilgan holda o’z ifodasini topadi. Etika kategoriyalari 
axloqiy munosabatlarning ob’ektiv qonuniyatlarini jamiyat axloqi hayotini hamma 
tomonlari va rang-barangligini aks ettiradi. Ularda kishilar xatti-harakatlari, qiliq 
va xulq atvorlari maqullanishi yoki qoralanishi o’z aksini topadi. 
10.
Aхloqiy tamoyillarning eng qadimiy va eng muhimlaridan biri – 
insonparvarlik. U – insonning yuksak ijtimoiy vazifasini belgilaydigan va 
barqaror etadigan g’oyalar, qarashlar va e’tiqodlar majmui, shaxs erki, qadr -
qimmati, uning baxtli bo’lish huquqini talab etish imkonining mavjudligiga 
engilmas ishonch. Insonparvarlik tamoyilini, Ovro’po Uyg’onish 
mutafakkirlari dastlab ilgari surganlar, degan fikr mavjud. Aslida, 
insonparvarlik dastavval Sharqda o’rtaga tashlangan, insoniylik, 
insonparvarlik degan ma’noni bildiruvchi «namlulu» so’zi bundan 3 - 4 
ming yillar avvalgi qadimgi Somir mih hatlarida uchraydi. Insonparvarlik – 
umuminsoniy qadriyatlar sirasiga kiradi. Uni sho’rolar davridagi sinfiylik 
nuqtai nazaridan sohtalashtirish proletar diktaturasi va totalitar sosialistik 
tuzum hamda ular ijodkorlarining insonparvarligi haqidagi afsonalar juda 
qisqa umr ko’rdi. Sosializm mafkurachilarining bu boradagi sayi -
harakatlari o’sha davrlardayoq noilmiyligi, yolg’onga sug’orilganligi bilan 
kishilarning g’ashini keltirgan edi. Bunday insonparvarlikni xalq qabul 
qilmaydi. Chunki u aynan o’ta mavhum «xalq» tushunchasiga qaratilgan, 


vaholanki insonparvarlik markazida muayyan shaxs turmog’i lozim. har bir 
shaxs insoniy huquqlarini ta’minlash uchun kurashish – mana, 
insonparvarlikning asosiy vazifasi. Bu borada umumbashariy ma’naviy 
qadryatlarni ustuvor deb bilgan bizning davlatimiz ham mamlakat 
ichkarisida, ham dunyo miqyosida ko’zga ko’rinarli ishlar qilmoqda. Agar 
insonparvarlik tamoyili shaxsning barcha insoniy haq - huquqlari 
himoyasida tursa, ya’ni ancha keng qamrovli va umumiy intilish bo’lsa, 
erkparvarlik tamoyili uning ma’lum ma’noda muayyanlashgan bir qismi 
hisoblanadi. Erkparvarlik insonning eng oliy huquqi – erkin, ozod yashash 
huquqini himoya qilishi bilan muhimdir. Zero erksiz inson – asir, erksiz 
millat – qul, erksiz mamlakat – mustamlaka. Erkparvarlik, avvalo, o’z 
millati o’z Vatani erki uchun, qolaversa, boshqa millatlar va vatanlar erki 
uchun kurashni hayotining maqsadi qilib qo’ygan insonlar tamoyilidir. Ayni 
paytda, bu tamoyil keng ijtimoiy siyosiy ma’noda ham qo’llaniladi. Buni 
erkparvar davlatlar faoliyatida ko’rish mumkin. 
11.
Axloqiy me'yorlar, me'yorlar va qoidalarsiz madaniyatli odamlar bilan 
muloqot qilish mumkin emas. Ularni kuzatmasdan yoki kuzatmasdan, 
odamlar faqat o'zlarining manfaatlarini o'ylaydilar, atrofdagilar va hech 
kimni sezmaydilar, shu bilan boshqalar bilan munosabatlarini yo'qotadilar. 
Axloqiy 
me'yorlar 
Shunday 
qilib, 
qisqacha 
bo`lsa-da, 
axloqshunoslik 
mezoniy tushunchalari
, axloqiy tamoyillar va me'yorlar nima 
ekanini, ularning shaxs hamda jamiyat axloqiy hayotida naqadar muhim 
o`rin tutishini ko`rib chiqdik. 
12.
Oilani fuqarolik jamiyatining, davlatning eng muhim hujayrasi 
deyishadi. Chunki har bir jamiyat a'zosining, bo`lajak fuqaroning tarbiyasi 
oiladan boshlanadi. Oila uch jihatni: o`zining bevosita ko`rinishi bo`lmish 
nikohni; oilaviy mulk va anjomlar hamda ular haqidagi g`amxo`rlikni; 
bolalar tarbiyasini o`z ichiga oladi. 
Avvalo, nikoh haqida to`xtalib o`taylik. Qonunga binoan nikoh tuzish shartlarida 
eng muhimlari - nikohga kiruvchilarning o`zaro roziligi va ularning nikoh yoshiga 
yetganliklari. Bizda yigitlar uchun - 18, qizlar uchun - 17 nikoh yoshlari qilib 
belgilangan. Bu - masalaning huquqiy tomoni. Uning ikkinchi - axloqiy tomoni 
ham borki, u sevgi bilan bog`liq. Nikoh tuzishdan avval ikki yosh orasida goh, 
ochiq sevgi - muntazam uchrashuvlar, ahdu paymonlar qilish yoki orqavorotdan 
bir-birini yoqtirishi hollari bo`lishi mumkin. Har ikkala holda ham rozilik 
o`zgarmas shart hisoblanadi. 
Keyingi paytlarda nikoh bilan muhabbatning o`zaro chiqishmasligi haqida G`arb 
mutafakkirlari tez-tez yozadigan bo`lib qolganlar. Chunonchi, Erix Fromm 
industrial jamiyatda muhabbat kamdan-kam ham uchraydigan hodisa ekanini, 
nikohning asosida boshqa—moliyaviy, siyosiy, iqtisodiy sabablar yotishini 


ta'kidlaydi. Umuman, G`arb olamida bunday hodisa anchadan buyon mavjud. Shu 
jihatdan Jorj Bayronning «Don Juan» she'riy romanidagi quyidagi satrlar diqqatga 
sazovor: 
Bu juda qayg`uli hodisa shaksiz, 
Insonning kajligi, jinoyati bu; 
Ildizi gar bitta bo`lsa ham, hargiz 
Chiqishmas nikoh va muhabbat mangu: 
Sirkaga aylangan vinodak esiz, 
Nikoh mast qilmovchi taxir, nordon suv,- 
Vaqt undan jannatiy bo`yni oladir, 
Ro`zg`oru oshxona hidi qoladir. 
Garchi bu satrlar yarim kinoya, yarim hazil qabilida bo`lsa-da, ularda ma'lum 
ma'noda hayotiy asos bor. Agar muhabbat har ikki tomondan e'zozlab, avaylab-
asralmasa, undagi jannatiy bo`yni yo`qotib quyish hech gap emas. Zero dunyodagi 
hamma narsa -hodisalar kabi muhabbat ham parvarishga muhtoj. 
Nikoh o`z mohiyatiga ko`ra axloqiy hodisa. Unda ehtiroslar axloqqa 
bo`ysundiriladi. Oddiy birga yashashda esa tabiiy ehtiyojni qondirish birinchi 
o`rinda turadi, nikohda u ikkinchi darajali mavqe egalaydi. 
va xulq-atvor qoidalari jamiyatni birlashtirish va birlashtirishga yordam 
beradi. 
13.
Aхloqiy madaniyatning eng muhim unsurlaridan biri - muomala 
odobi. U mohiyatan o’zaro hamkorlikning shakllaridan biri. Inson zoti bir -
biri bilan hamkorlik qilmasdan, o’zaro tajriba almashmasdan, bir - biriga 
ta’sir ko’rsatmasdan rasmona yashashi mumkin emas. Muomala odam 
uchun ehtiyoj, zarurat, sog’lom kishi usiz ruhan qiynaladi, kayfiyati tushib 
boradi. Bu o’rinda buyuk ingliz yozuvchisi Daniel Defo qalamiga mansub 
mashhur «Robinzon Kruzoning sarguzashtlari» asarini eslashning o’ziyoq 
kifoya: Jumaboyni topib olgan Robinzonning naqadar quvonishiga ham 
sabab ana shunda. 
Muomala odobi boshqa kishilar qadr - qimmatini, izzatini joyiga qo’yishni, 
an’anaviy aхloqiy me’yoriy talablarni bajarishni taqazo etadi. Shuning barobarida, 
u insondagi yaxshi jihatlarni namoyon etishi, ko’zga ko’rsatishi bilan ham ajralib 
turadi. Uning eng yorqin, eng sermazmun va eng ifodali namoyon bo’lishi so’z, 


nutq vositasida ro’y beradi. So’zlash va tinglay bilish, suhbatlashish madaniyati 
muomalaning muhim jihatlarini tashkil etadi. Shu bois muomala odobi o’zini, eng 
avvalo, shirinsuhanlik, kamsuqumlik, bosiqlik, hushfe’llilik singari aхloqiy 
me’yorlarda namoyon qiladi. 
Muomala odobining yana bir «ko’zgusi» bu – insoniy qarash, nigoh. Ma’lumki, 
odamning qarashida, yuz ifodasida, qo’l harakatlarida uning qay sabablardandir 
tilga chiqmagan, so’zga aylanmagan hissiyoti, talablari o’z aksini topadi. 
Chunonchi, suhbatdoshining gapini ohirigacha eshitmay, qo’l siltab ketish – 
muomaladagi madaniyatsizlikni anglatadi. Ba’zan qarab qo’yishning o’zi so’zdan 
ham kuchliroq ta’sir ko’rsatadi. Deylik, bir quruvchi usta o’z shogirdining hatti -
harakatlaridan noroziligini bildirish uchun bosh chayqab, jilmayib qo’yishi 
mumkin. Ikkinchi usta esa, bir lahza o’qrayib qarash bilan munosabatini 
ifodalaydi. Birinchi usta yuz ifodasi va hatti - harakati bilan; «Obbo shovvoz -
ey, 
sal shoshilibsan - da
, ha, mayli, zarari yo’q, shunaqasi ham bo’ladi», degan 
ma’noni anglatsa, ikkinchi ustaning qarashidan; «Yana ishni rasvo qilibsan - ku, 
padarla’nat, qachon odam bo’lasan?!», degan so’zlarni uqish mumkin. Shubhasiz, 
birinchi usta muomalada odobga rioya qilgan bo’lsa, ikkinchisi uning aksi – 
shogirdining emas, o’zining odobsizligini ko’rsatmoqda. 
14.
«Muomala» iborasi ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barc^ sohalarida 
insonning kundalik 
faoliyatida hamda insonlarar
() 
munosabatlarga nisbatan 
bevosita yoki bilvosita qo‘llaniladj Muomala madaniyati keng ma’noda 
insonning butun haytyj va faoliyati davomida tarbiyalanadigan jarayon 
bo‘lib, u oilad

jamiyatda, jamoada shakllanadi. Muomala madaniyati inso^ 
ning 
ijodiy 
kuchi 
va 
aqliy 
qobiliyati, 
tafakkur 
salohiyati 
va 
dy^ yoqarashining 
muayyan 
darajasi 
hisoblanadi. 
Muomalani^ 
«madaniyat» atamasi bilan bog‘liqligi ham uning ma’naviy hay
(J
j sohasiga 
daxldorligidadir. 
15.
Qo‘l berib salomlashish muloqot etiketining bir qismi sifatida 
shakllangan jarayondir. Qo‘l berib so‘rashish odatda erkaklarga xos 
xususiyat hisoblansa-da, hozirda u barcha yoshdagi va jinsdagi insonlar 
uchun ham birdan amal qilmoqda. Chunki qo‘l berib so‘rashish orqali inson 
insonning kayfiyatini, sog‘ligini, hatto fe’l-atvorini ham bilib olishi mumkin. 
Qo‘l berib salomlashishning ushbu xususiyatlari ikki tomonlama 
muloqotning boshlanish belgisidir. Qo‘l berib so‘rashish asosan tanishish va 
tanishtirish marosimida, shartnoma va bitim imzolaganda, g‘oliblik va 
mag‘lublikni tan olganda, minnatdorchilik izhor etganda, tabriklaganda, 
xayrlashganda va hokazo holatlarda qo‘llaniladi. Quyida e’tiboringizga 
havola qilinadigan tavsiyalar qo‘l berib so‘rashish odobiga tegishlidir: 

uzatilgan qo‘l albatta, muallaq qolmasligi kerak, bu – insonni yerga urish 
bilan barobar bo‘lib qoladi; 

ikki qo‘l bilan qo‘lni siqib so‘rashish haddan 
tashqari xursand holatda, minnatdorchilik belgisi sifatida qabul qilinadi; 



ikki qo‘lni berib so‘rashish, albatta, so‘z bilan ifodalanadi, bunda 
minnatdorchilik so‘zlari va boshqa iliq so‘zlarni qo‘llash mumkin; 

qo‘l 
berib so‘rashish tez va qisqa bo‘lishi lozim; 

qo‘l berib so‘rashish 
davomida ozgina egilib qo‘yish, so‘rashayotgan insonga nisbatan hurmatni 
belgilaydi; 

ostonada, stol ustidan qo‘l berib so‘rashish xunuk ko‘rinadi; 

o’z tanishini ko‘rib qolgan taqdirda ham binoning u boshidan bu boshiga 
qo‘lni cho‘zib kelish insonni kulgili holatga solib qo‘yadi; 
16.
Odob qoidalariga binoan, turmush mezonlari bo‘yicha ham, tanishuv 
uchun o‘rtada ikki tarafga ham tanish bo‘lgan vositachi orqali ro‘y beradi. 
Siz unga tanishishni istagan odami bilan ko‘rishish uchun murojaat 
qilishingiz mumkin. Tanishtirganlaridan so‘ng, uning bunga javoban 
muomalasidan qanchalik siz bilan aloqa qilishni istashini bilib olish 
mumkin. Agar uning sovuqqonligini his qilsangiz, aloqani davom ettirmagan 
ma’qul. Tanishtirish yoki tanishish tanishuvchilarning yoshiga, jinsiga va 
tanishish joyiga bog‘liq bo‘ladi. Qayerda va qachon tanishish zarur? Birinchi 
navbatda, sharoitga qarab kelgusida tez-tez uchrashib turishga to‘g‘ri 
keladigan shaxs bilan tanishiladi yoki tanishtirish iltimos qilinadi. Asosiy 
qoidalari quyidagicha so‘zlar bilan ifodalanadi: “Sizni tanishtirsam...”, 
“Tanishtirishga izn bersangiz...”, “Gulnora, tanishing..." 13 Tanishtiruvchi 
kishi har ikkala tamonning ism, familiyalarini mulozamatlik bilan ochiq-
oydin aytib ularni tanishtiradi. Bu yerdagi asosiy qoida: kichik yoshdagi 
kishi – katta yoshdagi kishiga, erkak-ayolga, xodim-rahbarga tanishtiriladi. 
Tanishtiruvchi kishi avvalo, kichik yoshdagi kishining, keyin kattaning, 
avval erkak, keyin ayolning, avval xodim, so‘ngra rahbarning ismi va 
familiyasi aytadi.
17.
Etiket bo‘yicha muomala qilishni bilish – avvalambor, suhbatni olib 
bora olish qobiliyatidir. Bu yerda ham umumqabul qilingan qoidalar 
mavjud. Suhbatlashish muomala madaniyatini shakllantirishning muhim 
vositalaridan biri sanaladi. Har qanday suhbat avvalo ma’lumotlar 
almanishuvidir. Suhbatlashish orqali insonlar bir-birlari bilan muloqotga 
kirishadilar, bir-birlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar, bir-birlarini 
tushunib boradilar, shu bilan birga, muomala madaniyatdagi ayrim 
bo‘shliqlarni to‘ldiradilar. Suhbatdoshning gapini bo‘lmasdan uni oxirigacha 
tinglay olish muhim xususiyatdir. Zero diqqat va sabrtoqat bilan eshita olish 
qobiliyati suhbatdoshga nisbatan hamdardlik, layoqatlilik, xayrixohlikni 
ko‘rsatadi. Lekin bu qobiliyat faqatgina tug‘ma xususiyat kasb etmaydi – har 
bir inson uni o‘zida hamda farzandlarining tarbiyasida mujassam etib, 
takomillashtirishi mumkin. Bunda axloqiy tarbiya – axloqiy me’yorlar katta 
ahamiyat kasb etadi 
18.
Har bir inson kiyimni vaziyatga mos kelishi kerakligini yaxshi biladi. 
Ofisda - qat'iy va cheklangan uslubda yurish - yanada erkin va yorqin. 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish