F. A. Bekkamov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi tatuqf, "Axborot xavfsizligi" kafedrasi katta o‘qituvchisi



Download 307,5 Kb.
bet4/8
Sana04.06.2022
Hajmi307,5 Kb.
#636250
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Индивидуал лойиха 2

C. Semestr oxirida:

  • hisobotlarni tekshirish, ularni taqriz qilish ishlarini tashkil qilish;

  • hisobotni himoya qilish hay’atlarini tuzish;

  • loyiha yakunlari haqida hisobot tuzish va uni dekanat hamda o‘quv bo‘limiga taqdim qilish;

  • talabalarning ilmiy tekshirish ishlari bo‘yicha yakunlar chiqarish.

4. Individual loyihani tashkillashtirish va boshqarish
“Axborot xavfsizligi” ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalarida individual loyihalar soni 2 ta qilib belgilangan. Bular ixtisoslik fanlar doirasida amalga oshiriladi. Ixtisoslik fanlari bo‘yicha individual loyihalar muhim ahamiyatga egadir, chunki bu loyihalarda talabalar loyihalash bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalarga ega bo‘lishi va kelgusida maxsus fanlardan loyihalarni muvaffaqiyatli bajarishi bunga bog‘liq bo‘ladi.
Individual loyihaga rahbarlik qilish, kafedraning yetakchi va ilmiy tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali professor-o‘qituvchilariga topshiriladi.
Individual loyihalarda qo‘yilgan o‘quv maqsadlarini ishlab-chiqarish talablari bilan uzviylashtirish maqsadida, shuningdek OTM va korxonalarning loyihalash borasida o‘zaro tajriba almashish maqsadida, individual loyihaga rahbardan tashqari ishlab chiqarishda bevosita ishlayotgan mutaxassislarni maslahatchi sifatida jalb etilishi maqsadga muvofiqdir.
Loyiha topshirig‘ida asosiy bosqichlarni bajarish vaqtlari ko‘rsatilgan grafik bo‘lishi tavsiya qilinadi. Individual loyihalarni taqdim etish muddatlari OTM rahbariyati tomonidan mazkur yo‘nalish o‘quv rejasiga mos holda belgilanadi.
Loyiha topshirig‘i loyiha rahbari imzosi bilan beriladi, kafedra jurnalida berilgan kun sanasi qayd qilinadi.
Individual loyiha, zaruriy uslubiy qo‘llanmalar, ma’lumotnomalar, standartlar, soha me’yorlari va loyiha namunalari bilan ta’minlangan maxsus individual loyiha xonasida bajariladi.
Individual loyihani bajarish uchun talabaning mustaqil ishi sifatida vaqt ajratiladi va jadvalda ko‘rsatilgan vaqtlarda o‘qituvchi maslahati tashkil etiladi. Individual loyiha rahbari talaba loyihani bajarishi jarayonida uning ijodiy bilimini rivojlantirishga harakat qilishi kerak.
Individual loyihani bajarish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, birinchi bosqichni bajargandan so‘ng keyingi bosqichni bajarishga ruxsat etiladi.
Talabalar tomonidan individual loyihaning bajarilish jarayoni kafedra mudiri tomonidan muntazam ravishda nazorat qilinib, kafedra majlislarida muhokama etib boriladi.
Qo‘yilgan talablarga javob beruvchi individual loyiha rahbar tomonidan imzolanadi va hay’atda himoya qilish uchun tavsiya etiladi.
4. Individual loyihaning natijalarini yakunlash va hisobotni himoya qilish
Individual loyiha hisoboti barcha ilovalar bilan birgalikda kafedraga semestr yakunida bir haftalik muddat davomida topshiriladi. Kafedra belgilab qo‘ygan hay’at oldida loyiha hisoboti talaba tomonidan himoya qilinadi. Kafedra tomonidan tayinlangan loyiha rahbari hisobotlarni tekshiradi, o‘z mulohazalarini bayon etadi va dastlabki baho bilan taqriz yozadi.
Individual loyihani sifati va uni bajarishdagi talabaning faolligi, bilim va ko‘nikmalarini baholashning o‘ziga xos shakllaridan biri loyiha himoyasidir. Bajarilgan ishni chuqur tushunishi, taklif etilgan dasturiy yechimlarini har tomonlama asoslab berishi qobiliyatini shakllantirishda individual loyihaning himoyasi muhim o‘rin tutadi. Individual loyiha himoyasi kafedra tomonidan belgilangan 2-3 o‘qituvchidan tashkil topgan hay’atda, individual loyiha rahbari va guruh talabalari qatnashuvida tashkil qilinadi. Ochiq himoya guruh talabalariga shu guruh a’zolari tomonidan bajarilgan ishlar bilan tanishishiga imkoniyat berishi bilan bir vaqtda, loyiha rahbarlarini himoya qiliniyotgan loyihalargi bir xil talab bilan yondashishga olib keladi.
Himoya talaba tomonidan bajarilgan individual loyiha bo‘yicha 8-10 minutli ma’ruza va savol javobdan iborat bo‘ladi. Ma’ruzada loyihaning mohiyatini talaba har tomonlama yoritib berishi kerak. Savollar himoyada qatnashayotgan professor-o‘qituvchilar tomonidan beriladi.
Individual loyiha 100 ballik tizimda baholanadi. O‘rnatilgan grafik bo‘yicha bajarilgan va talablar bo‘yicha sifatli rasmiylashtirilgan individual loyihani eng ko‘pi bilan 40 ball, himoya vaqtidagi ma’ruza uchun 30 ball va berilgan savollarga javoblarga 30 ball ajratiladi.
Himoya vaqtida qaydnoma ikki nusxada to‘ldiriladi. Qaydnomalardan biri kafedrada, ikkinchisi dekanatda saqlanadi. Individual loyihani bajarishi va himoya qilish natijasida 60 o‘tish ballini to‘plagan talabani reyting daftarchasiga loyiha rahbari tomonidan reyting bali qo‘yiladi.
Topshiriqda ko‘rsatilgan muddatda individual loyihani himoyaga taqdim etmagan va sababsiz loyiha himoyasiga kelmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik guruh talabalarining individual loyihalar himoyasi yakunlangandan so‘ng loyihalash jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, eng yaxshi hamda sifatsiz loyihalar rahbar tomonidan tahlil qilinib suhbat o‘tkaziladi.
Amaliy va nazariy ahamiyatga ega bo‘lgan individual loyihalar talabalar ilmiy jamiyati tanlovlariga taqdim etiladi va direktorning buyrug‘i bilan rag‘batlantiriladi va ishlab chiqarishga joriy etish uchun taqdim etilishi mumkin.
Individual loyiha yakunlari haqidagi hisobotni himoya qilish natijalari reyting yo‘li bilan maksimal miqdorda 100 ball bilan baholanadi. Keyinchalik esa 5 ballik baholash tizimiga kredit tizimida qabul qilingan mezonlar asosida o‘tkaziladi.
Talaba umumiy belgilangan ballning 60% dan kam bo‘lmagan ball to‘plashi kerak. To‘plangan ballar quyidagi o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan baholanadi:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish