I.Bob. Umumiy sath o`lchovchi xatolarini ahamiyatli tomonlari
2.1. Umumiy satx o`lchovchi qurulmalar.
Sarfni o’lchashga mo’ljallangan toraytirish qurilmalarini hisoblash uslub va tartibi Davlat Standartlar qumitasi tomonidan tasdiqlangan maxsus normativ hujjatda «Suyuqlik, gaz va bug’lar sarfini standart difmanometr hamda soplolar orqali o’lchashning 50-213-80 qoidalari»da aniqlangan. Toraytirish qurilmalarini har tomonlama o’rganish diafragma, soplo va Venturi soplolarini normallashtirishga, natijada esa bu asboblarni difmanometrlar komplektida qiya, vertikal, dumaloq quvurlardagi suyuqlik, gaz va bug’larning sarfi hamda miqdorini o’lchash uchun ishlatishga imkon tug’ildi. 13.3-rasmda standart diafragma tasvirlangan. Bu diafragma maxsus darajalanishsiz hisoblanadi va diametri 50 mm hamda undan katta quvurlar uchun 0,05Standart diafragmalar kamerali (DK tipidagi xalqa kamerali diafrashmalar Dsh - 50…500 mm shartli diametrli va Rsh =100 kgk/sm2 (10 MPa) gacha shartli bosimli quvurlarda (DC 355-67) ishlatiladi. Xalqa kamerali diafragmalar bosimlar farqini tanlash uchun qulay va aniq ishlaydi, lekin tayyorlanishi murakkab hamda metall ko’p sarflanadi. Odatda, bunday diafragmalar asbobsozlik zavodlarida buyurtmalarga muvofiq tayyorlanadi. Kamerasiz diafragmalar Dsh=400…1600 mm shartli diametrli va Rsh=25 kgk/sm2 (2,5 MPa) gacha shartli bosimga muvofiq Davlat standarti 4322-69 bo’yicha tayyorlanadi. Diafragma quvur o’tkazgich flaneslari orasiga o’rnatiladi (13.3-rasm, b) Standart diafragma (1) xalqali kameralar 2 va 3 yordamida biriktiriladi. Kameralar quvur kesimi bilan oraliqlar hisobiga bog’langan xalqa qistirmalar bilan ta‘minlangan. Kameralar maxsus parmalanishlar yo’li bilan naychalar 4 bilan ulangan.
13.4-rasmda ko’rsatilgan standart soplolar qizdirilgan gaz, bug’ hamda tajovuz suyuqliklar sarfini o’lchash uchun ishlatiladi. Bu asboblar maxsus darajalanishsiz, diametri 50 mm va undan katta quvurlarda 0,05Soploning ichki silindrik qismi silliqlangan. Bosimlar farqi xuddi diafragmadagidek xalqali kameralar (13.4-rasm, o’qdan baland) yoki alohida parmalanishlar (13.4-rasm, o’qdan past) yordamida o’lchanadi. Diafragmalarga qaraganda soplolar zanglashga chidamli, ifloslanmaydigan, o’lchash aniqligi yuqori bo’ladi.
Mavjud Venturi quvuri orasida chiqish qismi standart soploniki kabi tayyorlangan quvurlar normallashtirilgan.
Shuning uchun bunday toraytirish qurilmalari Venturi standart soplosi nomini olgan. Bu qurilma uzun yoki qisqa diffuzorli qilib tayyorlanishi mumkin.
Uzun diffuzorli Venturi soplosining eng katta diametri quvur diametriga teng bo’lishi mumkin (13.5-rasm, pastki qism), qisqa diffuzorli soploning diametri esa quvo’rnikidan kichik (13.5-rasm ustki qism). Uzun soplolar kam ishlatiladi, chunki ularning narxi m bo’lmasligikerak.
Venturi soplosi diametri 50 mm va undan katta quvurdagi turli muhitlar sarfini o’lchash uchun darajalanishsiz ishlatiladi, shu bilan birga 0,05≤m≤0,6 shart bajarilishi kerak. Bosimning yo’qotilishi muhim ahamiyatga ega bo’lgan hollarda Venturi soplosi ishlatiladi. Bosimning yo’qotilishini kamaytirish uchun ayrim xollarda Venturi quvuri ishlatiladi. Bu quvurlar faqat zavodda tayyorlanadi. Ifloslangan gaz va suyuqliklar sarfini o’lchash uchun maxsus segment diafragmalar hamda o’tish teshigi ekssentrik joylashgan diafragmalar ishlatiladi. Bunday diafragmalarni tayyorlash uchun sarf koeffitsientini albatta hisobga olish kerak. Ular quvurlarga o’rnatilgandan keyin ish sharoitida indivudual kalibrlanishi kerak. Davlat standarti 8140-72 ga muvofiq, mamalakatimizda chiqariladigan difmanometrlar quyidagi raqamlarga to’g’ri keladigan bosimlar farqi chegaralariga mo’ljallangan: 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,3; 10; 16; 25; 63; 100; 160; 250; 400; 1000; 1600; 2500 kgk/m2, shuningdek, 0,4; 0,63; 1,0; 1,6; 2,5; 4,0; 6,3 kgk/sm2 difmanometrning yuqori o’lchash chegarasi berilgan maksimal sarfga mos bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |