Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

 
 
 
T
o‘
lqin kelyapi! Osmonga qarang!
 
Fiziklar gravitatsion to„lqinlarning tabiatda haqiqatan ham mavjudligi ilmiy 
tasdiqlangani haqida xabarlar tarqatishdi. Gravitatsion to„lqinlar – daho olim Albert 
Eynshteynning ilmiy taxminlari (bashoratlari) ichida tasdiqlanishi uzoq kutilgan eng 
muhim nazariyalardan biri edi. Bu to„lqinlar fazo-vaqt (zamon va makon) 
uzviyligining qo„zg„alishidan yuzaga keladigan o„ziga xos to„liqinlar bo„lib, ushbu 
kashfiyot Olam taraqqiyotining eng inju bosqichlari haqidagi hozircha kamtarona 
bilimlarimizni yanada boyitishga xizmat qiladi. 
Muqaddma: avvaliga faqat matematika b
o‘
lgan xolos. 
Gravitatsion to„lqinlarnining mavjudligi Eynshteyn taxmin qilib ketganligini 
yuqorida ta‟kidlab o„tdik. Fizikadan yaxshi xabardor bo„lgan insonlar, XIX asrda 
elektromagnit to„lqinlarning kashf etilishi ham shunga o„xshash tarzda yuz 
berganligini yodga olgan bo„lsalar ajab emas. Har ehtimolga qarshi o„sha voqe‟likni 
yana bir bor yodga olsak. Elektromagnit to„lqinlarning tabiatda haqiqatan ham 
mavjudligi amalda isbotlanishidan ancha avval, aniqrog„i, 1832 yilda o„zi yetishgan 
olimlardan biri Maykl Faradey, Angliya Qirollik Jamiyati kotibiyatiga yozgan 
maktubida, tabiatda keng diapazonlarda tarqaluvchi elektromagnit to„lqinlarning 
mavjudligi haqida mahfiy xabar bildirgan. Xabar aynan nima uchun maxfiy 
bo„lganligi 
bizga 
qorong„u. 
Ehtimolki 
Faradey, 
o„zining 
taxminlarida 
ishonqiramasdan, agar elektromagnit to„liqnlar haqiqatan ham aniqlansagina o„z 
nomini ularning kashfiyotchisi sifatida biriktirishni maqsad qilgandir. Biroq uning 
maktubi kotibiyat arxivida 1937 yilgacha ochilmay chang bosib qolib ketdi. Natijada 
elektromagnit to„lqinlarni kashf etish borasidagi uloqni o„zgalar ilib ketishdi.


145 
Elektromagnit to„lqinlarning mavjudligi borasidagi navbatdagi, hamda, yanada 
mukammalroq ilmiy taxminni, Faradeydan deyarli 30 yil o„tib boshqa bir daho olim 
Jeyms Klark Maksvell tomonidan ilgari surildi. Maksvell Faradeydan farqli o„laroq, 
o„z farazlarini kuchli matematik tasdiqlar bilan mukammallashtirib bayon etgan edi. 
Xususan u taklif qilgan tenglamalarda mazkur to„lqinlarning tezliklarini ham 
hisoblash mumkin edi. O„sha zamon olimlarining cheksiz hayratlariga sabab bo„lib, 
Maksvell taxmin qilayotgan elektromagnit to„lqinlarning tabiatda tarqalish tezligi, 
bungacha amaliy tajribalar orqali aniqlangan tezlik – yorug„lik tezligi bilan juda 
yaqib bo„lib chiqdi. Elektr va magnetizmning o„zaro uyg„unlashuvi hamda, 
elektromagnit to„lqinlarning tabiatda mavjudligining aniqlanishi kabi olamshumul 
ilmiy ishlarni aynan Maksvell nomi bilan bog„lanadi. Chunki Maksvell haqiqatan 
ham to„g„ri yondoshuv bilan bildirgan ilmiy farazlarining amaliy isboti o„zini uzoq 
kuttirmadi. Elektromagnit to„lqinlarning tabiatda mavjudligining amaliy isboti 1888 
yili boshqa bir daho olim Genri Gers tomonida to„laqonli namoyish etib berildi.
So„nggi yillarda fizika fani, yangidan-yangi olamshumul kashfiyotlar bilan o„z 
ixlosmandlarini xursand etishda davom etmoqda. Xususan, 2013 yil Xiggs 
bozonining mavjudligi isbotlangan edi. Mana, 2014 yilda Eynshteynning eng 
mahshur va uzoq kuttirgan taxminlaridan bir tasdiqlandi: gravitatsion to„lqinlar 
haqiqatan ham mavjud ekan! Astronomlar olam yaralishi haqidagi ilmiy farazalardan 
bir bo„lmish Ulkan Portlashning «gravitasion aks-sado»ni tinglashga muvaffaq 
bo„lishdi. Mazkur farazga ko„ra, Ulkan Portlashdan keyingi soniyaning mingdan bir 
ulushlarida olam yorug„lik tezligidan ham ancha katta tezlik bilan kengaygan. 
Keyinroq kengayish tezligi pasaygan bo„lsa hamki, lekin u hozirgacha davom etib 
kelmoqda. Bunday modelning tasdiqlanishi, olam tuzilishining eng asosiy 
fundamental tushunchalari: kvant mexanikasi, gravitasiya, fazo va vaqt tabiati 
kabilarni yana chuqurroq anglashda navbatdagi ulkan qadam sifatida baholanadi. 
«Gravitasion aks-sado»ni kashf qilgan olimlar va uni tadqiq qilgan shahslar kelajakda 
Nobel mukofotiga sazovor bo„lishi ehtimoli juda yuqori.
Tabiatda 
elektromagnit 
to‘qlinlarning mavjudligi 
Maksvell tomonidan 1865 
yilda taxmin qilingan edi 
va ular oradan 22 yil o‘tib, 
ya'ni, 1888 yili amalda 
kashf etildi. Gravitatsion 
to‘lqinlarning mavjudligi 
isbotlanishiga esa salkam 
bir asr muddat sarflandi. 
Ular 
haqida 
Albert 
Eynshteyn 1916 yili ilmiy 
taxmin bildirgan edi. Lekin 
ular faqat 2014 yilga 
kelibgina amalda kashf 
qilindi. 
Suratda
: chapda 
Jeyms Maksvell, o‘ngda – 
Albert Eynshteyn.


146 
Bu borada ish olib borayotgan xalqaro tadqiqotchilar guruhi, Antarktidada 
joylashgan BICEP2 xalqaro radioteleksopdan foydalanishgan. Bu radioteleskop, 
janubiy qutbdan uncha uzoq bo„lmagan masofaga joylashtirilgan. Bu radioteleskop 
yordamida ilmiy guruh, ikki yil mobaynida «moziy nurlanishi»ni tinglashdi va uning 
xossalarini tahlil qilib borishdi.
Tahlil jarayonida ilmiy nuqtai nazardan o„ta aniq tarzda olingan ma‟lumotlar 
olimlarga bundan 13.8 milliard yil muqaddam sodir bo„lgan ulkan portlash keltirib 
chiqargan gravitatsion maydonning to„lqinsimon tebranishlarini aniqlash imkonini 
berdi.
Gravitatsion to„lqinlarning mavjudligining o„zi – fizika uchun o„ta muhim 
kashfiyotlardan biridir. Fazo-vaqt bo„ylab to„rt o„lchamli yo„nalishda tarqaluvchi 
elektromagnit to„lqinlardan farqli o„laroq, gravitatsiya to„lqinlari zamon va makon 
strukturasining o„zining to„g„ri chiziqli qo„zg„alishi hisoblanadi. Bu haqida 
allaqachon Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasida ilmiy taxminlar bayon 
qilingan edi. Lekin gravitasion to„lqinlarni aniqlash o„ta mushkul vazifa. Fan-texnika 
asrining o„ta zakovatli olimlariga ham buning uchun bir asrdan ortiq vaqt kerak 
bo„ldi. Shunda ham, hozircha bu tasdiq, ya'ni, gravitatsion to„lqinlarning haqiqatda 
mavjudligining isboti to„g„ridan-to„g„ri tajriba orqali o„rnatilgan emas. Ya'ni, 
gravitatsion to„liqinni bevosita o„zini olimlar haligacha tutishgani yo„q. Unda nega 
uning mavjudligini bunday ishonch bilan aytishmoqda?! – degan savol miyangizda 
charx urgan bo„lsa ajabmas. Gap shundaki, ilmiy guruh, mazkur to„lqinlarning 
haqiqatda mavjudligini, bilvosita ravishda, aniqrog„i, ularning boshqa bir to„lqinlarga 
berayotgan ta‟siri orqali aniqlashdi. Boshqa bir to„lqin deganda, bu o„rinda reliktiv 
nurlanishlar (
relict radiation, primeval fireball radiation
) nazarda tutilmoqda.
Lekin mazkur kashfiyotning asl mohiyati faqatgina reliktiv nurlanishlarning 
yangi xossalarining (aytaylik, ularning qutblanishidagi B-mod xususiyatlari kabi) 
aniqlanishi ham, va hatto undan kelib chiquvchi muhim xulosa bo„lmish – 
gravitatsion to„lqinlarning haqiqatda mavjudligi ham emas. Olimlarning birinchi 
navbatda BICEP2 dan olingan tahlillarning boshqa bir natijasi qiziqtirmoqda. Bu 
tahlil natijalariga ko„ra, olimlar Olam yaralishining ilk lahzalarida nimalar sodir 
bo„lgani haqida anchayin ishonchli ma‟lumotlarga ega bo„lishlari mumkin. 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish