Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi


Maykl  Faradey ixtiro qilgan



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Maykl 
Faradey ixtiro qilgan 
elektrogeneratorning 
qayta tiklangan 
nusxasi. Mis disk 
taqasimon magnit 
qutblari orasida 
aylanadi va bundan 
elektr toki hosil boladi; 
shu tarzda mexanik 
energiya elektr 
energiyasiga ayalanadi.
Pastda: 
Magnit 
yaqinidagi temir 
qirindilarning harakati 
ifodalangan va Faradey 
tomonidan chizilgan 
tarixiy rasmlarning 
fotonusxasi. 


33 
Stendal sindromi hurujlaridan xavotirga tushayotgan, hamda, kundan-kun Italiyani 
sevib qolayotagan Eynshteyn, otasi va amakisiga yordam berish maqsadida ularning 
endi Apenninda tashkil qilgan fabrikasida hozir bo„ldi. Ushbu tashrif ham 
Eynshteyn zakovatining yana bir bor tasdiqlanishi bilan boshlandi. Amakisi Yakob, 
fabrikadagi mutaxassislar bir necha kunlar davomida hal eta olishmagan bir 
muammoning yechimini jiyani atiga 15 daqiqada topib berganidan cheksiz hayratini 
yashirolmay qolgadi. Bu hodisa Eynshteynning buyuk ilmiy iste‟dodining 
kurtaklaridan biri sifatida baholanadi. 50 yildan keyin yozilgan «o„z tarjimai hol» 
qaydnomalarida olim bu haqida shunday eslagan:
«
O„n olti yoshimdayoq men, keyinchalik butun boshli bir nazariya unib 
chiqqan bir paradoks bilan to„qnash keldim: agar men yorug„lik nuri 
ortidan yorug„lik tezligi 
c
 bilan (c- yorug„likning bo„shliqdagi tezligi) izma-
iz harakatlansam, unda men bunday yorug„lik nurini, o„zgaruvchan 
elektromagnit maydondagi tinch holatdaginur sifatida qabul qilishim lozim 
bo„lardi. Lekin amalda bunday emas; bu Maksvell tajribasidan ham va 
uning tenglamalaridan ham shundoq ko„rinib turibdi
». 
Bu paradoks yechimi topilguniga qadar Albertni deyarli o„n yil ta‟qib etdi. 
O„zi bilmagan holda, hali o„smir yoshda bo„lgan bo„lajak olim, miyasida maxsus 
nisbiylik nazariyasining kurtaklari paydo bo„la boshlagan edi. O„sha yili yoz 
oylarida Eynshteyn o„zining ilk ilmiy maqolasini yozdi. U «Magnit maydonidagi 
efirning holatini ko„rib chiqishga oid» deb nomlangan bo„lib, bu maqolni u o„z 
tog„alaridan biri Sezar Koxga jo„natgan.
Oktyabrda esa Albert Eynshteyn onasi Paulina bilan poyezdga o„tirib, 
Syurixga, kirish imtohonlarini topshirishga yo„l olishdi. Imtohon varaqalariga imzo 
qo„yar ekan, bo„lajak olimning qo„llari hayajondan qaltiraganmi, yo„qmi bunisi 
noma‟lum, axir, o„rtaga uning butun taqdiri qo„yilayotgan edi-ku! Kirish 
imtihonlarining dastlabkisidan Eynshteyn yiqilgan. Lekin fizika va matematika 
bo„yicha sinovlar natijalari, o„sha paytda Syurix universiteti professori bo„lib 
ishlagan mashhur olim Genrix Veberni lol qoldirgan. Maslahatlashuvlardan so„ng, 
universitet ilmiy jmoasi, talabalikk qabul qilinmagan Albert Eynshteynga darslarga 
erkin tinglovchi sifatida qatanshib ta‟lim olishga ruxsat berishdi. Plotexnikum 
direktori esa unga o„rta ta‟limni Arau shahar maktablaridan birida yakunlab olishni 
taklif etdi. Bu Bazel va Syurix shaharlari orasidagi xushmanzara ko„rkam vodiyda 
joylashgan shahar bo„lib, u yerda o„rta ta‟lim diplomini olgach, Albert keyingi yili 
universitetga qayta imtihon topshirishi mumkin edi.
Eynshteyn rozi bo„ldi. Olmoniya Imperiyasining mustabid tuzumidan 
uzoqda yosh Eynshteynning xarakteri ham o„zgardi. Hali u Italiyada bo„lgan qisqa 
vaqt oralig„idayoq, odamlar tomonidan unga nisbatan avvalari ko„p ishlatilgan 
«odamovi», «pismiq» kabi tavsiflar kun tartibidan ko„tarilgan edi. Bunday iboralar 


34 
o„rniga esa, yosh Eynshteyn xarakterining ijobiy jihatlarini ifodalaydigan so„zlar 
qo„llanilishi boshlanib, yigitchaning endilikda qizlar bilan ham tanishishda ham 
tortinmaydigan bo„lgani qayd etiladi.
Arauda Albert Eynshteyn ajoyib filolog mutaxassis, qiziquvchan havaskor 
ornitolog va tabiiy fanlarning kuchli shaydosi bo„lgan Yost Vinteler xonadonida 
joylashdi. Uning oila a‟zolari orasida yosh Eynshteyn mehr va hurmatgan sazovor 
bo„lib, «o„zlarinikdek» bo„lib ketdi. Vintelerlar quvnoq va ahil oila bo„lib, liberal 
qarashlar tarafdori edilar. Bu xonadonda kitoblar yoki, siyosat haqida uzluksiz 
oilaviy munozara yuritishar, biror bir bayram uyushtirib, xusrandchilik qilish uchun 
esa, bahona izlab o„tirishmasdi. Albert o„zi uchun beminnat homiylik 
ko„rsatayotgan inson – Yost Vintelerni «dada», onasi Paulina bilan nafaqat ism 
borasida adash bo„lgan, balki, pianino chalish hamda, bolalarga nisabatan beadad 
mehr-muhabbat xislatlari bo„yicha ham o„xshash bo„lgan oila bekasini (ya'ni, Yost 
Vintelerning xotinini Paulina honimni) «oyi» deb chaqira boshladi. Vintelerlarning 
o„z farzandlari haqida gap borganda esa, Albert Eynshteynning ular bilan 
munosabati aka-ukachilik darajasida bo„lmaganini aytib o„tish joiz. Harholda 
ularning qizlari Mari Vinteler bilan Albertning munosabatlari shunday deyishga 
asos bo„ladi. Bu ikki yosh tez orada bir-birlariga yoqib qola boshlaydilar.
Arauda o„rta maktabni tugatib, Albert Eynshteyn hayotining yangi 
bosqichini Shveytsariyaning eng nufuzli oliy ma‟hadlaridan birida ta‟lim olish 
orqali davom ettirishga qaror qildi. 
Kunlardan birida Mari Vinteler Eynshteyn bilan suhbatda, ularni fizika 
ajratib yuborishidan cho„chiyotganligini hazil aralash aytib o„tgan ekan. Va 
haqiqatan ham shunday bo„lib chiqdi. Universitetda Albert Eynshteyn bilan bir 
kursda ta‟lim ola boshlagan 11 nafar do„stlari ichida, Mileva Marich ismli qiz 
bo„lib, u nihoyatda chiroyli bo„lishi bilan birga, Eynshteyn bilan, masalan, 
gazlarning kinetik nazariyasi borasida tengma-teng ilmiy bahs olib borishi mumkin 
edi. Shu xislati bilan u yosh Albert shu paytgacha tanigan va tanishgan 
honimchalardan keskin farq qilardi. Tez orada Mileva Marich, Albert 
Eynshteynning talabalik muhabbati va birinchi xotiniga ayalandi.
Indallosini aytadigan bo„lsak, opera uvertyurasidagi singari, 17 yoshidayoq 
Albert Eynshteyn, butun bir boshli inson hayotining leytmotivini yozib qo„yib 
ulgurdi. Chunonchi u bu yoshgacha o„zining ilk ilmiy maqolasini yozdi, hukumat 
vakillari bilan ixtiloflarga borib; avvaliga bir qizni yoqtirib keyinroq boshqasiga 
ko„ngil qo„ydi; eng asosiysi esa, butun boshli ilmiy inqilobni boshlab berishi 
mumkin bo„lgan savolni o„rtaga tashladi: 

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish