MA’NAVIY TA’SIR UCHUN O’QILADIGAN SURA, OYAT VA DUOLAR
Ey, farzand!
Fursat bo‘lishi bilan quyidagi suralarni o‘qishga harakat qil. Rasululloh (s.a.v.) shunday marhamat etadilar:
«Har kim shu uch surani shomda, tongda uch martadan o‘qisa, Alloh o‘sha kishining molini, jonini va oila a’zolarini barcha halokatlardan qo‘riydi, bu suralar shular:
Ixlos surasi.
Muavvizatayn suralar. («Qul a’uzu bi robbil falaq va Qul a’uzu bi robbinnas).
Fotiha surasi».
Bir kun Sahobai ikromdan biri Rasululohdan (s.a.v.) so‘radi: «Yo Rasululloh (s.a.v.)! Bizga shunday bir narsa o‘rgatingki, Alloh biror-bir sababli gunoh qilishimizdan bizni saqlasin!» Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday dedilar:
«Kafirun» surasini o‘quvchini Alloh shirk keltirishdan saqlaydi».
Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Kim quyidagi oyati karimani to‘shagiga kirgach o‘qisa, oldi Ka’bai sharifgacha nurlanadi va o‘sha nur uzra farishtalar enadi va shu oyatni o‘qigan kishi uchun tonggacha gunohlari kechirilishini tilaydi.
O’sha kishining daftariga esa benazir savoblar yoziladi».
O’qiladigan oyat bu:
«QUL INNAMA ANA BAShARUM MISLUKUM YUVHA ILAYYA ANNAMA ILAHUKUM ILAHUN VAHIDUN. FAMAN KANA YARJU LIQOA ROBBIHI FAL YA’MAL AMALAN SOLIHAN. VALA YUShRIK BI IBADATI ROBBIHI AHADA». (KAHF, 110)
Tunda o‘ringa yotayotganda, tongda to‘shakdan turayotganda quyidagi duoni o‘qigan kishi, o‘sha kuni o‘zini sehr-jodudan va zolim kishilarning yomonligi (zulmi)dan saqlagan bo‘ladi. Duo budir:
«BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM! BISMILLAHILLAZIY LA YAZURRU MAASMIHI SHAYUN FIL ARZI VA LA FIS SAMAI VA HUVAS SAMIUL ALIYM».
Rasululloh (s.a.v.) marhamat etdilar:
«Alloh taoloning uch ismi borki, bular tilda yengil, tarozuda og‘irdir. Kim har kun shu ismlarni yuz marta aytsa, har ismga yuz savob beriladi. O’sha ismlar:
«SUBHANALLOHI VAL HAMDULILLAHI VALA ILAHA ILLALLOHU VALLOHU AKBAR. VA LA HAVLA VA LA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AZIYM».
Yana Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar: «Bir kishi to‘shagiga yotish uchun kirganida shu duoni o‘qisa, Alloh barcha gunohlarini kechiradi». Duo budir:
«ASTAG’FIRULLOHAL AZIYM ALLAZIY LA ILAHA ILLA HUV. AL HAYYUL QAYYUM VA ATUBU ILAYHI».
Ey, farzand!
Alloh taoloni go‘zal ismlari bilan yodla:
Rasululloh (s.a.v.) Abu Hurayraga (r.a.) xitoban shunday dedilar:
«Ey, Abu Hurayra! Bir kishi o‘rniga yotgan vaqtda Alloh taoloning go‘zal ismlarini yodlab uxlasa, Alloh bir farishtaga amr etadi, o‘sha farishta tonggacha zikr va tasbeh aytib, savobini o‘sha bandaga bag‘ishlaydi».
«Ey, Abu Hurayra! O’rningga uxlamoq uchun kirganingda o‘ng tomoning bilan yotgin. Shunday duo qilishni unutma: «BISMILLAHIR ROHMANIR ROHIYM. BISMILLAH VAL HAMDU LILLAH». Shunday yotganni farishtalar tonggacha shaytonlardan qo‘riydi. Yotayotganda chiroqni pasaytirish yoki o‘chirib qo‘yish ham odobdandir.
Kechaning uchdan ikki qismi o‘tgach, uyg‘onib ikki yoki to‘rt rakat tahajjud namozi o‘qish foydalidir. Vaqtida o‘qilgan ikki rakat tahajjud namozi kunduz o‘qilgan ming rakat namozga badaldir. Kechasi namoz o‘qigan kishini Allohdan boshqa ko‘rmaydi. Shu tariqa riyoga yo‘l qo‘yilmaydi, ya’ni riyo aralashish ehtimoli bo‘lmaydi. Namoz va boshqa ibodatlarning xayrlisi hech kim ko‘rmasdan, bilmasdan Alloh taolo bilan quli orasida bo‘lganidir.
Kunduz o‘qilgan namozlar odamlar ko‘z o‘ngida ado etiladi.
Kunda uyqudan uyg‘oniboq shu duoni o‘qigan kishining ne tilagi bo‘lsa amalga oshadi:
«LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU. VA HUVA ALA KULLI SHAY’IN QODIYR. SUBHANALLOHI VAL HAMDU LILLAHI VA LA ILAHA ILLALLOHU VALLOHU AKBAR. VA LA HAVLA VA LA QUVVATA ILLA BILLAHIL ALIYYIL AZIYM».
Yana Rasululloh (s.a.v.) marhamat etadilar:
«Bir kishi uyidan tashqariga chiqayotganda «oyatal Kursini» o‘qisa, Alloh taolo o‘sha kishiga yetmish farishta yaratadi. Farishtalar o‘sha kishi uyiga qaytguncha gunohlariga istig‘for etadilar. Uyiga qaytganida yana o‘qisa, Alloh o‘sha kishini o‘zidan boshqaga muhtoj aylamaydi».
Ey, farzand!
Tongda, shomda shu duoni o‘qishni unutma:
«AMANTU BILLAHI VA MALAIKATIHI VA KUTUBIHI VA RUSULIHI VAL YAVMIL OXIRI VA BIL QODARI XOYRIHI VA SHARRIHI MINALLAHI TA’ALO ROBBANA ZOLAMNA ANFUSANA VA IN LAM TAG’FIRLANA VA TARXAMNA LANAKUNANNA MINAL XOSIRIYN».
Har kun imon yangilashda foyda ko‘p. Chunki inson bir ozdan so‘ng nima bo‘lishini bilmaydi. So‘nggi nafasimizgacha imonli ketish uchun tayyorlanish, ya’ni hozirlik ko‘rish o‘rinlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |