YO’LDOSHLIK ODOBI
Ey, farzand!
Bir kishiga yo‘ldosh bo‘lgan yo‘lda do‘stiga, yo‘ldoshiga mos harakat qilishi, tez yoki sekin yurib, uni mashaqqatli holda qoldirmasligi kerak.
Yo‘lda yo‘ldoshni yolg’iz tashlab, bir tomonga g‘oyib bo‘lmaslik lozim, yo‘l davomida maxsus ishi uchun yo‘ldosh(ni) kutib turish kerak. Yo‘lda yo‘ldoshni iztirobga, qayg‘uga qo‘yish ikkiyuzlamachilik — munofiqlik alomatidir.
Qo‘ldan kelgancha yo‘ldoshning haqqini ko‘zlash, mamnun etadigan harakatlar qiling. Ajrashayotganda rozilashish, yo‘lda yeb-ichishda unga qulaylik ta’minlash, sabrli bo‘lish odobdandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |