Ey, farzand!
Kim bozorlarda shu duoni o‘qisa, bozorning moddiy va ma’naviy zararlaridan yiroqlanadi. Oldiberdisida ham barakot hosil bo‘ladi.- Duo budir:
«LA ILAHA ILLALLOHU VAHDAHU LA SHARIYKA LAHU. LAHUL MULKU VA LAHUL HAMDU. YUHYIY VA YUMIYTU VA HUVA HAYYUN LA YAMUTU. BIYADIHIL XOYRU VA HUVA ALA KULLI SHAYIN QODIYR».
TAOM DUOSI
Ey, farzand!
Rasululloh (s.a.v.) deydilarki:
«Bir kishi taomlangach, quyidagi duoni o‘qisa, Alloh o‘sha kishining o‘tgan gunohlarini afv etadi. Rizqi shifoga aylanib, barokatlanadi».
Duo yolg‘iz yoki ko‘pchilik taomlanganda o‘qiladi. Duo har taom so‘ngida qilinishi tavsiya etiladi. Duo budir:
«ALHAMDU LILLAHILLAZIY AT’AMANI HAZAT TOAMA. VA ROZAQANI MIN G’OYRI HAVLIN MINNIY VA LA QUVVAH».
LIBOS KIYISH DUOSI
Ey, farzand!
Yangi libos kiyganlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday duo qilardilar:
«ALHAMDU LILLAHILLAZIY KASANIY MA URIYA BIHI AVROTIY».
Do'stlaringiz bilan baham: |