Ey, farzand



Download 120,67 Kb.
bet17/66
Sana18.01.2022
Hajmi120,67 Kb.
#391579
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66
Bog'liq
Документ

TAVHID BAHSI


Ey, farzand!

Tavhid — Allohni bir deb bilmoqdir. Tavhid kalimasi:

«LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH». Shahodat kalimasi: «ASHHADU ANLA ILAHA ILLALLOHU VA ASHHADU ANNA MUHAMMADAN ABDUHU VA RASULUH».

Tavhid kalimasining ma’nosi: «Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad Uning elchisidir».

Shahodat kalimasining ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo‘qligiga va Muhammad Uning quli va rasuli ekanligiga iqrorman».

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) deydilar:

«Bir kishi «LA ILAHA ILLALLOHU MUHAMMADUR RASULULLOH» desa, tavhid kalimasi shunday deydi:

«Yo, pok Parvardigoro! Meni aytgan qulingni kechirmaguningcha, men tinchlanmayman!» Alloh fazli bilan shunday deydi:

«Izzatim va Jalolim, Jamolim va Kamolim haqqi Meni zikr etgan bandamni kechirdim».

Ey, farzand!

Tavhid kalimasini aytgan kimsani mahshargohda bir guruh malaklar ziyorat etadilar. Uni mahshar dahshatlaridan qo‘riqlaydilar.

Alloh Musoga (a.s.) Tur tog‘ida shunday marhamat etdi:

«Yo Muso! Mahshar yerida farishtalar seni ziyorat etishlarini istasang, tavhid kalimasini ko‘p zikr et!»

Ey, mo‘min kishi! Tavhid kalimasini til bilan zikr etib, aslo dilda shubhaga tushma! Shubhaga tushish - jahannamga tushish ko‘prigi (sababchisi).

Bunday kishiga shafoatchi yo‘q. Ey, farzand!

Kalimai tavhidni ko‘p zikr qilgin.

Tur tog‘ida Muso (a.s.) so‘radilar:

«Allohim! «La ilaha illalloh» deya zikr etguvchi qulingga qanday haq ato etgaysan?»

«Ey,Muso! O’sha qulimdan rozi bo‘lib, jannati A’loda Jamolim bilan sharaflantiraman!»

Kalimai tavhid fazilati va uni zikr etganga beriladigan haq ta’rifga sig‘mas darajada. Buning mukofotini Allohning O’zi tayin, taqdir va ehson etadi.

Alloh xitob (murojaat) etadi:

«Ey, farishtalarim! Shohid bo‘ling, tavhid kalimasini ishonib hatto bir marta zikr etgan qulimni afv etdim, kechirdim!»

Ishonib tavhid kalimasini bir bor aytganning barcha gunohlari to‘kiladi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadi:

«Kim sidqidildan, ishonch bilan bir bor tavhid kalimasini zikr etsa, Alloh o‘sha kishiga jannatda to‘rt ming daraja ikrom etadi. To‘rg ming gunohini ham kechiradi!» Ashobi ikromdan savol bo‘ldi:

«Yo Rasululloh (s.a.v.)! O’sha kishining to‘rt ming gunohi bo‘lmasa-chi?» Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etdilarki:

«Oila a’zolarining, qarindosh-urug‘larining, qo‘ni-qo‘shnilarining ham gunohlarini (qo‘shib) kechiradi!»

Ey, farzand!

Tavhid kalimasini zikr etishda davomli bo‘lib, barokatidan foydalanmoq, gunohlardan forig‘ bo‘lmoq zarur.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar:

«Mahshar maydoniga butun hayoti gunohlar bilan o'tgan bir kishini keltirishadi. Faqat nomai a’molida bir marta tavhid kalimasini aytgani ko‘rinadi. Barcha gunohlari tarozining bir pallasiga, tavhid kalimasining savobi bir pallasiga qo‘yiladi. Tavhid kalimasining savobi og‘ir kelgani uchun jahannamdan chiqariladi».

Ey, farzand!

Tavhid kalimasining fazilati cheksiz. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bir hadisi shariflarida shunday deydilar:

«Banda «LA ILAHA ILLALLOH!» deya zikr etishi bilan og‘zidan bir yashil qush uchib chiqadi. Bu qush ko‘tarilib to‘g‘ri arshning ostiga joylashadi. Umri davomida uni aytgan kishiga Allohdan mag‘firat tilaydi. Mahshargohda esa o‘sha kishining qo‘lidan tutib, to‘g‘ri jannatga eltadi».


Download 120,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish