2.Европа Иттифоқи ва Ўзбекистон икки томонлама алоқаларнинг
институционал тизими
.
“Biz – yevropaliklar, bu yerda (Markaziy Osiyoda) aslo geosiyosiy manfaatlar yoki
o„yinlarni ko„zlayotganimiz yo„q... Bu yerda ekanimizning boisi shuki, biz ushbu
mintaqaning salohiyatiga, eng asosiysi ushbu mintaqa xalqlarining salohiyatiga
ishonamiz. Markaziy Osiyo bo„yicha yangi strategiyamizning o„zak-mohiyatini ham
shu tashkil etadi”, – deydi Federika Mogerini.
O„zbekiston mamlakat mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Yevropa bilan
hamkorlikni o„z tashqi siyosatining ustuvor yo„nalishlaridan biri sifatida belgilab
kelgan. Bundan roppa-rosa 27 yil avval – 1994 yil 16 noyabrda O„zbekiston va Yevropa
ittifoqi o„rtasida diplomatik aloqa o„rnatilgan. Yevropa Ittifoqi O„zbekistonda xususiy
sektor, kichik va o„rta biznesni rivojlantirish maqsadida menejment tahsil dasturini
amalga tatbiq etib kelmoqda. Mazkur dastur doirasida ko„p sonli biznes boshqarvchilari
YeI davlatlarida zamonaviy menejment sirlarini o„rganib qaytdi.
Yevropa Ittifoqi va O„zbekiston aloqalari o„zining muayyan institutsional tizimiga
egadir. Mazkur institutlarning shakllanishi o„zaro aloqalarning barqaror davomiyligini
taʼminlaydi hamda vujudga kelayotgan kundalik muammolarni oqilona hal qilish va
zudlik bilan ularning oldini olishga xizmat qiladi. Ikki tomonlama aloqalarning
institutsional tizimi diplomatik, shartnomaviy va bir tomonlama milliy institutlarni o„z
ichiga oladi. Diplomatik institutlar, o„z-o„zidan maʼlumki, tegishli diplomatik
missiyalarni amalga oshirish maqsadida oliy darajada tashkil etilgan tuzilmalardir.
Shartnomaviy institutlar deganda, “Sherikchilik va hamkorlik bitimi” doirasida tashkil
etilgan kengash va qo„mitalar nazar ostiga olinadi. Milliy institutlar esa u yoki bu
darajada ikki tomonlama aloqalarni osonlashtirish va rivojlantirish uchun xizmat
qiladigan yoki tegishli vazifalar uchun tashkil etilgan maxsus institutlar shaklida
bo„lishi mumkin. Diplomatik institutlar har ikki tomonning barcha ko„rinishdagi
diplomatik vakolatxonalari majmuasini o„z ichiga oladi. O„zbekiston Respublikasining
Belgiya qirolligidagi elchixonasi, ayni paytda, O„zbekiston Respublikasining Yevropa
hamjamiyatlari
qoshidagi
Missiyasi
vazifasini
ham
bajaradi.
1966-yildagi
Hamjamiyatlar qoshida akkreditatsiyadan o„tkazish tartibini belgilovchi Lyuksemburg
bitimiga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasining Yevropa hamjamiyatlari qoshidagi
Missiyasi boshlig„ining ishonch yorlig„i Kengash raisi va Komissiya raisining har biriga
alohida tarzda topshiriladi. O„zbekiston Respublikasining Yevropa Ittifoqi va
hamjamiyatlari bilan aloqalarida O„zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining
Yevropa boshqarmasi muhim rol o„ynaydi. Mazkur boshqarma O„zbekiston
Respublikasining Yevropa Ittifoqi va hamjamiyatlari aʼzo davlatlaridagi diplomatik
vakolatxonalari faoliyatini ham o„zaro muvofiqlashtirib boradi. Yevropa boshqarmasi
boshlig„i, ayni paytda, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 22
martdagi 134-sonli qaroriga asosan, O„zbekiston Yevropa Ittifoqi Hamkorlik kengashi
hamda O„zbekiston-Yevropa Ittifoqi Hamkorlik qo„mitasining O„zbekistonga oid qismi
tarkibiga kiradi. Yevropa Ittifoqi va hamjamiyatlarining O„zbekiston Respublikasi bilan
aloqalariga masʼul institutlari tizimiga Yevropa Kengashi raisligi, Yevropa Ittifoqi
kengashi, Yevropa Ittifoqi Komissiyasi, Yevropa Parlamenti kabi asosiy institutlar va
boshqa qo„shimcha organlar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, o„tgan yillar mobaynida Yevropa Ittifoqi va O„zbekiston
aloqalarining izchil institutsional tizimi shakllanib bo„ldi. Ikki tomonlama aloqalarning
institutsional tizimi xalqaro diplomatik huquq qoidalari va shartnomalari asosida tashkil
etiladi. 1961 yilda qabul qilingan Diplomatik munosabatlar to„g„risidagi Vena
konvensiyasi, 1969 yildagi Maxsus missiyalar to„g„risidagi konvensiya, 1973 yildagi
Xalqaro himoyadan foydalanuvchi shaxslar, shu jumladan, diplomatik agentlarga qarshi
jinoyatlarning oldini olish va bunday jinoyatlarni jazolash to„g„risidagi konvensiya va
boshqalar Yevropa Ittifoqi va O„zbekiston diplomatik aloqalariga to„la tatbiq etiladi.
Yevropa Ittifoqi va O„zbekiston aloqalari o„ziga xos rivojlanish tarixi, xususiyatlari va
surʼatlariga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.1.
Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar. O„quv qo„llanma. Toshkent.
1.2.
Yevropa Ittifoqi huquqi. Darslik. Toshkent
Internet saytlar:
2.1.
www.lex.uz