Avvalo, biz ushbu kazusga javob yozishimizdan oldin, Yevropol va Interpol
haqidagi qisqacha ma‟lumotlarga to„xtalib o„tishimiz lozim. Yevropol, ya‟ni, Yevropa
politsiya muassasasi bu – davlatlar politsiya organlarining transmilliy uyushgan
jinoyatchilik, xalqaro terrorizm, xalqaro xarakterdagi boshqa og„ir turdagi jinoyatlarga,
shuningdek, narkotiklar savdosi va boshqalarning Yevropa miqyosida oldini olish va
ularga qarshi kurashishda amaliy yordam ko„rsatish va axborot ta„minotiga
mo„ljallangan huquqni muhofaza qiluvchi muaasasa hisoblanadi. Yevropol "Yevropa
Ittifoqi" tashkiloti doirasida tuzilgan va faoliyat yuritib keladi, bundan kelib chiqadiki
uning faoliyati uning barcha a‟zo davlatlari hududida amalga oshiriladi. Biroq yuridik
shaxs huquqlari nuqtai nazaridan Yevropa Ittifoqiga kirmaydigan davlatlar bilan ham,
shuningdek, xalqaro tashkilotlar va muassasalar, shu jumladan, Interpol bilan ham
hamkorlikni yo„lga qo„yishi mumkin. Yevropol tashkil etilish vaqtida Yevropa Ittifoqi
jinoyat-huquqiy sohada qonunlar chiqarish vakolatiga ega bo„lmagan. Shu sababga
ko„ra Yevropolni a‟zo davlatlar o„rtasida 1995-yilda imzolangan va 1998-yilda kuchga
kirgan maxsus xalqaro shartnoma orqali ta‟sis etilgan. Keyinchalik Yevropol to„g„risida
Konvensiyaga bir necha bor o„zgartirish va qo„shimchalar kiritilgan bo„lib, ular
jumladan Yevropa politsiya idorasi vakolatini kengaytirishga yo„naltirilgan. Ya‟ni,
Yevropol vakolatiga qo„shimcha jinoyat turlarining kiritilishi, unga a‟zo davlatlarga
jinoyat ishini qo„zg„atish, jinoiy tergovni o„tkazish va muvofiqlashtirish to„g„risida
so„rovlar bilan murojaat etish huquqi va boshqalar berildi. Yevropol to„g„risida
Konvensiyani qayta ko„rib chiqish uni imzolash kabi alohida barcha a‟zo davlatlar
tomonidan imzolanishi va ratifikatsiya qilinishi lozim bo„lgan maxsus xalqaro
shartnomalar orqali amalga oshirilgan. A‟zo davlatlar aksariyat hollarda ratifikatsiya
jarayonini cho„zib yuborganliklari bois, Yevropol huquqiy maqomi to„g„risidagi zarur
islohotlar bir necha yillarga ortga surilgan. Bu Yevropa Ittifoqiga unga 1997-yilgi
“Amsterdam” va 2001-yilgi “Nitssa” shartnomalari bilan berilgan jinoyat-huquqiy
sohada yangi qonunchilik vakolatidan foydalanga holda qayd etilgan Konvensiyani
bekor qilish va uni qayta ko„rib chiqilishi milliy ratifikatsiyani talab etmaydigan yuridik
majburiy akt bilan almashtirishga undadi. 1995-yilgi konvensiya bekor qilinishi bilan
uning asosila tashkil etilgan “eski” Yevropol o„z faoliyatini tugatdi. Uning o„rnida
Yevropa Ittifoqi tashkiliy mexanizmiga to„la integratsiyalashgan va a‟zo davlatlar
badallari hisobida emas, balki bevosita Yevropa Ittifoqi umumiy budjetidan
moliyalashtiriluvchi “yangi” Yevropol tuzildi. “Yangi” Yevropol undan oldingisi ega
bo„lmagan qator qo„shimcha imkoniyatlar va vakolatlarni qo„lga kiritadi, jinoiy
tashkilot doirasida sodir etilishi talab etilmaydigan jinoyatlar bilan shug„ullanish
vakolati shular jumlasidandir. Yevropol tizimi, tuzilishi va tarkibi Yevropol
Niderlandiyadagi Gaaga shahrida joylashgan. Yevropol Yevropol to„g„risidagi
konvensiya bilan ta‟sis etilgan Yevropol idorasining huquqiy vorisi hisoblanadi. Har bir
a‟zo davlatda Yevropol tashkil etilgan yoki tayinlangan bitta milliy bo„lim bilan
bog„langan. 2009-yil 6-apreldagi qaror bilan tashkil etilgan “yangi” Yevropol “eski”
Yevropolning, shu jumladan, u tomonidan tuzilgan xalqaro shartnomalarga nisbatan
ham huquqiy voris sifatida namoyon bo„ladi.
Jinoyatchilik va unga qarshi kurash muammolari qadimiy tarixga ega bo„lib
tarixning barcha davrlarida jamiyki davlatlar kun tartibida bo„lib kelgan, biroq aynan
XIX-XX asrlarda jinoyatchilikning eng xavfli turlariga qarshi kurashishda davlatlararo
o„zaro yordam ko„rsatish zarurati tug„ildi va bu quyidagi bir qator omillar bilan
izohlanadi:
davlatlararo
aloqalarning
rivojlanishi,
chegaraviy
jarayonlarning
soddalashuvi, turizmning rivojlanishi jinoyatchilarning bir davlatdan boshqa davlat
hududiga o„tish imkoniyatining oshishiga, uyushgan jinoyatchilikning o„sishiga olib
keldi, kontrabanda, giyohvandlik vositalari noqonuniy savdosi, terrorizm, qalbaki
pullarni tayyorlash kabi jinoyatlar ko„plab davlatlarning diqqat markazidan o„rin oldi va
bu jinoyatlar o„z xususiyati hamda jamiyat va ayrim shaxslarga keltirgan zarari hajmiga
ko„ra yagona, umum e‟tirof etilgan va davlatlararo muvofiqlashtirilgan kurashni, taktik,
texnik choralar qo„llashni taqozo etdi. Yashiringan jinoyatchilarni qidirib topish va
ushlashni qat„iy protsessual unifikatsiya qilish, jinoyatchilarni ushlab berish tartibini
muvofiqlashtirish zaruratini yuzaga keltirdi. Uzviy hamkorlik qilish zarurati kriminal
politsiyaning milliy xizmati vakillarini turli darajada rasmiy va norasmiy shakllarda
aloqa qilish ehtiyojini tug„dirdi.
Tashkilot nomi ingliz tilida The International Criminal Police Organization –
INTERPOL. 1966-yilda Interpol BMT tomonidan xalqaro 1971-yilda esa
hukumatlararo tashkilot deb tan olingan. 1996-yildan BMT Bosh assambleyasi
sessiyalari va faoliyatida kuzatuvchi sifatida ishtirok etib keladi. 100 dan ortiq davlat
Interpol a‟zosi hisoblanadi, uning markaziy organlari Lion shahri Fransiyada
joylashgan. Interpol faoliyatining huquqiy asosi uning ustavi va reglamenti hisoblanadi.
1956-yil 13-iyunda kuchga kirgan ustav 1923-yilgi ta‟sis hujjatining o„rnini egalladi.
Interpolni tashkil etish va rivojlanishining murakkab tarixi, uning xalqaro tashkilot
sifatida o„ziga xosligi, jahon hamjamiyatining XX-XXI asrlardagi tobora
murakkablashib boruvchi hayoti bilan uzviy aloqasi uning huquqiy maqomini
aniqlashda muayyan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 1923-yilda jinoyat politsiyasi
Xalqaro komissiyasi sifatida tashkil etilgan vaqtdan boshlab Interpol muhim xalqaro
politsiya tashkilotiga aylanish maqsadida o„z a‟zolarini doimiy ravishda kengaytirib
bormoqda. Hamkorlik modeli siyosatiga tayangan holda tashkilotning rasmiy
maqsadlari turli millatlar tegishli milliy qonunchilik doirasida, Inson huquqlari
umumjahon Deklaratsiyasiga amal qilgan holda politsiyalar o„rtasida hamkorlikka
ko„maklashish va ta„minlashdan iborat. Ikkinchi jahon urushidan so„ng tashkilot qayta
tashkil etildi va Interpol siyosiy, irqiy Xalqaro jinoiy politsiya tashkiloti “INTERPOL”
– umumjinoiy jinoyatchilikka qarshi kurashda turli davlatlar politsiya organlarining
xalqaro hamkorligini muvofiqlashtiruvchi xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilot
va diniy masalalarni chetlab o„tgan holda, jinoiy huquqbuzarliklarga ixtisoslashdi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro hamkorlikda Xalqaro huquqni muhofaza
qiluvchi tashkilotlar turlicha rol o„ynaydi. Shu bilan birga ular huquqiy maqomining
xususiyatlaridan shuki, ular o„zaro yoki alohida davlatlar bilan shartnomalar tuzganda
belgilangan xalqaro huquqiy munosabatlarda teng huquqli subyektlar sifatida amal
qiladi. Ko„pgina xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkilotlari xalqaro operatsiyalarda
ishtirok etadi. Xalqaro darajada Interpol va Yevropol ko„p tarmoqli doimiy tuzilmalari
bilan eng mashhur xalqaro politsiya tashkilotlaridir. Xalqaro huquqni muhofaza
qiluvchi tashkilotlar maqomining quyidagi o„ziga xos xususiyatlariga e‟tibor berish
lozim. Birinchidan, xalqaro huquqni muhofaza qilish tashkilotlari birbiriga
bo„ysunmaydi. Ular o„z xohish-istagini bir-biriga majburan o„tkaza olmaydi. Odatda
xalqaro huquni muhofaza qilish tashkilotlari o„rtasidagi hamda xalqaro huquqni
muhofaza qilish tashkilotlari va alohida ishtirokchi davlatlar o„rtasidagi munosabatlar
bir-biriga bo„ysunish asosida emas, balki koordinatsion ravishda qurilgan. Shu ma‟noda
Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar va ishtirokchi davlatlar aniq xalqaro
huquqiy munosabatlar subyekti sifatida teng huquqlidir. Ikkinchidan, xalqaro huquqni
muhofaza qiluvchi tashkilotlar vakolat doirasi turlicha bo„lgani sababli teng huquqlilik
tushunchasi ham cheklangan va nisbiy xususiyatga ega. Bu cheklanganlik va nisbiylik
mazkur tashkilotlarni xalqaro munosabatlarning asosiy suveren ishtirokchilari va
xalqaro huquq subyektlari bo„lmish davlatlarga tenglashtirib bo„lmasligini bildiradi,
chunki suveren tenglik tamoyili davlatlar o„rtasida amal qiladi. Uchinchidan, xalqaro
huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar jinoyatchilikka qarshi kurashda xalqaro
hamkorlik qilish uchun teng huquqlar va majburiyatlarga ega emas. Shuning uchun
mazkur hamkorlik tizimida ularning roli boshqa qatnashchilar – davlatlar va ular
nomidan faoliyat olib boradigan milliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan teng
emas. To„rtinchidan, xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar birgalikda milliy
huquqni muhofaza qilish organlari va sudlar tizimiga o„xshash aniq bir tizimni tashkil
qilmaydi. Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlarning iyerarxiyasi mavjud
emas, ular tashkiliy, ma‟muriy va moliyaviy jihatdan bir-biriga bo„ysunmaydi.
Yuqorida keltirilgan mezonlarni hisobga olib Xalqaro huquqni muhofaza qiluvchi
tashkilotlar vakolat doirasiga ko„ra quyidagicha tasniflanishi mumkin. Sodir etilishi
kutilayotgan yoki sodir etilgan jinoyatlarni oldini olish bilan bog„liq, jumladan, zarur
holatlarda tezkor-qidiruv harakatlarini olib borish hamda jinoyat sudlov sohasida
huquqiy yordam ko„rsatish orqali, xalqaro hamkorlikda bevosita ishtirok etadigan
xalqaro tashkilotlar va ularning organlari, huquqni muhofaza qilish organlari o„rtasida
hamkorlik qilish bo„yicha xalqaro tashkilotlardir. Mazkur tashkilotlarning asosiy
belgilari shuki, ular ishtirokchi davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari
o„rtasida jinoyatchilikka qarshi kurashda keng ko„lamli va ko„p tomonlama hamkorlikni
ta„minlash uchun safarbar etiladi. Ta‟kidlash joizki, chet el adabiyotlarida mazkur
tashkilotlarga hatto xalqaro politsiya hamkorligi tashkilotlari deb ta‟rif beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |