Evropa klassik musiqasi haqidagi bilimlar O’quvchi dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirish omili sifatida



Download 17,09 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi17,09 Kb.
#591823
Bog'liq
Evropa klassik musiqasi haqidagi bilimlar


Evropa klassik musiqasi haqidagi bilimlar - O’quvchi dunyoqarashi va tafakkurini shakllantirish omili sifatida
Har qanday jamiyat taraqqiyotining eng muhim vazifalaridan biri o’zida ma’naviy yuksaklik, ahloqiy poklik va jismoniy barkamollikni mujassamlashtirgan barkamol insonni tarbiyalashdan iboratdir. Ana shunday olijanob vazifani hal qilishning asosiy omili murakkab va ko’p qirrali komplek tarbiya tizimidan iboratdir. Ushbu tizim tarkibida yosh avlodni estetik, badiiy jihatdan tarbiyalash muhim o’rin egallaydi.
Hozirgi kunda yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko’tarilgan. Va respublika hukumat, shaxsan Prezidentimiz Sh.Mirziyoev tomonidan ta’lim-tarbiya yoshlarning har jihatdan barkamol bo’lib etishishlari yo’lida ko’rsatayotgan e’tibori, ta’lim tarbiya tizimidagi yangilanishlar aynan ana shumaqsadlarga qaratilgandir.
Yoshlarimizni estetik jihatdan barkamol inson qilib tarbiyalash zarurati pedagogika, psixologiya, falsafa, san’atshunoslik va musiqa fanlari oldiga muhim vazifalarni qo’ymoqda.
Ma’lumki, o’tgan asr boshlaridan buyon bizga Evropa mamlakatlarida shakllangan ko’plab musiqiy janrlar kirib kela boshladi. Ularning be’vosita ta’siri natijasida milliy rux va qiyofaga ega bo’lgan milliy o’zbek musiqa janr, uslub, yo’nalishlari paydo bo’ldi. Ularsiz bugungi o’zbek musiqa madaniyatini tasavvur qilishning imkoni yo’q.
Bugungi kundagi musiqa ta’limi va tarbiyasi ham qaysidir ma’noda milliy musiqa merosimizga ustuvor e’tibor berish bilan birga ularning dunyoqarashi, musiqiy tafakkurini boyitish, kengaytirishda qardosh xalqlar va umumjahon miqyosida tan olingan, dunyo xalqlari musiqa madaniyatiga keng kirib brogan, ularning umumiy madaniy mulkiga, qardiyatlariga aylangan musiqa boyliklaridan keng bahramand bo’lishlarini taqozo etadi.
Musiqa ta’limi sohasidagi o’zgarish va islohotlar, yoshlarni salohiyatli salohiyatli qilib tarbiyalash vazifalari musiqa ta’limi, xususan umumta’lim maktablari uchun mo’ljallangan o’quv dasturlari, darsliklarni takomillashtirish ishlari tizimli tarzda amalga oshirilmoqda.
Mumtoz adabiyot singari mumtoz adabiyot deya tan olingan musiqa asarlarida umumbashariy g’oyalar, mukammal shakllar orqali insonning yuqori iste’dod va ijodiy mehnat samarasi sifatida ifoda etiladi. Hozirgi davrda jahon xalqlari musiqasi san’ati, madaniyatidan munosib o’rin olgan va etakchi janrlari qatoriga kirgan, ommalashgan, ijodi va asarlari dunyo miqyosida e’tirof etilgan, buyuk asarlari umuminsoniy boylikka aylangan Evropa uyg’onish davri ijodkorlari bo’lmish I.S.Bax, I.Gaydn,V.A.Motsart, L.V.Bethoben DJ.Verdi, F.Shopen, Shubert, F.List, P.IChoykovskiy, M.I.Glinka Reyngold Morisevich, R.Korsakov, Gendel, keyinroq yashab ijod etgan K.M.Veber, Shyonberg, Mendelson, G.Berllioz N.Paganin, S.Prokofev, SHastakovich, Xachaturyan, Sebilius va yana ko’plab Evropa mamlakatlari, kompozitorlari o’zlarining buyuk ijodi, asarlari betakror ijod namunalari bilan musiqa san’ati rivojida o’chmas iz qoldirishga erishgan desak also mubolg’a bo’lmaydi.
Zeroki ularning ulkan yaratgan asarlari, ulardagi musiqiy yo’nalishlari ijrochilik uslublari tsivilizatsiyasi musiqa madaniyatining oltin xazinasidan mustahkam o’rin olgandir. Ularning asarlarida yuksak insonparvarlik g’oyalari, inson qadriyati, uning erkinlik va baxt-saodati yo’lidagi kurashi, xalqlar do’stligi va birodarligi, bashariyatni baxtiyor qilishga da’vat, sof insoniy hamda be’g’ubor muhabbat eng oliy pardalarda g’oyatda maftunkor kuylanadi.
Binobarin ta’kidlab o’tilgan klassik kompozitorlar sifatida e’tirof etilgan ijodkorlar va ular tomonidan yaratilgan asarlar yillar, asrlar o’tishi bilan eskirib, o’z qimmatini yo’qotadi degan fikrlarning asossiz ekanligini hayotning o’zi ko’rsatmoqda. Jahon miqyosida Evropa mumtoz kompozitorlari ijodi va asarlari bo’yicha o’tkazilayotgan tanlovlar, festivallar, musiqiy haftaliklar asarlari dunyoning eng katta, mahobatli jamoasi bilan nom qozongan teatrlari repertuaridan tushmay muxlislari tobora ortib borayotganligi buning isbotidir. Qaysikim davlatni etakchi teatrlarida ularning asarlarini qo’yilishi o’ta teatr va uning jamoasining eng katta yutug’i sifatida e’tirof etilishi ham haqiqatdir. Evropa klassik kompozitorlarining bir necha avlodlari tomonidan yaratilgan yorqinlik va mukammal badiiylik namunasi bo’lgan asarlar o’zida mujassam etgan yuksak g’oyaviy mazmun va be’takror jozibali, go’zalligi bilan doimo insoniy baxt-saodati yo’lida xizmat qilaveradi.
O’quvchilar Yevropa kompazitorlik ijodida shakllangan janrlar – romans, kantata, syuita, poema, oda, simfoniya, oratoriya, sonata, variatsiya, opera, balet va shuningdek,vokal simfonik janrlarning tavsiflari (band – naqorat, siklli, romans – lirik xarakterli va shaklan rivojlangan, ariya – opera qahramonlarining ichki – ruhiy kechinmalarini ifoda etuvchi rivojlangan vokal asarlari)haqida umumiy ma’lumotga ega bo’lishlari lozim. Ushu Evropa klassik kompazitorlarining nodir asarlari bilan o’quvchilarni tanishtirish, tinglatish orqali ularning ma’naviyatini shakllantirish, asarda aks etgan asarning xarakterli mohiyatini ularga tushuntirish orqali o’quvchilarning musiqiy tafakkurini kengaytirish, dunyoqarashlarini boyitib borishda muhim omil (unsur) bo’lib xizmat qiladi.
Yevropa mumtoz musiqasi mavzusi bo’yicha darslarni tashkil etishda har bir kompazitori jodiga tegishli kuy – qo’shiqlarni, darslikka kiritilgan tegishli namunalarni, shuningdek kompazitorlar tomonidan yaratilgan opera, balet, kantata, oratoriya, sonata, uvertyura kabi namunalar haqida suhbat, hikoya, ma’ruza va tushuntirishlardan so’ng ushbu namunalarni birgalikda tinglash, so’ngra o’quvchilar bilan uni tahlil qilish, munozara uyushtirish hamda darsni mazmunli va samarali kechishini ta’minlaydi. O’qituvchi doimiy ravishda o’quvchilarning musiqaga bo’lgan qiziqishlari va intilishlarini inobatga olib borishi kerak. Har bir o’quvchida xalq musiqasiga, shuningdek, qardosh xalqlar, chet el, xususan jahon xalqlari tomonidan e’tirof etilgan Yevropa mumtoz musiqasi namoyondalari ijodiga qiziqish va to’g’ri munosabatni uyg’ota olishi kerak.
Download 17,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish