6-seminar mashg’ulot
Mavzu: Darvinga qadar bo’lgan davrda organik olamning kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning tanqidiy tahlili.
Mashg’ulotning ta’lim maqsadi: Talabalarga genetika fanining integrasiyasi natijasida mikroevolyutsiya haqidagi ta’limotning vujudga kelishini tushuntirish.
Mashg’ulotning tarbiyaviy maqsadi: Tur ichidagi yuz beradigan evolyutsion jarayonlarni tushuntirish orqali talabalar ilmiy dunyoqarashini kengaytirish.
Mashg’ulotning rivojlantirish maqsadi: Talabalarning evolyutsion jarayonlar haqidagi bilimlarni ijodiy fikr yuritish ko’nikmalarini rivojlantirish.
Jihozlar: Mavzuga oid rasmlar, jadvallar, slaydlarning slaydini ekran orqali namoyon qilish.
Mashg’ulotda foydalaniladigan texnologiya:
Lokal darajada Atamalar zanjiri, Venn diagrammasi,
Klaster
Xususiy metodik Hamkorlikda o’qitish texnologiyasi arra
daraja metodi
Reja:
Qadimgi Sharq mamlakatlarida evolyutsion g’oyalarning paydo bo’lishi.
Qadimgi Yunoniston va Rimda evolyutsion g’oyalarning paydo bo’lishi.
Markaziy Osiyoda evolyutsion g’oyalar.
Mavzu mazmuni: Organik olamning tarixiy rivojlanishi haqidagi ta ’limot XIX asr o‘rtalarida yaratilgan b o ‘lsa-da, biroq evolyutsion ta ’Iimotga doir ba’zi ma’lumotlar, g'oyalar ju d a qadimgi davrlarga borib taqaladi. Qadimgi sharq mamlakatlarida yozilgan ba’zi asarlarda olamning moddiyligi, tabiat qonunlarining tabiiy xarakteri va tirik mavjudotlarning tabiiy ravishda vujudga kelishiga mansub ayrim fikrlar uchraydi. Chunonchi, Qadimgi Misrda ko‘p shifobaxsh 0 ‘simliklar, davolash vositalari, gigiena qoidalari ma’lum bo‘lgan, jarrohlikning nisbatan yuksak rivoji esa anatomiya asoslarini bilishga imkon berdi. Eramizdan 3000 yil muqaddam misrliklar bug‘doyning 3 turi, arpaning 3 turi, tariq, no‘xat, zig‘ir, tok va boshqa o ‘simliklarni ekkanlar.
Hindistonliklarning eram izgacha b o ‘lgan davrdagi V III asrda yozilgan «Hayot kitobi» nomli asarida olam ning moddiyligi va uning 5 ta elem ent (yer, suv, olov, havo, efir) dan iboratligi haqida fikr yuritiladi. Qadimgi Xitoyda h am tabiatshunoslik birm uncha rivojlangan. Qishloq xo‘jaligida almashlab ekish joriy etilgan. Yerlarni o ‘g‘itlashda, sug‘orishda b irm uncha yutuqlar q o ‘lga kiritilgan. 0 ‘simliklar bilan hayvonlar olamini xitoylar qadimdan o‘rganganlar. Ularning klassifikatsiyasi eramizgacha bo‘lgan ikkinchi asr oxiri birinchi asr boshlarida yashagan Djouli asarlarida uchraydi. U o‘simliklarni 5 guruhga — danaklilar, qo‘zoqlilar, sharbatlilar, yotib o'suvchilar va butalarga bo‘lgan. Hayvonlar ham 5 guruhga bo’lingan. Ular jun bilan qoplanganlar, qanotlilar, zirh bilan qoplanganlar, tangacha bilan qoplanganlar va chig'anoq bilan qoplanganlar deb nomlangan. Qadimgi xitoylarning tasawuriga ko‘ra, organizmlarda bir formaning boshqa formaga o‘tishi nihoyatda turli-tumandir. Eramizdan 3000—4000-yillar ilgari hayvonlarning yangi zotlarini (ot), o'sim liklarning navlarini (manzarali o ‘simliklarni) chiqarishda tanlash usuli qo‘llanilgan. Qadimgi sharq madaniy merosi Qadimgi Yunoniston fani va m adaniyati rivojiga o ‘z ta ’sirini ko‘rsatgan. Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramizgacha bo‘lgan 384—322-yillar) hayvonlar klassifikatsiyasining asosini tuzgan, qiyosiy anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamda organlar korrelyatsiyasi va tabi- atdagi asta-sekin rivojlanish to‘g‘risida ba’zi fikrlarni ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan hayvonlar tomon rivojlanadi. Bu jarayonlar uzluksiz bo'lganligi uchun ular o‘rtasidagi chegarani aniqlash qiyin. Aristotel — hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrim xossalariga emas, balki ko‘p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo‘lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to‘g‘ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinflariga to‘g‘ri keladi. «Qonsizlar»dan unga faqat 130 tur ma’lum bo‘lgan. Olimning uqtirishicha, bir qancha formalar (meduza, ak- tiniya, dengiz yulduzlari va bulutlar) tuzilishiga ko‘ra, oraliq xarakterda bo‘lib, bir tomondan, shilliq qavatlilarga, ikkinchi tomondan esa o‘simliklarga yaqin turadi. Shuning uchun ham Aristotel ularni zoofitlar deb atagan. Aristotelning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari haqida», «Hayvonlarning paydo bo'lishi haqida» nomli asarlarida klas- sifikatsiya asoslari, har bir hayvonlarning tuzilishini qiyoslash prinsiplari, antik embriologiya asoslari yoritilgan. U Aflotun idealizmini tanqid qilsada, materiya passiv, harakatlanish ku- chiga ega emas, lekin unda aktivlik, rivojlanish imkoniyatlari bor, shu imkoniyatlarning ro‘yobga chiqishi uchun shakllan- liruvchi manba — entelexiya zarur, degan fikrni bayon etgan. Entelexiya—bu ma’lum maqsadlarni ko‘zlovchi sabab, rivojlanishning ichki maqsadlarini amalga oshiruvchi dastlabki kuchdir. Binobarin, Aristotelning tabiiy-ilmiy asarlari u material- istik oqim bilan idealistik oqim o‘rtasidagi beqaror dualistik oqim ekanligidan dalolat berdi. Aristotelning «Hayvonlarning paydo bo'lishi» haqida nomli asarida chog‘ishtirma anatomiya usulining ajoyib namunasini ko‘rish mumkin.
Aristotel uning uqtirishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi, oldin zoofitlarga, keyin umuman hayvonlarga, so‘ngra o‘z turiga xos tuzilishga, belgilarga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo‘ladi. Bu mulohaza bo‘lajak organizmning belgi-xossalari urug‘ yoki tuxumda oldindan shakllangan bo‘ladi, degan g'oyaga Aristotel qarshi ekanligidan dalolat beradi. Shunga o‘xshash misollarga asoslanib, olim barcha hayvonot olamin- ing tuzilishi bir ekanligini ta’kidlaydi. Uning qayd qilishicha, qonli hayvonlarning hammasida ichki organlar o‘zaro o‘xshash va bir xilda joy- lashgan bo‘ladi. Odam bilan to'rt oyoqli hayvonlar tuzilishida ham o‘zaro o‘xshashlik mavjud. Bir organda yuz bergan o'zgarish, boshqa organda ham o‘zgarishni vujudga keltiradi. Harakat bir xil formalaming abadiy o‘rin almashinishidan iborat. Lekin organik olamning evolyutsiyasi tabiiy tarixiy jarayon ekanligi haqidagi g'oya Aristotel uchun yotdir. Yer yuzida asta-sekin yangilanish jarayoni ham ro‘y beradi. Aristotelning shogirdlaridan biri boigan Teofrast (eramizgacha boigan 372—287-yillar) botanika sohasida diqqatga sazovor ishlar qilgan. U o‘simliklarning 400 dan ortiq turini o‘rganib, ularning organlari tuzilishini, fiziologiyasini tasvir- lab bergan hamda o'simliklarning amaliy ahamiyati haqidagi ma’lumotlarni to‘plagan. Teofrast o‘simliklarning bir turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan.
Eramizdan oldin V asrda yashagan shifokor va shoir Empedokl (eramizgacha bo'lgan 483—423-yillar) tabiatning asosini 4 elem ent (suv, yer, olov va havo) tashkil etadi, ular doimiy, yo‘qolmay bir-biriga q o ‘shiladi va yana ajraladi, deb e’tiro f etgan. Tabiat haqidagi tushunchalar o ‘rta asrlarga kelib, Yevropa mamlakatlarida deyarli rivojlanmadi. 0 ‘rta asrlarda О Vila Osiyoda yashagan olimlardan M uhammad Muso Xorazmiy, Abu N o sir Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino va boshqalar tabiatshunoslik fanining rivojlanishiga katta hissa qo‘shdilar.Beruniy (973—1048) ta- kidlashicha, tabiat 5 ta elementdan: bo‘shliq, havo, olov, suv va tuproqdan yaratilgan. U Ptolomeyning yer olamning markazi bo'lib, u harakatlanmaydigan sayyoradir, degan ta ’limotiga tanqidiy ko‘z bilan qaragan. Beruniy Yer Quyosh atrofida harakatlansa ajab emas, deb o ‘ylagan va u yumaloq shaklga ega degan. O ita Osiyoning m ashhur olimi Abu Ali ibn Sino ham (980— 1037) Beruniy kabi tabiyot fanining turli sohalariga ko‘p e ’tibor bergan bo’lsada, tibiyot asoschilaridan biri sifatida katta shuhrat qozongan. U faqat dalillarga asoslangan fanni tan oladi. Ibn Sino uzoq davrlar o ‘tishi bilan yer yuzasi sekin-asta o'zgarishi haqida yozgan. U ning qayd etishicha, o ‘simliklar, hayvonlar va odam ya’ni barcha tirik organizmlar oziqlanadi, ko‘payadi va o‘sadi. 0‘simliklar rivojlanishning quyi bosqichida, hayvonlar o‘rta bosqichida, odam esa eng yuqori bosqichida turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |