Evolyutsion nazariyasi faniga kirish
Reja:
I. Kirish
II. Asosiy qism
1. Evolyutsion nazariyasi faniga kirish
2. Evolyutsiya nazariyasining boshqa fanlar bilan aloqasi
3. Evolyutsion nazariyasining o‘rganish usullari.
4. Evolyutsiya nazariyasining prinsiplari
5. Evolyutsiya nazariyasining muammolari.
6. Evolyutsion ta’limot nazariyasi
III. Xulosa
IV. Foydalanilgan adabiyotlar
I. Kirish
Evolyutsiya nazariyasi fani organik olamning kelib chiqishi, tarixiy taraqqiyoti va uni idora etishning umumiy qonuniyalarini o‘rgatadigan fandir. Evolyutsiya nazariyasi haqiqiy ilmiy evolyutsion ta’limotdir. Evolyutsiya tarixiy taraqqiyot bo‘lib, qaytarilmaydigan jarayondir. Evolyutsiya tabiatdagi turli o‘lik va tirik tabiatga xosdir. Masalan, astronomiyada planetalar va yulduzlar evolyutsiyasi, geologiyada yer evolyutsiyasi, biologiyada esa organik dunyo evolyutsiyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Evolyutsiya so‘zi lotincha-evolutio-ya’ni boshlagan jarayonning o‘sishi, yoyilishi, kengayishi, tarqalishi kabi ma’noni bildiradi. Bu terminni birinchi marta Shvetsariyalik olim Sh. Bonne (1720-1793) 1762 yilda fanga kiritilgan va embriologiya masalalari uchun qo‘llangan. Biologik evolyutsiya tirik tabiatning tarixiy taraqqiyoti bo‘lib, buning natijasida populyatsiyalarning (tur) genetik tarkibi, moslanish (adaptatsiya)ning shakllanishi, turlar vujudga kelishi va qirilib ketishi, biogeotsenoz va biosferaning bir butun holda o‘zgarish jarayonlari ro‘y beradi. Evolyutsiya nazariyasi biologiya fanlarining falsafasi, matematikasi hisoblanadi. Bu fan biologiyaning boshqa sohalari o‘rtasidagi sababiy bog‘lanishlarni o‘rganadigan fandir. Shunga ko‘ra, evolyutsiya nazariyasi barcha botanika, zoologiya, anatomiya, fiziologiya, gistologiya, embriologiya, sitologiya, genetika seleksiya, bioximiya, biofizika. Paleontologiya, biogeografiya, entomologiya, Chorvachilik, o‘simlikshunoslik, parazitologiya, mikrobiologiya va boshqa biologiya fanlari bilan bog‘liqdir. Evolyutsiya nazariyasining bu fanlar bilan bog‘liqligi ikki tomonlamadir. Bir tomondan evolyutsiya nazariyasi xususiy biologiya fanlarida to‘plagan dalillarini hulosalab, umumbiologik qonuniyatlarni yaratadi. Evolyutsion jarayon shu qadar murakkabki, bu jarayonni biror usul yordamida to‘liq o‘rganib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham evolyutsion jarayonni o‘rganish uchun biologiya fanlarida qo‘llaniladigan usullarning kompleksi qo‘llaniladi. Ya’ni hayvonni o‘rganish uchun zoologiya, mikroorganizmlarni o‘rganish uchun mikrobiologiya usullaridan foydalaniladi. O‘z navbatida olingan ilmiy natijalardan taqqoslash, solishtirish asosida tegishli ilmiy xulosalar chiqariladi.
II. Asosiy qism
Do'stlaringiz bilan baham: |