Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I.: «uch parallel uslubi», morfologik, embriologik va paleontologik usullar, biogeografik va sistematik usul, genetik, molekulyar biologik va immunologik usullar



Download 0,5 Mb.
bet10/136
Sana13.01.2023
Hajmi0,5 Mb.
#899318
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136
Bog'liq
Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel

Gerbalistika. Yevropadagi uyg’onish davri sistematikada izlanishlarning kollektor dasturiga qaytish davri bo’ldi. Kollektorlarning asosiy qismi esa tabiblar bo’lib, ular dorivor o’simliklarni yig’ish, ularga ta’rif berish bilan mashg’ul bo’ldilar. Bu olimlarni gerbalistlar, davrni esa gerbalistika deb atashadi. Gerbalistlarga anik davrdagi Feofrast va Pliniyning ta’siri yuqori bo’lgan. Sxolastlardan farqli ravishda gerbalistlar g’oyalarni emas faktlarni o’rgana boshladilar. Antik davrdan keyin birinchi bo’lib gerbalistlar yangi o’simlik turlarini ta’riflay va nomlay boshlaydilar. Ta’riflashda Feofrast ananalariga asoslansalarda, o’zlariga ma’lum bo’lgan barcha jihatlarni yoritadilar. Ilmiy sistematika. XVIII asr boshiga kelib, minglab o’simlik va hayvonlar ta’riflandi va ularni tartiblashtirish ehtiyoji paydo bo’ldi. Bu yo’nalishda birinchi urinishni ilgiz tabiatshunosi Jon Rey (1628-1705) amalga oshirdi. “To’rtoyoqli va sudralib yuruvchi hayvonlarning sistematik tavsifi” asarida J.Rey tashqi belgilarning o’xshashligiga asoslanga klassifikatsiyani taklif etdi. U sutemizuvchilarni ikki guruhga barmoqli va tuyoqlilarga, tuyoqlilarni bir (ot), ikki (sigir) va uch (karkidon) tuyoqlilarga ajratdi. Ikki tuyoqlilarning o’zini esa kavsh qaytaruvchi shoxi almashmaydigan (echki), kavsh qaytaradigan shoxi almashinadigan (kiyiklar) va kavsh qaytarmaydiganlarga ajratadi. Keyinchalik J.Reyning bu prinsipdan K.Linney samarali foydalandi. Uning fanga qo’shgan yana bir hissasi ilk bor “tur” tushunchasini ta’riflaganidir.
5 DNK shtrix kod uchun molekulyar markerlar. T.I.: Genom, mitoxondrial DNK, 16S rRNK, 5S rRNK, 28S rRNK, 18S rRNK, ITS. JAVOBI 16S rRNK – foydalanilgan markerlar ichida birinchilaridan biridir. Birinchi bo’lib, PZR va sekvenirlash davridan oldin, 1960 yillarda Dubnau va hammualiflari 16S RNK ketma-ketligi tahlili uchun Bacillus Cohn, 1872 avlodi turlarida qo’llashdi [Dubnau, 1965]. Biroq, Vozaning [Woese, 1987] klassik ishlaridan keyin, bu gen bakteriyalar taksonomiyasida qo’llanila boshladi. Bu genning ketma-ketligi uzunligi 1550 j.n. iborat bo’lib, turli guruh bakteriyalar uchun umumiy xususiyatga ega bo’lib, ham variabel va ham konservativ sohalardan tashkil topgan [Clarridge, 2004]. 5S rRNK – 120 ta nukleotidli ko’pgina organizmlarning ribosomalarida qantashuvchi yuqori konservativ ketma-ketlik bo’lib, ayrim zamburug’lar, ayrim hayvonlar va ko’pchilik protistlardan tashqari, o’simliklarning filogeniyasini tuzishda foydalaniladi [Troitskii, 2003]. Biroq, qisqa razmerda bo’lganligi uchun, ishonchlilik va aniqligi ancha past.28S rRNK – uzunligi 1000 nukleotiddan oshiq. Uning ketma-ketligi ko’pgina ko’p xujayrali hayvonlarda aniqlangan. Uning ikkilamchi tuzilishini taqqoslash va shu taqqoslash asosida filogeniyasini qurish – filogenetik tahlillar uchun asosiy instrumentdir. Ayrim hollarda bu genning to’liq razmeri emas, uni fragmentlari foydalaniladi (400 nukleotidga yaqin S2-S3 sohalari) [Schmidt, 2006]. 18S rRNK – bu genning to’liq razmeri 1800 nukleotidga yaqin bo’lib, filogenetik daraxtlarda keng qo’llaniladi, ayrim hollada esa turni identifikasiya va ajaratishda ishlatiladi. Qolaversa, variabel sohasining bo’lishi bilan u gen yaqin turlarni ajrata olmasligi mumkin, umuman olganda ketma-ketlik yetarlicha konservativ. Keyingi vaqtlarda filogenetik analizlar uchun 18S, hamda 28S rRNK gennlari ishlatilmoqda. rRNK 18S geni ko’pincha infuzoriylar va boshqa sodda hayvonlar turlarini aniqlash maqsadida metagenom tahlilida qo’llanilmoqda. Shunga qaramasdan, ribosomal genlar shak-shubhasiz ko’p nusxali, lekin genning hamma nusxalari bir xil. shu sababli ulardan faqat bir nusxa genlar markerlar sifatida foydalaniladi. Bu genlar yuqori konservativ (barqaror) xususiyatga ega. Xromasomadagi rRNK kodlovchi genlar oralig’ini tashkil qiluvchi genlar yoki nukleotidlar ketma-ketligi ichki transkrib speyseri deyiladi (Internal transcribed spacer, ITS). ITS – kodlanmaydigan ketma-ketlik, shuning uchun ularda ribosomal va oqsil kodlovchi genlarga nisbatan polimorfizm nihoyatda yuqori. Ularning praymerlari universal va har qanday taksonomik guruhlarning tegishli fragmentlarini amplifikasiya qilishda foydalanish mumkin [Persson, 2000]. Shu sababli suv o’tlari, yuqori o’simliklar, umurtqasiz hayvonlar, zamburug’lar uchun molekulyar shtrixkod tushishda marker sifatida qo’llanilmoqda.

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   136




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish