Bog'liq Evolyusion jarayonning o’rganish metodlari. T. I. «uch parallel
3.Sistematika tarixida ilmiy sistematika davri. T.I.: J.Rey, J.Lamark, J.Kyuvye, Ch.Darvin, E.Gekkel Ilmiy sistematika. XVIII asr boshiga kelib, minglab o’simlik va hayvonlar ta’riflandi va ularni tartiblashtirish ehtiyoji paydo bo’ldi. Bu yo’nalishda birinchi urinishni ilgiz tabiatshunosi Jon Rey (1628-1705) amalga oshirdi. “To’rtoyoqli va sudralib yuruvchi hayvonlarning sistematik tavsifi” asarida J.Rey tashqi belgilarning o’xshashligiga asoslanga klassifikatsiyani taklif etdi. U sutemizuvchilarni ikki guruhga barmoqli va tuyoqlilarga, tuyoqlilarni bir (ot), ikki (sigir) va uch (karkidon) tuyoqlilarga ajratdi. Ikki tuyoqlilarning o’zini esa kavsh qaytaruvchi shoxi almashmaydigan (echki), kavsh qaytaradigan shoxi almashinadigan (kiyiklar) va kavsh qaytarmaydiganlarga ajratadi. Keyinchalik J.Reyning bu prinsipdan K.Linney samarali foydalandi. Uning fanga qo’shgan yana bir hissasi ilk bor “tur” tushunchasini ta’riflaganidir.
K.Linney (1707-1778 yy) ish boshlagan paytda 70000 ga yaqin turlar m’lum bo’lib, ularning soni tez oshib borayotgan edi. U dastlab Skandinaviya keyin esa dunyoning boshqa qismlaridan ko’plab turlarga ta’rif berdi. 1735-yilda Linney o’zining klassifikatsiyasini “Tabiat sistemasi” asarida e’lon qildi. Aynan Linney ilmiy biologik sistematikaning asoschisi hisoblanadi.
Linney o’z sistemasida tur taksonomik birligidan tashqari yana avlod, turkum va sinf kabi birliklardan ham foydalandi. Uning hayvonlar bo’yicha tuzgan klassifikasiyasida bir-biriga yaqin bo’lgan turlar avlodga, avlodlar turkumga, turkumlar sinfga birlashtiriladi. Sinf eng yuqori taksonomik birlikdir. K. Linney o’ziga ma’lum bo’lgan barcha umurtqasiz va umurtqali hayvonlarni 6 ta sinfga ajratadi. Shundan 4 tasi (sut emizuvchilar, qushlar, gazandalar, baliqlar) umurtqalilardan iborat bo’lsa, 2 tasigina (hasharotlar, chuvalchanglar) umurtqasizlarni o’z ichiga oladi.
Linney sistemasida qo’llangan belgilar quyidagilar edi. Sutemizuvchilar uchun - to’rt kamerali yurak, issiq va qizil qon, tirik tug’ish va bolani sut bilan boqish; qushlar uchun – tananing pat bilan qoplanganligi va tuxum qo’yish. “Gazandalar” sinfi (reptiliya va amfibiyalar) sovuqqonlik va jabra bilan (amfibiyalarning lichinkalari uchun) nafas olish, hasharotlar – “oq qon”ning, kamerasiz yurakning va bo’g’imlarga bo’lingan oyoqlarning bo’lishi bilan xarakterlanadi. Chuvalchanglar sinfi esa hasharotlardan bo’g’imlarga bo’linganoyoqlarining bo’lmasligi bilan farqlanar edi. Linney qisqichbaqasimonlar, ko’poyoqlilar va o’rgimchaksimonlarni ham hasharotlar sinfiga kiritadi. Qolgan barcha umurtqasizlar chuvalchanglar sinfiga mansub deb hisoblaydi.
K. Linney asarining birinchi nashrida 4200 tur hayvonlar haqida, ikkinchi nashrida esa (1758 y) 20000 dan ortiq hayvon turlari haqida ilmiy ma’lumotlarni yozib qoldirgan. Umuman “Systema naturae” (Tabiat sistemasi) 13 marta qayta nashr etilgan bo’lib, hozirgi zamon sistematiklari 10 nashrda e’lon qilingan ilmiy nomlarni tan oladi. Bu nashrda e’lon qilingan nomlar klassik “Linney turlari” hisoblanadi va ular ko’plab sistematik kategoriyalar uchun tipik namunalar hisoblanadi.
K. Linneyning xizmatlaridan yana biri shu bo’ldiki, u hayvonlarni lotin tilida nomlashda binar nomenklatura prinsipini joriy qildi, ya’ni har bir hayvon (shuningdek o’simlikning ham) turini qo’shaloq nom bilan atashni tavsiya etdi. Linney turlaridan har biri ikki lotin so’zidan iborat nomga ega edi. Nomdagi birinchi so’z tur mansub bo’lgan avlodni, ikkinchi so’z esa shu turning xususiy nomini anglatar edi. Hozirgi odam nomi Homo sapiens L. Ham Linneyga tegishli. Nomdan ko’rinib turibdiki odam Homo avlodiga mansub bo’lib, sapiens uning xususiy nomi ekan.
Linney tizimida bir-biriga yaqin sistematik guruhlar birlashib yanada kattaroq guruhlarni, ular esa yana birlashib yana ham kattaroq guruhlarni hosil qilar edi. Uni chizmaga tushirganda daraxtni eslatgani tufayli tez orada unga ”hayot daraxti” nomini berishdi. Bu daraxtga qaraganda yaqin guruhlarning umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini taxmin qilish mumkin edi. Lekin K. Linney o’zining sistemasini sun’iy deb hisoblar, chunki hayvonlarni taksonomik birliklarga ajratishda ularning tashqi, ko’zga tashlanadigan morfologik belgilarini asos qilib olgan edi. Shunday bo’lsa ham sistematikaning rivojlanishida K. Linneyning xizmatlari alohida o’rin egallaydi.
XVIII asr fransuz tabiatshunosi J.B.Lamark (1744-1829) dixotomik prinsipga asoslangan Fransiya o’simliklarining aniqlagichini yaratadi. Lekin uning asosiy ishlari zoologiya sohasida bo’lgan. Olim birinchi bo’lib umurtqasiz va umurtqalilarni ajratdi, hayvonlarning yangi klassifikatsiyasini taklif etdi va o’ziga xos evolyutsion ta’limotni taklif etdi. Lamark hayvonlarni 14 ta sinfga ajratdi. Linney taklif etgan chuv alchanglar sinfini u uchga: yassi, to’garak va halqalilarga ajratdi. Infuzoriyalar va nurlilar sinflarini taklif etib, keyingi sinfga meduzalar, dengiz yulduzlari va dengiz shami (Noctiluca scintillans qalqondor xivchinlilarga mansub bir hujayrali) ni ham kiritgan.
Fransuz olimlaridan Jorj Kyuvye (1769-1832) qiyosiy anatomiya, paleantologiya fanlaridan tashqari sistematikaning rivojiga ham katta hissa qo’shgan. U Linney sinflari tuzilishidagi umumiy xususiyatlarni aniqlab ularni 4 ta tuzilish tiplariga birlashtirdi. Bular umurtqalilar, bo’g’imoyoqlilar, yumshoqtanlilar va nurlilar. Bu tiplar keyinchalik sistematik kategoriya sifatida qo’llana boshladi.
Yerdagi tiriklikning xilma-xillik sabablarini tushuntirish borasida yuqoridagi olimlar tomonidan bir nechta g’oyalar berilgan. Xususan Linney dastlab shunday yaratilgan desa, Lamark barcha organizmlarning uzluksiz rivojlanishi haqidagi fikrlarni beradi. Kyuvyening halokatlar nazariyasining notog’ri ekanligi XIX asr boshida geologlar Xetton va Layellar tomonidan isbotlandi. Xilma-xillikni evolyutsion nazariya bilan tushuntirgan Ch.Darvinning (1809-1882 yy) ishlarini alohida aytib o’tish lozim.
Darvindan oldin taklif etilgan guruhlar suniy hisoblangan bo’lsa, u birinchi bo’lib har bir tabiiy guruhning umumiy ajdoddan kelib chiqqanligini ta’kidladi. Sistematik kategoriyalarning diskertligini (ya’ni vaqt mobaynida alohida mavjud ekanligini) tushuntirib berdi. Buning ta’sirida takson haqiqatda mavjud ekanligi haqida tasavvurlar paydo bo’ldi. Darvin taksonning darajasi unda yuzaga kelgan o’zgarishlarning darajasiga bog’liq deb hisoblagan.
Darvin ishlarida keyin biologiyada ayniqsa zoologiyada turlar o’rtasidagi qarindoshlik aloqalarini aniqlash, solishtirma anatomik va filogenetik tadqiqotlar ko’paydi. Filogenetik aloqalarni o’rnatish uchun yetishmaydigan bo’ginlarni qidirish ishlari faollashdi. Bu tadqiqotlar uchun belgilarni muhim va ikkinchi darajaliga ajratish ehtiyoji paydo bo’ldi. Bunda turli muhitda yashovchi bir-biriga yaqin organizmlardagi umumiy belgilarga alohida etibor berildi. Organizmlarning qarindoshligini aniqlash bo’yicha tadqiqotlar natijasida ko’plab filogenetik daraxtlar taklif etildi. Shulardan biri Ernst Gekkelning filogenetik daraxtidir: