Аристо́тель ( 384 год до н. э., Стагира,Фракия — 322 год до н. э., Халкида, остров Эвбея) — древнегреческийфилософ. Ученик Платона. С 343 года до н. э. — воспитательАлександра Македонского - Теофраст, или Феофраст (род. ок. 370 до н. э., в г. Эрес, остров Лесбос — ум. между 288 до н. э. и 285 до н. э., Афины), — древнегреческий философ, естествоиспытатель, теоретик музыки. Является наряду с Аристотелем основателемботаники и географии растений.
- Эпику́р (др.-греч. Ἐπίκουρος; 342/341 до н. э., Самос — 271/270 до н. э., Афины) — древнегреческий философ, основательэпикуреизма в Афинах («Сад Эпикура»).
- Тит Лукре́ций Кар ок. 99 до н. э. — 55 до н. э.) — атомистического материализма
- Qadimgi Yunonistonda tabiatshunoslikning rivojlanishi birinchi muallim nomini olgan Aristotel (eramizgacha bo’lgan 384 - 322 yillar) hayvonlar klassifikatsiyasining asosini tuzgan, qiyosiy anatomiya, embriologiya sohasida dastlabki fikrlarni bayon etgan hamda organlar korrelyatsiyasi va tabiatdagi asta-sekin rivojlanish to’g’risida ba’zi fikrlarni ilgari surgan. Uning fikricha, tabiat sekin-asta jonsiz narsalardan hayvonlar tomon rivojlanadi. Bu jarayonlar uzluksiz bo’lganligi uchun ular o’rtasidagi chegarani aniqlash qiyin. Aristotel — hayvonlarning 500 ga yaqin turini bilgan hamda hayvonot olamining klassifikatsiyasiga asos solgan olim. U hayvonlarni klassifikatsiyalashda ularning ayrim xossalariga emas, balki ko’p belgilariga e’tibor berish kerakligini e’tirof etgan. U barcha hayvonlarni 2 ta guruhga — «qonlilar» va «qonsizlar»ga bo’lgan. Bu guruhlar hozirgi «umurtqali» va «umurtqasiz» hayvonlarga to’g’ri keladi. «Qonlilar»ni 5 ta «katta avlod»ga ajratgan. Aristotelning katta avlodlari umurtqali hayvonlarning hozirgi sinflariga to’g’ri keladi. «Qonsizlar»dan unga faqat 130 tur ma’lum bo’lgan.
- Olimning uqtirishicha, bir qancha formalar (meduza, aktiniya, dengiz yulduzlari va bulutlar) tuzilishiga ko’ra, oraliq xarakterda bo’lib, bir tomondan, shilliq qavatlilarga, ikkinchi tomondan esa o’simliklarga yaqin turadi. Shuning uchun ham Aristotel ularni zoofitlar deb atagan. Aristotelning «Hayvonlar tarixi», «Hayvonlar tanasining qismlari haqida», «Hayvonlarning paydo bo’lishi haqida» nomli asarlarida klassifikatsiya asoslari, har bir hayvonlarning tuzilishini qiyoslash prinsiplari, antik embriologiya asoslari yoritilgan. U Aflotun idealizmini tanqid qilsada, materiya passiv, harakatlanish kuchiga ega emas, lekin unda aktivlik, rivojlanish imkoniyatlari bor, shu imkoniyatlarning ro’yobga chiqishi uchun shakllantiruvchi manba — entelexiya zarur, degan fikrni bayon etgan. Entelexiya bu ma’lum maqsadlarni ko’zlovchi sabab, rivojlanishning ichki maqsadlarini amalga oshiruvchi dastlabki kuchdir.
- Binobarin, Aristotelning tabiiy-ilmiy asarlari u materialistik oqim bilan idealistik oqim o’rtasidagi beqaror dualistik oqim ekanligidan dalolat berdi. Aristotelning «Hayvonlarning paydo bo’lishi» haqida nomli asarida solishtirma anatomiya usulining ajoyib namunasini ko’rish mumkin.
- Uning uqtirishicha, embrion ma’lum izchillikda rivojlanadi, oldin zoofitlarga, keyin umuman hayvonlarga, so’ngra o’z turiga xos tuzilishga, belgilarga va nihoyat shaxsiy xossalarga ega bo’ladi. Bu muloxaza bo’lajak organizmning belgi-xossalari urug’ yoki tuxumda oldindan shakllangan bo’ladi, degan g’oyaga Aristotel qarshi ekanligidan dalolat beradi. Shunga o’xshash misollarga asoslanib, olim barcha hayvonot olamining tuzilishi bir ekanligini ta’kidlaydi. Uning qayd qilishicha, qonli hayvonlarning hammasida ichki organlar o’zaro o’xshash va bir xilda.
- Aristotelning shogirdlaridan biri bo’lgan Teofrast (eramizgacha bo’lgan 372 - 287 yillar) botanika sohasida diqqatga sazovor ishlar qilgan. U o’simliklarning 400 dan ortiq turini o’rganib, ularning organlari tuzilishini, fiziologiyasini tasvirlab bergan. Odam bilan to’rt oyoqli hayvonlar tuzilishida ham o’zaro o’xshashlik mavjud. Bir organda yuz bergan o’zgarish, boshqa organda ham o’zgarish vujudga keltiradi. Harakat bir xil formalarning abadiy o’rin almashinishidan iborat. Teofrast o’simliklarning bir turi boshqa turga aylanishi mumkin, degan fikrni quvvatlagan.
- Levkipp va Demokritning izdoshi bo’lgan Epikur (eramizgacha bo’lgan 341 - 270 yillar) barcha organizmlarning tanasi mayda, bo’linmas atom zarrachalaridan iborat. Ularning qo’shilishi va ajralishi tufayli olam vujudga keladi va yo’qoladi. Jon ham atomlardan tashkil topgan.Tabiatdagi hamma narsa tabiiy sabablarga ko’ra ro’y beradi, degan fikr bilan maydonga chiqadi. Epikurning tabiat haqidagi falsafiy qarashlarida rivojlanish g’oyasining elementlari uchraydi.
- Eramizdan oldin tabiiyot fani Rimda ham birmuncha rivojlangan. Epikurning izdoshi Lukretsiy Kar (eramizgacha bo’lgan 99 - 55 yillar) tabiatga antiteleologik jihatdan yondashgan. U falsafadagi afsonaviy qarashlarga qarshi chiqib, tabiat doimo rivojlanishini, unda sifat o’zgarishlari ro’y berishini birinchi mualliflar qatori e’tirof etgan. Agar Qadimgi Yunon falsafasi harakat bir xil formalarning ma’lum doira ichidagi o’rin almashinishidan iborat deb tushungan bo’lsa, Lukretsiy harakat ma’lum davrda ro’y beradigan tarixiy o’zgarishlardan iborat, deb qayd qilgan. U bir tur boshqa turga aylanishini tan olmasa-da, lekin tabiatda moslashmagan organizmlar nobud bo’lishini, o’zi va naslini oziq bilan ta’minlaydigan, dushmanlardan himoya qila oladigan organizmlar yashab qolishini ta’kidlagan edi.
- Lukretsiyning «Moddalar tabiati to’g’risida» degan asarida grek falsafasining barcha ijoиiy tomonlari o’z ifodasini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |