Biogeografik viloyatlardagi hayvonot va o'simliklar olami-ning o'xshashlik va farqiy sabablari
Turli viloyatlardagi hayvonot va o'simliklar olami o'zaro taqqoslanganda tiplar, sinflar o'rtasida tafovutni deyarli ko'rmaymiz. Chunki har bir biogeografik viloyatda xordali hayvonlar tipi, ochiq va yopiq urug'li o'simliklar tipi, sutemizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar, bir pallali, ikki pallali o'simliklar sinflarini uchratish mumkin. Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o'simliklar orasidagi tafovut turkum, ayniqsa oila, avlod vakillarini o'zaro taqqoslaganda namoyon bo'ladi. Chunonchi, Habashiston biogeografik viloyatidagi primatlar, xartumlilar, tuyaqushlar, to'tiqushlar, tovuqsimonlar turkumining vakillari Paleoarktik viloyatda uchramaydi. Yoki primatlar turkumiga kiruv-chi gibbonlar oilasining vakillari Hindomalay biogeografik viloyatida tarqalgan bo'lib, Afrikada uchramaydi. Aksincha, martishkalar oilasi Afrikada tarqalgan bo'lsa-da, Hindomalay biogeografik viloyatda bo'lmaydi. Xuddi shuningdek, Neotropit biogeografik viloyatdagi oz tishlilar turkumiga mansub chumolixo'r, yalqov, zirxlilar oilasi Neoarktik biogeografik viloyatida tarqalmagan. Paleoarktik va Neoarktik biogeografik viloyatlardagi o'simliklar va hayvonlar turku-mi, tartib, oilalar bilan o'xshasalar ham, ular o'rtasidagi tafovut faqat avlod va turlarda ekanligi ma'lum bo'ladi.
Turli biogeografik viloyatlardagi hayvonlar va o'simliklar orasidagi o'xshashlik va tafovut sabablarini bir tomondan qit'alar-ning paydo bo'lish tarixi, ikkinchi tomondan organik olam evolu-tsiyasi bilan tushuntirish mumkin.
Tabiatshunos olimlarning e'tirof etishicha, bizning ko'hna say-yoramiz hamma era, davrlarda shunday ko'rinishda bo'lmagan. Daniyalik olim A. Vegener qayd etishicha, taxminan bir necha million yillar ilgari Yer yuzida hech qanday qit'alar bo'lmay, sayyoramiz yagona quruqlik - - Pangeya va yagona okeandan iborat bo'lgan. Bundan 200 mln yil ilgari mezozoy erasinnig trias davrida yagona quruqlik — Pangeya ikki bo'lakka, Lavraziya va Gondvanaga ajragan. Oqibatda yagona quruqlikdagi hayvonat va o'simliklar olami ham ikki tomonga bo'lingan.
Gondvana quruqligi xuddi muz parchalari singari bir qismi suvdan tashqari holatdajanubga tomon siljigan. Keyinchalik yer ostki kuchlarining ta'siri tufayli Gondvana o'z navbatida bo'laklarga ajragan. Natijada Antarktida, Avstraliya, Afrika, Janubiy Amerika qit'alari paydo bo'lgan. Lavraziyaning bo'linishi tufayli Yevroosiyo, Shimoliy Amerika qit'alari kelib chiqqan. Yevroosiyo bilan Shimoliy Amerikaning yagona qit'a sifatida bo'lishi uzoq vaqt -- kaynozoy erasigacha davom etgan. Yagona quruqlik Pangeyaning qit'alarga ajralishi tabiiy ravishda o'simlik va hayvonlar evolutsiyasiga ta'sir etmay qolmagan. Chunonchi, Avstraliya, Gond-vanadan ajragan davrda trias-ning o'rtalarida sutemizuvchi-larning faqat tuxum qo'yib ko'payuvchi turlari hamda qopchiqlilar tarqalgan. Bunda hali sutemizuvchi hayvonlar. Qit'alarning tarixiy jarayon- { yo'ldoshlilar kenja sinfi da paydo bo hshi.vakillan paydo bo Imagan edi.
Shu sababli tuxum qo'yib ko'payuvchilar va qopchiqlilar Avstraliyada, qopchiqlilar Neotropik biogeografik viloyatda hozirgi vaqtgacha yetib kelgan. Boshqa qit'alarda tuxum bilan ko'payuvchilar, qopchiqlilar yashash uchun kurashda ularga nisbatan murakkab tuzilishga, ko'payishga ega bo'lgan yo'ldoshlilar kenja sinf vakillari tomonidan siqib chiqarilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |