EVOLUTSIYANI ISBOTLASHDA PALEONTOLOGIYA, BIOGEOGRAFIYA FAN! DALILLARI
Reja:
Evolyutsiyani isbotlashda palеontologiya fani dalillari.
Evolyutsiyani isbotlashda biogеografiya fani dalillari.
Biogeografik viloyatlar:
-Avstraliya biogeografik viloyati;
-Neotropik biogeografik viloyati;
- Hindomalay biogeografik viloyati;
- Habashiston biogeografik viloyati;
- Paleoarktik biogeografik viloyati;
- Neoarktik biogeografik viloyati.
Biogeografik viloyatlardagi hayvon va o`simliklarning o`xshashligi va farqi sabablari.
Paleontologiya qazilma holdagi o'simliklar, hayvonlar, zamburug'lar va boshqa organizmlar to'g'risidagi fandir. Organik olamning tarixiy rivojlanishini isbotlashda paleon-tologiya fanining dalillari muhim o'rin egallaydi. Biologiya fani-da to'plangan ma'lumotlar organik olam hozirgi ko'rinishda birdaniga paydo bo'lmay, balki uzoq davom etgan tarixiy rivoj-lanish natijasi ekanligidan dalolat beradi. Insonlar Yer yuzida paydo bo'lmasdan oldin ham o'simliklar, zamburug'lar va hayvonlar yashagan. Ularning ba'zilari o'zgarib organik olamning hozirgi vakillarini hosil etgan bo'lsalar, aksariyat ko'pchili-gi yashash uchun kurash, tabiiy tanlanishda qirilib ketgan va qazilma holda Yerning turli qatlamlarida saqlanrnoqda. Biroq ularning hammasi emas. Yumshoq tanaga ega bo'lgan ko'pchi-lik umurtqasizlar, o'simliklar, zamburug'lar o'lgandan keyin mikroorganzimlar tomonidan parchalanib yuborilgan va o'zlari-dan keyin nom-nishon qoldirmagan. Boshqalari esa okean, dengiz, baland tog' ostidagi qatlamlarda qolib ketgan. Organizmlarning qattiq qismlari ancha sekin parchalanib, ular ichiga kirgan mineral moddalar kremnezem bilan o'rin almash-gan. Bunday hollarda toshga aylanish hodisasi ro'y bergan. Yer qatlamlarida qadim zamonlarda o'lib ketgan hayvon, o'simlik ildizlari, skelet, suyaklar, jag'lar, tishlar, shoxlar, tangachalar, chig'anoqlar, o'simlik poyalari birmuncha to'liq holda hozirgi vaqtgacha saqlanib qolgan. Cho'kindi jinslarni tekshirish uchun yupqa, shaffof shliflarni mikroskop ostida kuzatib bakteriyalar va boshqa mayda organizmlar qoldig'ini ko'rish mumkin.
Paleontolog olimlar hayvonlarning qazilma holdagi qoldiqlari-ga qarab organizmlar hayot davrida qanday bo'lsa, xuddi shunday tashqi qiyofasini va tuzilishini tiklamoqdalar. Tiklashda mashhur fransuz biologi Jorj Kyuvening korrelyatsiya qonuniga muvofiq kashf etgan rekonstruksiya (lotincha rekonstruktio — qayta tiklash) metodidan foydalaniladi.
Rekonstruksiya metodi kalla, qo'l, oyoq va tanadagi boshqa suyaklar, muskullarni o'zaro taqqoslab nisbatini aniqlashga asoslanadi. Rekonstruksiya metodi yordamida qadimgi davrlarda yashagan bir qancha umurtqali hayvonlar, odam ajdodlarining tashqi qiyofasini tiklashga muvaffaq bo'lindi.
Yer yuzida tarqalgan hayvonot va o'simliklar olami murakkabligi jihatidan bir xil emas. Ba'zi qit'alarda tuzilishi va funksiyasi bo'yicha nisbatan oddiy, boshqalarida esa o'ta murakkab hayvonlar va o'simliklar tarqalgan. Hayvon va o'simliklarning quruqlikda tarqalishiga qarab olimlar sayyoramizni 6 ta biogeografik viloyatlarga ajratadilar. Bunda ular sutemizuvchilar, qushlar, ochiq urug'li, yopiq urug'li o'simliklar, qisman sudralib yuruvchilar, suvda va quruqlikdagi yashovchilar hamda quruq-likdagi sporali o'simliklarning tarqalishini asos qilib oladilar. Quyida olimlar tomonidan e'tirof etilgan Avstraliya, Neotropik, Hindomalay, Habashiston, Neoarktik, Polearktik biogeografik viloyatlarning hayvonot va o'simliklari bilan tanishamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |