Miloddan avvalgi 330 – 327 yillarda makedoniyalik Iskandar Ahmoniylar saltanatini tor – mor qilib, hozirgi O‘zbekiston zaminida joylashgan Baqtriya va Sug‘diyonaga bostirib kiradi. Makedoniyalik Iskandar surati tushirilgan tangalardan vazni 4,1 g. bo‘lgan kumush draxma, vazni 8,2 g. bo‘lgan kumush didraxma (ikki draxma) hamda vazni 16,4 g. bo‘lgan kumush tetradraxma (to‘rt draxma)lar zarb qilinib, ular muomalada bo‘lgani ma’lum. Shuningdek, vazni 8,4 g. bo‘lgan oltin tanga (starer) va vazni 40 grammdan ortiq bo‘lgan kumush dekadraxma ham zarb qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: |