AQShda monetalar 1793 yilda zarb etilgan, shu davrga qadar va undan keyin uzoq muddat davomida mamlakatda xorijiy mamlakatlarning tangalari to‘lov vositasi sifatida amal qilgan. Mamlakatda ayrim xorijiy tangalar 1857 yilgacha to‘lov vositasi sifatida muomalada ishtirok etdi. PUL SHAKLLARI VA TURLARINING EVOLYUSIYASI. O‘zbekiston hududida dastlabki metall tangalar miloddan ilgarigi VI asrda Ahmoniy shoh Doro I tomonidan zarb etilgan. Ushbu metall tangalarning og‘irligi 8,4 grammni tashkil etgan bo‘lib, “darik” deb nomlangan tilla tangalar ekanligi taxmin qilinadi. O‘sha vaqtlarda, ya’ni miloddan ilgarigi VI – IV asrlarda hozirgi O‘zbekistonning asosiy qismi, ya’ni Xorazm, Sug‘diyona va Sak qabilalari yashagan hududlar Ahmoniylar davlati tarkibida bo‘lganini hisobga olsak, ushbu “darik”lar O‘zbekiston zaminida amal qilgan bizga ma’lum birinchi tangalar bo‘lgan desak xato qilmaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |