1922 yilda BSXR tomonidan denominatsiya amalga oshirilib, pullarning nominali yuzlab marta kamaytirilgan va 1, 5, 10, 25, 100 rubllik yangi pullar muomalaga chiqarilgan. Ammo ko‘p o‘tmasdan, kuchli inflyasiya natijasida past nominaldagi pul birliklari bozor ehtiyojlarini qondira olmay qoladi va 1000, 2500 va 5000 rubllik pullar bosib chiqarila boshlagan PULNING FUNKSIYALARI.. Ayirboshlash funksiyasi. Misol tariqasida, iqtisod fanlari professori Elen faqat bitta ajoyib ishni, ya’ni iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruza o‘qiy oladi. Agar Elen ovqatlanishni hoxlasa, barter iqtisodiyotda nafaqat unga mos keladigan maxsulotlar ishlab chiqaradigan balki uning iqtisodiyot bo‘yicha ma’ruzalariga qiziqadigan ferma topishiga to‘g‘ri keladi. Ko‘rinib turibdiki, Elen faqatgina uning leksiyalariga muhtoj bo‘lgan odamlarga ma’ruza o‘qiy olishi ko‘p vaqt va kuch talab qiladi. Bunday holat ochlikdan o‘lishiga olib kelishi mumkinligi bois u ma’ruza o‘qishni to‘xtatib, fermerlik bilan shug‘ullanishiga to‘g‘ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |