15
«Yalang`och kishi») fikrimizga dalil bwla oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini wrgangan
Levi-Stross maishiy turmush va madaniyatning turli tomonlarini wziga xos qonuniyatga ega
bwlgan yopiq sistema shaklida ta`riflaydi.
Etnologiya fani qator Evropa mamlakatlarida yangi ilg`or g`oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga
aylandi va tez sur`atlar bilan rivojlana boshladi. U g`oyaviy jihatdan ob`ektiv metodga asoslangan
holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bwlishi, an`anaviy moddiy va
ma`naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni keng
miqyosda tadqiq qilishga kirishgan.
Germaniyada Etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sharoitda, ilmiy
kadrlarning bir qismi tatsizm tuzumi davrida halok bwlganligi, bir qismi chet ellarga qoshganligi
tufayli fashistlik mavkura qoldiqlariga qarshi kurash olib borabarida rivojlandi. Barcha Evropa
mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va
muzeylar doirasida markazlashtirilgan.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga kwtargan va jahon Etnologiya
fanida wziga xos obrwga ega bwlgan maktabning paydo bwlishi va shakllanishi ajoyib etnograf va
sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm
sahnasiga kwpatrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng
tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash ywlida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P.Tolstov
Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik
xususiyatlarini wrganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bwlgan qatlamlarini» ochib beradi, deb
ta`kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bwlgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va
ma`naviy madaniyatini wrganishdagi katta xizmatlari uchun Wzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni
wrganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli
etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida
S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I.Kushner, I.I.Potexin, L.P.Potapov,
G.F.Debes,
M.O.Kosmen,
S.A.Tokarev,
M.G.Levin,
N.N.Cheboksarov,
V.O.Dolgix,
D.A.Olderogge, N.A.Kislyakov, T.A.Jdanko bwldilar. Swnggi yillarda yetishib chiqqan va
Etnologiya
fanining
rivojiga
salmoqli
hissa
qwshgan
tadqiqotchilar
Yu.V.Bromley,
Yu.P.Averkieva, S.I.Bruk, V.P.Alekseev, V.I.Kozlok, F.F.Its, G.E.Markov, V.A.Andrianov,
V.K.chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Kuzeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryukov, R.N.Ismagilova,
Yu.V.Anutyanyan, Yu.I.Semenov, N.A.Butinov, S.Kamolov, K.Shoniyzovlar wzlarining ajoyib
asarlari bilan tanildilar. Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda kwplab iste`dodli
olimlar milliy Etnologiya fanini wz asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni har
qilishda wzlarining muayyan hissalarini qwshib ketmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: