68
bir darajada turganlar. Ularning xwjaligida eng bosh soha topik tipdagi qashshoq bwlganligi tufayli
ovchilik deyarli rivojlanmagan.
Melaneziyaliklarning
asosiy qurollaridan toshbolta, nayza, choqmor, wq-yoy (Yangi Gebrid
orollarida eng muhim qurol), palaxmon kabilar keng tarqalgan. Mudofaa uchun ba`zan yog`och
yoki twqima qalqon ham ishlatilgan. Idish-tovoqlarni yag`och va bambukdan, kokos yong`og`idan
yoki qovoqdan yasaganlar. Charxsiz kulolchilik, savat, bwyra, xalta, yelpig`ich, kabi buyumlarni
twqish keng rivojlangan. Ammo gazlama twqishni bilmaganlar, tapa (maxsus daraxt qobig`i)dan va
wsimlik yaprog`idan etakli belbog` va hokazo tikilgan.
Melaneziyada patriarxal quldorlik paydo bwlgan. Qullar harbiy asirlar hisobiga twldirilgan.
Patriarxal tipdagi juft nikoh uncha mustahkam bwlmagan. Butun
jamoa ishlarini belgilab va
boshqarib turuvchi qavmi qarindoshlik munosabatlari ancha wzgargan, katta qalin twlash,
kwpxotinlik paydo bwlgan. Gvineyaga borgan Ya.Volnevich swnggi wn yillikda kelin bahosi wn
hissa oshganligi tufayli boy tabaqadagilar bir necha xotin olishga qodir bwlib, kambag`al yigitlarga
uylanish qiyinlashganligini qayd qiladi. Oqibatda poligam nikoh kuchaygan.
Eri wlganda
xotini ancha vaqt motam tutgan, keyin erining jasadini qabrdan kovlab olib
ariqda yuvgan, kalla suyagini maxsus twr xaltaga solib wzi bilan olib yurgan. Kukuku qabilasida
kishi wlgandan keyin jasadni uyda maxsus ustanga yotqizib bir oycha dudlatib quritganlar, swng
chiptaga wrab qabristonga eltib qwyganlar. Motam belgisi sifatida erining kalla suyagi yoki ba`zan
bir skelet suyagini taqib yurish umrining oxirigacha swzilishgan hollari kuzatilgan.
Faqat
qaynog`asi yoki qaynisining ruxsati bilan beva ayol motamni tugatib, yangi turmush qurishi
mumkin bwlgan. Ilgari ayrim qabilalarda bolasi wlgan ayol bir barmog`ini motam belgisi sifatida
kesib tashlagan va bwyniga osib yurgan.
Papuas va melaneziyaliklarning diniy e`tiqodida mana tushunchasi muhim rol wynagan.
Mana
tabiatning turli hodisalari, arvohlar, boy kishilar bilan bog`liq qandaydir qiyofasiz kuch
hisoblangan. Eng kuchli mana, odatda,
qabila boshliqlari, erkaklar ittifoqi rahbarlari va ularning
arvohlariga xos bwlib, ularga sig`inish keng tarqalgan. Yangi Gebrid orollarida tabiat ruhlariga itoat
kuchli bwlgan. Ajdodlarning arvohlariga sig`inish e`tiqodi wliklarning kalla suyagini maxsus
muqaddas joylarda saqlash odatini yaratgan. Ibtidoiy jamoa tuzumidan sinfiylikka wtish davriga
xos
turli animistik tasavvurlar, sehrgarlik e`tiqodi (ayniqsa, boshliqlar manasi kuchi), dahshatli
prvohlar obrazi va u bilan bog`liq marosimlar melaneziyaliklarning ma`naviy madaniyatiga ta`sir
etgan.
Mikroneziya xalqlarning tillari kam wrganilgan, ammo swnggi klassifikatsiya ma`lumotlari
malayya-polineziya
turkumi
avstroneziya
til
oilasiga
oid
ekanligini
tasdiqladi.
Mikroneziyaliklarning kwp qismi mazkur til oilasining sharqiy yoki okeaniya shoxobchasiga kiradi.
Shulardan eng kattalari Gilbert arxipelagidagi tungaru (64 ming kishi)dir. Sof okeaniya tilida
swzlashadigan Sharqiy Mikroneziyada 10 ta xalq yashaydi. G`arbiy shoxobchasiga oid belau xalqi
(15 ming kishi) G`arbiy mikroneziyada yashaydi. Bulardan tashqari
kwp sonli metislar va
immigrantlar ham mavjud.
Mikroneziyaliklarning xwjaligida serunum erlar kam bwlganligi tufayli faqat kokos palmasi,
shakarqamish, non daraxti wstiriladi. Aholisi asosan, baliqchilik bilan kun kwradi. Mayda orollarda
qisman wziga xos madaniyatga ega bwlgan dengiz kwchmanchilari deb nom olgan qabilalar ham
yashaydi. Baliq ovi ashyolarini tayyorlash ancha rivojlangan: 30-40 metr keladigan yog`och
tolalardan twqilgan twrlar, bambukdan pwpak va hinjilardan qarmoqlar, xivichdan yasalgan har xil
twrlar, sanchqi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: