Etnologiya fanining predmeti va maqsad vazifalari


I.4. Etnologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalari



Download 44,62 Kb.
bet4/8
Sana14.04.2023
Hajmi44,62 Kb.
#928073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Etnologiya fanining predmeti va maqsad vazifalari

I.4. Etnologiyaning boshqa fanlar bilan aloqalari


Etnologiyaning asosiy ob’ekti hisoblangan etnos o’z rivojlanish asnosida iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va madaniy sohalarda faoliyat olib boradi. Etnos faoliyatining yo’nalishlarini mazkur madaniyat va jamiyatni o’rganuvchi boshqa fanlar ham o’rganadi. Etnologiya yuqorida ta’kidlanganidek doimiy ravishda turli-tuman yondosh fanlar bilan o’zaro aloqada taraqqiy etib rivojlanib boradi. Antropologiya, madaniyatshunoslik, arxeologiya, sotsiologiya, politologiya, geografiya va etnografiya kabi fanlar o’z tadqiqot mavzularini yaqinligi jihatidan etnologiyaga yaqin turuvchi yondosh fanlar hisoblanadi.
Etnologiyaning mazkur fanlar bilan doimiy aloqasi turlicha bo’lib, ularning har biri bilan ma’lum muammolar va savollar doirasidagina o’zaro munosabatga kirishadi.
Etnologiyaga nisbatan yaqin fan antropologiyadir. Har ikki fan ham irqlarning kelib chiqishi va ularning yer shari bo’yicha tarqalishi, tarixiy-madaniy rivojlanish jarayonida insonlarning jismoniy qiyo­fa­sining o’zgarishi, etnoslarning antropologik tuzilishi kabi savollarga javob izlay­di. Hozirgi kunda ijtimoiy, madaniy, psixologik, strukturaviy, simvolik antropologiya kabi mustaqil ilmiy yo’nalishlarning mavjudligi bois bular ora­si­dagi munosabatda ma’lum noaniqliklar mavjud.
Zamonaviy fanda «etnologiya» va «antropologiya» terminlari orasida amalda deyarli qat’iy o’rnatilgan chegara mavjud emas. Ba’zi tadqiqotchilar "etnologiya" va "antropologiya" terminlarini o’zaro si­nonim deb izohlaydilar. Bizningcha, bunda ular antropologiyada etnogenez va demog­ra­fik jarayon hech qachon tadqiqot ob’ekti bo’lmaganligini biroz nazardan chetda qoldiradilar.
Antropologiya insoniyatning biologik va jismoniy tabiati haqidagi fan bo’lgan va hozirda ham shunday bo’lib qolmoqda.
Etnologiya esa o’zining tad­qi­qot ob’ektiga ko’ra antropologiyaga qaraganda kengroqdir. SHu tufayli ham mazkur fanlarni bir xil predmet deb bo’lmaydi. Inchunun, bu o’rinda ushbu ikki tushunchaning o’zaro aloqadorligi to’g’risida qisqacha tarixiy ma’lumotni keltirib o’tishi joizdir. XIX asrning birinchi yarmida etnologiya o’zining tadqiqot mavzusi doirasiga jismoniy antropologiya ham kirgan. Jumladan, bu «Parij etnologlar jamiyati»ning nizomida ham aks etgan bo’lib, bunda etnologiyaning tadqiqot mavzulari doirasiga «insoniyat irqining o’ziga xos tomonlari, jismoniy o’ziga xos tuzilishi, aqliy qobiliyati va ruhiyati, hamda tarixi, an’analari va tilini o’rganish» kirishi ta’kidlangan edi. XIX asr o’rtalaridan boshlab esa, etnologiya va antropologiya fanlarini o’zaro mustaqil ikki fan deb hisoblovchi qarashlar paydo bo’lgan. Bunday qarash mualliflari etnologiyani xalqlar to’g’risidagi fan antropologiyani esa inson to’g’risidagi fan deb talqin qilganlar. Bu kabi qarashlar natijasida Germaniyada “Antropologiya, etnologiya yozma tarixgacha bo’lgan tarix jamiyati” (1869), Italiyada — “Italiya antropologiya va etnologiya jamiyati” (1871) kabi jamiyatlar tuzilgan. Bu bilan birga XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab ushbu qarashlarga qarama-qarshi bo’lgan qarashlar, ya’ni etnologiya antropologiyaning tarkibiy bir qismi deb hisoblovchi mulohozalar ham paydo bo’lgan. (Angliyada 1843 yil tuzilgan “Etnologiya jamiyati” va 1863 yilda tashkil qilingan “Antropologiya jamiyati” o’zaro qo’shilib 1871 yilda “Buyuk Britaniya va Irlandiya antropologiya Qirollik instituti»ga aylantirilgan2.
Etnos tabiiy rivojlanish oqibatidagina emas, balki bu bilan bir vaqtda ijtimoiy madaniy jarayonlar natijasida ham shakllanadi. SHu bois, etnologiyada etnik jarayonlarni o’rganish chog’ida ijtimoiy va madaniy jarayonlar ham tadqiq qilinadi. Ijtimoiy va madaniy jarayonlarni tadqiq qilishda esa sotsiologiyaning o’rni beqiyosdir.

Download 44,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish