Etnologiya fanining predmeti va maqsad vazifalari


Etnologiyaning zamonaviy muammolari



Download 44,62 Kb.
bet2/8
Sana14.04.2023
Hajmi44,62 Kb.
#928073
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Etnologiya fanining predmeti va maqsad vazifalari

Etnologiyaning zamonaviy muammolari. O’tgan XX asrning oxirgi choragida etnologiyada yangicha yo’nalishlarning paydo bo’lishi mazkur fan doirasida bajarilayotgan tadqiqotlarni ham tubdan ham mazmunan ham mohiyatan o’zgarishiga sabab bo’ldi. Aynan shu davrdan boshlab tadqiqotchilar tomonidan an’anaviy ko’rinishni olgan uzoq yurtlardagi o’ziga xos egzogamik madaniyatlar emas, balki, zamonaviy jamiyatlarni o’rganishga ko’proq e’tibor qaratila boshlandi. Natijada qator yangi nazariyalar va maktablar paydo bo’ldi va tadqiqotchilar tomonidan etnologiyaning o’ziga xos yangi yo’nalishlari bo’yicha tadqiqotlar bajarila boshlandi. Jumladan, Farbiy Yevropa etnologiyasida ijtimoiy etnologiya, huquqiy etnologiya, siyosiy etnologiya, diniy etnologiya, xo’jalik (iqtisodiy) etnologiyasi shakllandi va istiqbolli rivojlanib bormoqda. Umuman olganda etnologiya sohasida shu kunlarda tadqiqot olib boruvchi yoki ushbu fanga qiziquvchi kishilar:
— insoniyat o’zini o’rab turgan tevarak atrofni qanday tarzda tasavvur etadi?
— odamlar tasavvurida moddiy olamdagi predmetlar qanday ma’no kasb etadi?
— ushbu qarashlarning o’zgarish jarayoni qanday kechadi?
— madaniyatlararo munosabatlar an’anaviy va zamonaviy madaniyatlarga qanday ta’sir o’tkazadi?
— dunyoning etnik manzarasi o’zida nimani aks ettiradi va bu manzaraning o’zgarishi qanday mexanizmlar asosida o’zgaradi?
— u yoki bu madaniyat vakillari dunyodagi sodir bo’ladigan o’zgarishlarga qay tarzda moslashadi va o’z navbatida u yashayotgan jamiyatning moslashishi qanday printsiplarga asoslanadi?
— zamonaviy industrial jamiyatda milliy-etnik madaniyatlarning roli va o’rni qanday?
— xar qanday holatda etnos vakillari tafakkurida nima o’zgarmaydi, yoki nima butkul unutilishi, yoinki o’zgarishi mumkin va o’z navbatida bu jarayon qanday kechadi?
— madaniyatlarning o’zining ichidagi o’zaro bog’liqlik va o’zaro aloqalar qay tarzda yuz beradi,
— etnik madaniyatda barcha tizimni mustahkam ushlab turuvchi va jamiyat hayotida sodir bo’ladigan qizg’in o’zgarishlar jarayonida himoya qiluvchi mustahkam o’zgarmas qism mavjud-mi? – degan savollarga javob izlaydilar.
SHubhasiz mazkur muammolarning aksariyati oxirgi o’n yilliklardagina etnologlarning tadqiqot muammosiga aylandi, – deb aytish mumkin. Bu borada ayniqsa Farb mamlakatlarida so’nggi o’n yilliklarda etnologiya fani «postmodernizm» falsafasiga asoslangan bo’lib, bunda bevosita ijtimoiy guruhlar orasidagi etnoslararo jarayonlarni tadqiq qilish asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. SHuningdek, lokal va global jarayonlarni tadqiq qilishda tadqiqotchilar tomonidan tadqiqiy tanlanish, ya’ni jamiyat hayotidagi barcha jarayonlarni emas, balki etnos va madaniyatning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda eng muhim deb hisoblangan qarashlargina tadqiq qilinmoqda. Boshqacha aytadigan bo’lsak, bajarilayotgan so’nggi tadqiqotlarda asosiy e’tibor insoniyatning rivojlanish bosqichlari, ya’ni uning yerda paydo bo’lgandan to hozirgi davrgacha bo’lgan tarixiy yo’linining global miqyosdagi tavsifiga emas, balki muammoviy tanlanish asosidagi tadqiqotlarga qaratilmoqda. Zero, bugungi kun rivojlangan mamlakatlarda etnologiya yo’nalishida bajarilayotgan ilmiy tadqiqotlarning aksariyati jamiyat hayotida aynan muhim va dolzarb deb e’tirof etilgan ijtimoiy muammolar doirasida amalga oshirilmoqda.
Dunyo miqyosida olib borilayotgan etnologik tadqiqotlar orasida Rossiya etnologiya maktabi o’ziga xosligi bilan ajralib turadi. Rossiyada XX asrning 90-yillaridan boshlab etnos nazariyasi rad etilib, etniklik va madaniy antropologiya yo’nalishidagi tadqiqotlar bajarilmoqda. Rossiyaning markaziy shaharlarida, xususan, Sankt-Peterburg universitetida madaniy antropologiya va etnik sotsiologiya kafedrasi tashkil etilib, Yevropa va AQSH olim­lari­ning asarlari tarjima qilina boshlandi. Antropologiya va etnologiyaga oid qator o’quv qo’llanmalari, ilmiy asarlar chop etiladi va hatto ushbu fan sohasida Rossiyadagi eng yirik ilmiy markazlardan biri Mikluxa Maklay nomidagi Etnografiya instituti ham Etnologiya va antropologiya instituti deb o’zgartirildi hamda olib boriladigan tadqiqot mavzulari ham mazkur yo’nalishlarga moslashtirildi. Yurtimizda esa mustaqillikdan keyin Respublikamizning turli tarixiy-etnografik mintaqalari, jumladan, Farg’ona vodiysi, Janubiy O’zbekiston, Buxoro va Xorazm kabi tarixiy-etnografik mintaqalari etnologiyasi va bu mintaqalarda yashovchi aholining o’ziga xos etnomadaniyatidagi lokal xususiyatlar, moddiy va ma’naviy madaniyatdagi transfarmatsion jarayonlar, etnoslararo jarayonlar, mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi turli diasporalar va irridentalar etnologiyasi, an’anaviy va zamonaviy etnomadaniy jarayonlar, zamonaviy shahar muhitida an’anaviy milliy qadriyatlarning saqlanib qolish omillari, zamonaviy etnik jarayonlar kabi ko’plab mavzularda tadqiqotlar bajarilmoqda. Bir so’z bilan aytganda etnologiyaning tadqiqot mavzusi doimiy ravishda kengayib bormoqda va bu esa ma’lum ma’noda fanga mukammal ta’rif berish imkonini cheklamoqda. To’g’ri bugungi kungacha turli uslubiy qarashlar va g’oyalar asosida etnologiyaga berilgan o’nlab ta’riflar mavjud bo’lib, ular etnologiyaning ayrim muhim tomonlarini qamrab olgan. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, etnologiya - turli etnik guruhlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini, ulardagi etnik o’zlikni anglash, madaniy boshqaruv shakllarini hamda jamoaviy munosabatlar qonuniyatlarini, shaxslararo aloqalarini hamda ijtimoiy muhitni o’rganuvchi fandir.
SHubhasiz, mazkur ta’rifni etnologiyaga berilgan eng maqbul va mazkur fanning barcha xususiyatlarini o’zida mujassamlashtirgan yakuniy mukammal ta’rif deb aytib bo’lmaydi. Kelgusi avlod tadqiqotchilari tomonidan etnologiyaning yanada mukammal va barcha mutaxasislar tomonidan e’tirof etiladigan ta’rifi yaratilsa ajab emas.
Hozirda zamonaviy etnologiyaning tadqiqot maydoni ancha keng bo’lib, uning turli yo’nalishlari u yoki bu ko’rinishda mazkur fanga yaqin bo’lgan yondosh fanlar bilan tutashadi. Ayniqsa etnologiya sotsiologiya, madaniyatshunoslik, psixologiya, antropololgiya, siyosatshunoslik, folklorshunoslik kabi fanlar bilan uzviy bog’liq holda taraqqiy etib boradi.

Download 44,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish