Etnologiyaning asosiy maktablari va ywnalishlari: Har bir fan wziga xos uslub,
kontseptsiya, maktab va ywnalishlarga asoslanib rivojlanadi. Etnologiya fan sifatida shakllana
boshlagan davrdan buyon muayyan nazariy va amaliy ahamiyatga ega bwlgan, zamon talabiga
16
javob bera oladigan har xil maktab va ywnalishlar yuzaga kela boshlagan. XIX asr wrtalarida
nihoyatda keng miqyosida wtkazilgan etnologik tadqiqotlar natijasida twplangan boy ma`lumotlarni
jiddiy sistemalastirishga kirishish, jahon fanida paydo bwlgan evolyutsionizm, diffuzionizm,
strukturalizm, madaniy relyativizm kabi mashhur ilmiy ywnalishlar barcha gumanitar fanlarga
kuchli ta`sir wtkazgan.
Etnologiya faniga birinchi bwlib evolyutsionizm nazariyasi umummetodologik ilmiy
kwrsatma sifatida kirib keladi. Aslida tabiiy fanlardan wtgan evolyutsionistik tasavvurlar eng keng
tarqalgan nazariy hisoblanadi, shuningdek, XIX asr Etnologiya fanida insoniyat madaniyati
rivojidagi umumiy qonun-qoidalarning mavjudligini asoslab, turli elatlarning wziga xosligini
aniqlashga imkon yaratganligi alohida tag`kidlanadi. Mazkur maktab namoyondalari Angliyada
Gerbert Spensen, Eduard Teylor, Jeyms Frezer, Germaniyada Adolf Bastion, Teodor Bays,
Frantsiyada Charl Leturno, AQShda Luys Genri Morgan wz qarashlari, ilmiy izlanishlari bilan
Etnologiya faniga salmoqli hissa qwshdilar, yangi qoydalarini fan doirasida tatbiq qila oldilar.
Shulardan eng mashhuri Eduard Teylor (1832-1917) wzining «Insoniyatning qadimgi tarixi
twg`risidagi tadqiqot» (1865) va «Ibtidoiy madaniyat» (1871) nomli asarlarida evolyutsion
kontseptsiyasini ilgari surgan. Uning eng muhim g`oyasi – odam tabiatning bir qismi va u tabiatga
xos umumiy qonuniyatlar bilan birga rivojlanadi.
Evolyutsionizm nazariyasining eng yirik namoyondalaridan ingliz faylasufi, biologi, psixologi
va sotsiologi Gerbert Spenser (1820-1908), jamiyat va odomzod ichki va tashqi omillar ta`sirida
rivojlanadi, degan g`oyani ilgari surdi. Tashqi omilga geografik muhit, qwshni jamiyat va xalqlar,
ichki omilga – odamning irqiy tuzilishi, tabiati va ruhiyatining wziga xosligi kiradi. Sepser
insoniyat tadrijini koinotning universal qonuniyati bilan bog`lab insonning kamolot topishi uning
tug`ma qobiliyati bilan bog`laydi. Va lekin tug`ma tabiat abadiy emas, u takomillashish
xususiyatiga ega. Sperser evolyutsiya g`oyasini bir yuqlama talqin qilib, ibtidoiy odamlar gwyo
jismoniy, axloqiy, aqliy jihatdan qoloq, deb ta`rif beradi.
Germaniyada Etnologiya fani va evolyutsionizm ta`lichopqi asos solgan Adolf Bastian
(1826-1925) yirik ta`limotchi va Etnologiya fani tashkilotchisi bwlib tanilgan. U jahonning turli
muntaqasida twqqiz marta wtkazilgan ekspeditsiyalari matijasida juda kwp etnografik materiallar
twplab, muayyan yagona nazariyani yaratishga muyassar bwlgan. Bastianning eng asosiy bosh
g`oyasi shundan iborat ediki, barcha elatlar umumiy dunyokarashga ega bwlib, oddiylikdan
murakkablikka wtish evolyutsiyasidan iborat.
Etnologiya faniga evolyutsionizmi tatbiq etgan Lyus Genri Morgan (1818-1881) alohida
mavqega ega. Bu mashhur Amerika etnologi wz zamonasida barcha olimlarga nisbatan yangi
nazariyadan kwproq va samarali foydalangan. Morgan 40 yillik umrini Amerika tub aholisi –
iroxezlar va boshqa qabilalarni wrganishga bag`ishlangan asarlarida mazmunli va kwp qirrali
g`oyalarni kwtarib chiqdi.
Neoevolyutsionizm g`oyalari esa Michigan universitetining professori, atoqli etnolog Lesli
Uayt («Madaniyat evolyutsiyasi», «Madaniyat twg`risidagi fan» asarlari va hokazo), uning shogirdi
va izdoshi Marshal Salins, mashhur etnolog va arxeolog Julian Styuard asarlarida yorqin ifodasini
topgan. Masalan, Lesli Uayt ilmiy dunyoqarashidagi wrta tushuncha – madaniyat aslida simvol
(belgi)lardan tashkil topgan, degan tushunchalar.
Hozirgi davrdagi Evropa Etnologiyasida eng asosiy wrinni keng tarqalgan strukturalizm
oqimi egalaydi. Juda kwp original etnologik asarlari bilan tanilgan iste`dodli frantsuz olimi Klod
Levi-Stross shu oqimning asoschilaridan biri hisoblanadi. AQSh va G`arbiy Evropada uning
fikrlarini fan nazariyasi, deb tasdiqlashga intiladilar. Levi-Stross jamiyat twg`risidagi Dyurkgeym
ta`limoti va formal lingvistika uslubini yaratgan Ferdinand de Sossuari g`oyalari ta`sirida
tilshunoslikdagi struktura uslub orqali ayrim madaniyatlarning tuzilishi (strukturasi)ni sifvollar
tizimi shaklida qaytadan tiklash mumkin, degan fikrni ilgari suradi. Levi-Stross asarlarining
nomlari («Xom va pishirilgan», «Asaldan kulga», «Qadah kwtarish odatlarining kelib chiqishi»,
17
«Yalang`och kishi») fikrimizga dalil bwla oladi. Asosan, Janubiy Amerika hindilarini wrgangan
Levi-Stross maishiy turmush va madaniyatning turli tomonlarini wziga xos qonuniyatga ega
bwlgan yopiq sistema shaklida ta`riflaydi.
Etnologiya fani qator Evropa mamlakatlarida yangi ilg`or g`oyalar tufayli jiddiy ilm sohasiga
aylandi va tez sur`atlar bilan rivojlana boshladi. U g`oyaviy jihatdan ob`ektiv metodga asoslangan
holda etnogenez va etnik tarix, ibtidoiy jamiyat va sinflarning paydo bwlishi, an`anaviy moddiy va
ma`naviy madaniyat, hozirgi etnik jarayon va ijtimoiy tuzum kabi yirik muammolarni keng
miqyosda tadqiq qilishga kirishgan.
Germaniyada Etnologiya fani urushdan keyin bir qadar boshqacha sharoitda, ilmiy
kadrlarning bir qismi tatsizm tuzumi davrida halok bwlganligi, bir qismi chet ellarga qoshganligi
tufayli fashistlik mavkura qoldiqlariga qarshi kurash olib borabarida rivojlandi. Barcha Evropa
mamlakatlarida etnologik tadqiqotlar maxsus ilmiy tashkilotlar, universitetlar, kafedralar va
muzeylar doirasida markazlashtirilgan.
Nazariy va amaliy masalalarni yangi muayyan pog`onaga kwtargan va jahon Etnologiya
fanida wziga xos obrwga ega bwlgan maktabning paydo bwlishi va shakllanishi ajoyib etnograf va
sharqshunos, atoqli olim S.P.Tolstov nomi bilan bevosita bog`liqdir. U Etnologiya fanini jahon ilm
sahnasiga kwpatrib, uning ham nazariy, ham amaliy jihatdan yagona, izchil, barcha xalqlarni teng
tadqiq qiluvchi tarixiy fan ekanligini tasdiqlash ywlida hormay-tolmay xizmat qildi. S.P.Tolstov
Etnologiya fanining maqsadi va vazifalarini belgilab, bu fan xalqlar madaniyatining milliy va etnik
xususiyatlarini wrganadi, «turli tarixiy davrlarda paydo bwlgan qatlamlarini» ochib beradi, deb
ta`kidlagan edi. Nihoyatda keng va teran bilim egasi bwlgan S.P.Tolstov sharq xalqlari moddiy va
ma`naviy madaniyatini wrganishdagi katta xizmatlari uchun Wzbekiston Respublikasi Fanlar
akademiyasining faxriy a`zosi qilib saylandi. Bu mashhur tadqiqotchi hozirgi etnik jarayonni
wrganishga alohida e`tibor berar edi. Mazkur olijanob vazifani bajarishda bir qator iste`dodli
etnolog olimlar ham hormay-tolmay mehnat qilib, ancha yutuqlarga erishdilar. Bular ichida
S.P.Tolstov bilan birga ishlagan atoqli tadqiqotchilar: P.I.Kushner, I.I.Potexin, L.P.Potapov,
G.F.Debes,
M.O.Kosmen,
S.A.Tokarev,
M.G.Levin,
N.N.Cheboksarov,
V.O.Dolgix,
D.A.Olderogge, N.A.Kislyakov, T.A.Jdanko bwldilar. Swnggi yillarda yetishib chiqqan va
Etnologiya
fanining
rivojiga
salmoqli
hissa
qwshgan
tadqiqotchilar
Yu.V.Bromley,
Yu.P.Averkieva, S.I.Bruk, V.P.Alekseev, V.I.Kozlok, F.F.Its, G.E.Markov, V.A.Andrianov,
V.K.chistov, S.I.Vaynshteyn, R.K.Kuzeyev, V.V.Ginzburg, M.V.Kryukov, R.N.Ismagilova,
Yu.V.Anutyanyan, Yu.I.Semenov, N.A.Butinov, S.Kamolov, K.Shoniyzovlar wzlarining ajoyib
asarlari bilan tanildilar. Xullas, alohida qayd qilish lozimki, keyingi davrda kwplab iste`dodli
olimlar milliy Etnologiya fanini wz asarlari bilan boyitib zamonaviy dolzarb muammolarni har
qilishda wzlarining muayyan hissalarini qwshib ketmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |