Маъруза матнлари
Birinchi ma’ruza
ETNOLINGVISTIKA KURSIGA KIRISH
1.1. Etnolingvistika va uning o’rganilish darajasi.
O‘zbek tilshunosligida yaratilgan bir qator tadqiqotlarda til millat mentalitetining in’ikosi ekanligi haqidagi ilmiy qarashlar o‘zbek tili birliklarini tahlil etish orqali ko‘rsatib berildi. Ana shu ilmiy qarashlarni yanada boyitish va takomillashtirish ehtiyoji mazkur bitiruv malakaviy ish uchun tanlangan mavzusining dolzarb ekanini tasdiqlaydi. Zero, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Bugungi kunda oldimizda turgan eng muhim vazifalarni ko’z o’ngimizdan o’tkazar ekanmiz, aholining kundalik ehtiyojiga bevosita dolzarb masalalarni hal qilish bilan bir qatorda, biz eski tuzum davrida inson hayotining negizi va murakkab tomonlari, milliy qadriyatlar, tarixiy an’analar, umuminsoniy ma’naviy boyliklar bilan hisoblashmaslik jamiyatimizga qanchadan qancha zarar keltirganini unutmasligimiz kerak… Milliy madaniyatimiz, xalq ma’naviy boyligining ildizlariga e’tibor berish zarur. Bu xazina asrlar davomida misqollab to’plangan. Tarixning ne-ne sinovlaridan o’tgan. Insonlarga og’ir damlarda madad bo’lgan. Bizning vazifamiz – shu xazinini ko’z qorachig’idek asrash va yanada boyitish»1, - degan fikri ushbu bitiruv malakaviy ish uchun tanlangan mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
XXI asrda dunyo tilshunoslik paradigmasi ulkan yangiliklarga yuz burdi. Tilshunoslikning yangi-yangi yo‘nalishlari jadallik bilan rivojlandi. Shu jumladan, olamning lisoniy manzarasini yaratishda muayyan etnosning o‘rni, tilning shaxs mentaliteti, tafakkuri, ruhiyati bilan aloqador jihatlarini o‘zida mujassam etgan etnolingvistika ham keng masshtabda taraqqiy etdi. Bu sohada ko‘plab ilmiy tadqiqotlar yaratila boshlandi. Millatning ruhi bo‘lgan tilni tadqiq etish kuchaydi. Darhaqiqat, tilshunos N.Mahmudov ta’kidlaganidek: «Xalq tushunchasining toyilmas tirgagi, uning tafakkur va taxayyul olamining ustuvor ustuni ona tilidir, chunki shu til, avvalo, olomon shaklidagi odamlarni yaxlit qavm o‘laroq birlashtiradi, bu qavmning dunyoni bilish, anglash tarziga muntazam shamoyil beradi, shu tariqa uni tamaddun otlig‘ buyuk ne’matning oliy arshiga olib chiqadi. Biron-bir til va xalqni bir-biridan «ayro holda tasavvur etish nomumkin yumushdir. Tilsiz xalq va xalqsiz til tushunchalari mohiyatdan mutlaqo mahrumdir. Xalq tilning tillo beshigida balog‘atga etadi, til esa o‘z sohibi bo‘lmish xalqning qalbidan kuch oladi, uning ardog‘ida tarovat topadi. Til xalq birligining, xalq esa til barhayotligining poydor posbonidir.2
O‘zbek tilshunosligida XXI asrning boshlarida etnolingvistika antropotsentrik paradigma asosida tadqiq etila boshlandi. Etnolingvistika sohasida amalga oshirilgan ishlar kognitiv tilshunoslik nazariyasi, matnning sotsiolingvistik, pragmalingvistik xususiyatlari, uning diskursiv-kognitiv jihatlari, publitsistik matnning mazmuniy persepsiyasi, o‘zbek bolalar nutqining sotsiopsixolingvistik tadqiqi hamda antropotsentrik paradigmaning nazariy muammolari bilan birgalikda tadqiq etila boshlandi.3
Tilshunoslikda etnolinvistikaga oid qarashlar, ya’ni til va madaniyat, til va inson omili, til va tarix masalalari bilan dastlab Evropa va rus tilshunoslari V.fon Gumboldt, A.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir, Boduen de Kurtene, A.Potebnya, A.Shaxmatov, N.Xomskiy, U.Cheyf, B.Serebrennikov, L.Shcherba, Yu.Stepanov, I.Galperin, N.Karaulov, N.Jinkin, A.Leontev, J.Lakoff, T. van Deyk, A.Vejbitskaya, E.Kubryakova, E.Rosh, V.Belyanin, V.Demyankov, V.Maslova, T.Dridze, K.Sedov, o‘zbek tilshunoslari A.Nurmonov, N.Mahmudov, E.Begmatov, Sh.Safarov, S.Boymirzayeva, I.Azimovalar shug‘ullanishgan. Etnolingvistika ko‘lamining kengayishi, lingvokulturologiya, psixolingvistika, kognitiv tilshunoslik, pragmalingvistika sohalarining qamrab olishi inson omili masalasini yanada chuqurlashtirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |