Fanning maqsadi va vazifalari
“Etnolingvistika va milliy madaniyat” tanlanma kursini o‘qitishdan maqsad: etnolingvistika va madaniyatshunoslikning eng muhim tushunchalari, yutuqlari borasida talabalarda yetarli tasavvur hosil qilish, til – madaniyat – inson – etnos tilshunoslikda yangi bilimlar paradigmasi ekanligini tushuntirish va bu borada bilim berish.
“Etnolingvistika va milliy madaniyat” tanlanma kursini o‘qitishning vazifalari sifatida talabalarda etnolingvistika va milliy madaniyatga oid til birliklari, bu birliklarning milliy-madaniy axborot ifodalash usullari, pretsedent birliklar va uning etnolingvistika va milliy madaniyat tizimida tutgan o‘rni, uning madaniy imkoniyatlari, etnolingvistikaning tarixiy va nazariy asoslari va boshqalar haqida bilim berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |