Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati Reja: Kirish I bob. O`zbek xalqi etnografiyasining kelib chiqishi va rivojlanishi



Download 0,7 Mb.
bet1/6
Sana29.05.2022
Hajmi0,7 Mb.
#617422
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati


MUNDARIJA
KIRISH……………………………………………………………………………3
I BOB. O`ZBEK XALQI ETNOGRAFIYASINING KELIB CHIQISHI VA RIVOJLANISHI
1.1.O`zbek xalqi to`g`risidagi etnografiyaga oid dastlabki ma`lumotlar………….6
1.2.O`zbek etnografiyasi………………………………………………………….19
II BOB. ETNOGRAFIYADA FOLKLOR NAMUNALARINING ILMIY AHAMIYATI
2.1.«XIV-XVI asrlarda madaniyatning rivojlanishi» mavzusini o`tishda etnografiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish uslublari…………………………23
2.2.Folklor — millatning boqiy tarixi…………………………………………….27
XULOSA………………………………………………………………………….34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………………….36
ILOVALAR……………………………………………………………………….38

Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati
Reja:
Kirish
I bob. O`zbek xalqi etnografiyasining kelib chiqishi va rivojlanishi
1.1.O`zbek xalqi to`g`risidagi etnografiyaga oid dastlabki ma`lumotlar
1.2.O`zbek etnografiyasi
II bob. Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati
2.1.«XIV-XVI asrlarda madaniyatning rivojlanishi» mavzusini o`tishda etnografiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish uslublari
2.2.Folklor — millatning boqiy tarixi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Ilovalar


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Folklor barcha sanʼatning boshlanishi, sarchashmasi, shu sababli ham boshqa koʻpgina sanʼatlar bilan uygʻunlikka ega, shuning bilan birga hech biriga oʻxshamagan oʻziga xosligi bilan ajralib turuvchi alohida sanʼat turidir. Bu soha oʻz ichiga musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy, badiiy va boshqa sanʼatlar bilan bogʻliq tasavvurlarni qamrab oladi. Boshqacha aytsak, ogʻzaki ijod xalqning oʻtmishi, buguni va kelajagini oʻzida ifoda etuvchi, uning taqdiri bilan chambarchas bogʻliq ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini bilish uchun dastavval uning folkloriga nazar solish lozim boʻladi.
Xalq ijodi bu chinakam maʼnodagi doimiy oʻzgarish, doimiy harakatdagi sanʼatdir. Yaʼni, xalq ijodi namunalari har galgi ijroda anʼanalarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, oʻzgarib, mukammallashib boraveradi. Shuning uchun ham xalq ijodi namunalari koʻplab variantlilikka ega. Ana shu variantlilik xalq ogʻzaki ijodining oʻziga xosligini taʼminlab beruvchi eng muhim jihatlardan biridir.
Xalq ogʻzaki ijodi namunasi bor-yoʻgʻi ogʻzaki ijro etilgani uchungina emas, balki ogʻzaki oʻzlashtirilib, ogʻzaki ijro etilib, ogʻzaki tarzda meros qoldirilishi, boshqacha aytganda, har galgi ijro jarayonida qayta yaralishi bilan farqlanib turadi. Folklorshunos olimlar taʼkidlaganidek folklorda qoʻshiq yoʻq, balki qoʻshiqning ijro holati, ijro jarayoni mavjud. Bu fikrni xalq ijodining boshqa janrlariga ham tadbiq etish mumkin.
Gʻurur bilan aytishimiz mumkinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellasha oladigan doston, ertak, maqol-matal, qoʻshiq, afsona va rivoyatlarimiz bor. Bugungi kungacha yozib olingan dostonlar sonining oʻzi 400 tadan oshib ketadi. Boshqa janr namunalari variantlari esa koʻplab jildlarni tashkil etadi. Bu rostakamiga chinakam ulkan xazinadir. Bunday bebaho meros hamma xalqqa ham nasib etgan emas. Shunday ulkan ogʻzaki merosga ega xalqning yozma adabiyoti qanday boʻlishini tasavvur qilavering.
Har qanday sanʼatning boshi folklorda degan gap bugun paydo boʻlgan emas. U uzoq yillik hayotiy kuzatish, ilmiy tajribaning hosilasi. Haqiqatdan ham tasviriy, hunarmandchilik, musiqa, raqs, badiiy va hokazo sanʼatlarning avvali-boshi, yuzaga kelishi bevosita xalq ogʻzaki ijodiga, xalqning ilk tasavvur va ishonchlariga borib taqaladi.
Folklorning yozma adabiyotga taʼsiri masalalari Alisher Navoiy zamonida qanday dolzarb ahamiyatga ega boʻlsa, bugun ham xuddi shunday. Alisher Navoiyning barcha asarlarida biz folklorga ijodiy yondoshuvni, milliylikka suyanib, umumbashariy qadriyatlar ulugʻlanganini kuzatamiz. Bu anʼana Navoiy, Bobur zamonidan soʻng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgacha, Choʻlpondan to zamonamiz shoirlarining izlanishlarida ham u yoki bu darajada davom etayapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham shu hol kuzatilmoqda. Aytish mumkinki, soʻnggi yuz yillikda adabiyotda folklorga qayta yuzlanish davri boshlandi. Joys, Borxes, Markes, Kafka, Kavabata kabi adiblar ijodi buning misolidir. XXI asrda dunyo miflariga qaytadan murojaat, yangicha talqin qilish davri, neomifologizm davri boshlandi.
Folklor har bir ijodkorga oʻz yoʻli, uslubi, oʻzligini, oʻq tomir ildizini topishga yordam beradi.
Lotin Amerikalik ulugʻ adiblardan biri Xorxe Luis Borxes: “Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi”, – deydi. Buni boshqacharoq qilib aytadigan boʻlsak, har qanday sanʼat, jumladan, badiiy soʻz sanʼati ham folklor bilan boshlanib, folklor bilan birga taraqqiy etadi.

Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish