Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati Reja: Kirish I bob. O`zbek xalqi etnografiyasining kelib chiqishi va rivojlanishi


II BOB. ETNOGRAFIYADA FOLKLOR NAMUNALARINING ILMIY AHAMIYATI



Download 0,7 Mb.
bet4/6
Sana29.05.2022
Hajmi0,7 Mb.
#617422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati

II BOB. ETNOGRAFIYADA FOLKLOR NAMUNALARINING ILMIY AHAMIYATI
2.1.«XIV-XVI asrlarda madaniyatning rivojlanishi» mavzusini o`tishda etnografiyaga oid ma`lumotlardan foydalanish uslublari
Zamonamizning eng murakkab va muhim muammolaridan biri milliy masaladir. Har bir xalqniyg milliy shakllanishi, etnik tarkibi va xususiyatlari, o`zaro yaqinlashuvi kabi masalalarni chuqur tushunish uchun ayrim etnografik guruhlarni har tomonlama o`rgapit zarur. O`zbeklarning ayrim qabila va urug`larini tadqin; qilish va ularning o`zbek millatiga singib ketish jarayonini o`rganishda etnograflardan V.G.Moshkiva, K.L.Zadixina, B.X.Karmisheva, K.SHoniyozov, T.Fayzievlarning ilmiy ishlari ham diqqatga sazovordir. Millatlarning yaqinlashuvi masalasini falsafiy jihatdan yoritishda Q.Honazarov ham ba`zi tadqiqotlar o`tkazgan edi. O`zbek etnografiya guruhlaridan loqay, qorliq, qurama, SHimoliy Xorazm va Zarafshon vodiysida yashovchi ayrim qabilalar ancha mukammal o`rganilgan. etnografiya guruhlarini, asosan, tarixiy-qiyosiy uslub, etnografiyaga oid xaritalar yordamida o`rganish muhim ahamiyatga ega.
Jamiyatda ro`y berayotgan har bir voqea negizida moddiy ne`matlar ishlab chiqarish yotganligini e`tiborga olib, xalqlarning xo`jalik faoliyatini o`rganish xam muhimdir.
Hunarmandchilik o`zbeklarning eng qadimgi va asosiy xo`jalik kasblaridan biri bo`lib hisoblanadi. Hunarmandchilikni o`rganishda xalq ijodkorligiga zo`r e`tibor qilinishi tabiiy miskarlik, zargarlik, kulolchilik, yog`och, ganch va marmar o`ymakorligi, gilamchilik, kashtachilik singari an`anaviy nozik san`at faqag etnograflarnigina emas, balki shu bilan birga juda ko`p san`atshunos tadqiqotchilarning ham diqqatini ko`pdan beri jalb qilib kelmoqda. Hamdo`stlik davlatlarida, shu jumladan, O`rta Osiyoda olib borilgan arxeologiyaga oid qazishlar nafis zargarlik ishlari bilan milodimizdan avvalgi III-II ming yilliklarda shug`ullanganliklari ma`lum bo`ldi. Zargarlik, ayniqsa, Grek Baqtriya podsholigida, Xorazm, Buxoro, Samarqand, Xiva, Qo`qon, SHahrisabz va boshqa hududlarda rivojlangan. Zargarlikda quyish, bolg`alab (zarb berib) ishlash, hallash (oltin va kumush suvi berish), uyib, bo`rttirib naqsh yasash, bosib (siqib) naqsh solish kabi usullardan foydalanganlar.
Farg`ona shevalarining kasb-hunar leksikasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham o`zbek hunarmandchiligini etnografik jihatdan o`rganishda muhim manba bo`la oladi. Bu tadqiqotlarda xususan Sobirjon Ibrohimovning asarlarida kulolchilik, tandirchilik, shuvoqchilik, degrezchilik, ijtimoiy sohalaridagi ish jarayoni juda ko`p maxsus atamalar ancha batafsil tahlil qilingan.
O`zbek xalqining eng qadimiy va an`anaviy kasb-korlaridan biri dehqonchilikdir. Dehqonlarning xo`jalik faoliyati, ijtimoiy iqtisodiy munosabatlari, dehqonchilik bilan bog`liq urf-odatlarini o`rganish ularning rivojlanish bosqichlarini tasavvur qilishga yordam beradi.8
Xalqlarning milliy xususiyatlari ularning uyi, uy-ro`zg`ori va jihozlari, kiyim-kechak va taomlarida ayniqsa yorqin ifodalanadi. SHuning uchun ham moddiy madaniyat etnograflarning diqqat markazida turadi.
Ayniqsa, o`zbek xalqining kiyim-kechaklarini o`rganish etnografiya jihatidan ancha muhim ahamiyatga. ega. Ular asosida o`zbek xalqining madaniy saviyasini, u yashagan geografik muhitni bir qadar belgilash mumkin. O`zbek an`anaviy moddiy madaniyati tobora chuqur o`rganilmoqda. Ayniqsa, respublika viloyatlari aholisining o`ziga xos milliy kiyim-kechaklarining etnografiya atlas xaritasi tuzilgan. Bu atlaslar o`zbek etnografiyasini o`rganishda muhim qo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
Bu o`rinda Rossiya Fanlar Akademiyasining tashabbusi bilan «O`rta Osiyo va Qozog`istonning tarixiy-etnografik atlasi»ning yaratilishi juda katta ahamiyat kasb etdi.
O`zbek xalqining ma`naviy turmushini tadqiq qilishda etnograflardan tashqari fol’klorchilar va san`atshunoslarning ham xizmatlari bor. O`zbek xalq teatri, ayniqsa drama teatri hamda origyogaal janrlardan biri bo`lgan qo`g`irchoq teatri haqida asarlar yaratildi. o`zbek xalq musiqasi xalq o`yinlari ko`p tadqiqotchilar diqqatini o`ziga jalb qildi.
O`zbek xalqining juda boy va rang-barang og`zaki ijodini o`rganish uning etnografiyasi bilan bevosita bog`liq bo`lgani tufayli fol’klor materiallarida ham muhim etnografiyaga oid lavhalar to`plandi. O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti fol’klor bo`limi hujjatxonasida ko`p yillik ilmiy safarlar natijasida to`plangan xalq ijodining boy merosi etnografiyaga oid muhim manba bula oladi.
O`zbek etnograflari so`nggi yillarda respublikamizda yashovchi kolxozchi dehqonlar va ishchilarning hozirgi turmushi va madaniyatini jamoa ravishda o`rganishga katta e`tibor berdilar. 1950 — 1953 yillar davomida O`zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti tomonidan Namangan viloyati YAngiqo`rg`on (CHortoq) rayoni kolxozlarida o`tkazilgan etnografiyaga oid ilmiy safarlarda muhim ma`lumotlar to`plandi. Bu ma`lumotlar asosida yozilgan O.A.Suxareva va M.A.Bekjonovaning «Oyqiron qishlog`ining o`tmishi va hozirgi turmushi» degan asarida Oyqiron qishlog`ining qisqacha tarixi, aholisining o`tmishidagi etnik tavsifi, kasb-hunari, er egaligi va tavsifi munosabatlari, 1917 yildan keyingi tarixiy o`zgarishlar, kolxozchilarning madaniy-maishiy turmushi aks ettirilgan. Kitobda jamoa xo`jaligidagi oilalarning shakllanishi, oilaviy munosabatlar va turmushiga alohida e`tibor berilgan. Bunday ilmiy safarlar respublikaning ko`pgina viloyatlarida o`tkazildi. O`zbekiston etnograflari qishloq xo`jaligi mashinasozligi sanoatida band bo`lgan o`zbek ishchilari turmushini bir necha yil davomida kuzatib qimmatli ma`lumotlar to`pladilar. Bu ma`lumotlar asosida yozilgan etnografiyaga oid maqola va sanoat ishchilarining shakllanishi tarixiga bag`ishlangan muhim ilmiy ishlar diqqatga sazovordir.
So`nggi yillarda o`zbek ishchilar sinfining maishiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi bir qator ilmiy ishlar maydonga keldi. O`zbekistonda yashayotgan boshqa qardosh xadqlar etnografiyasini o`rganishga ham katta ahamiyat berilmoqda.
O`zbekiston taryxiga oid ko`p jildlik yirik ilmiy asarning etnografiyaga bag`ishlangan bo`limlari fanning so`nggi yutuqlari asosida mutaxassis tadqiqotchilar tomonidan yozilgan «Jahon xalqlari» turkumida bosilib chiqqan ikki jildlik «O`rta Osiyo va Qozog`iston halqlari» nomli mukammal ilmiy asar deyarli butun etnografiyaga oid tadqiqotlarning yutuqlarini o`zida mujassamlashtirgan. etnografiya sohasida bunday yirik tarixiy asarlarni yaratishda mahalliy tadqiqotchilar faol ishtirok qilgan edilar. Asarning «O`zbeklar» nomli bobini yozish va tahrir qilishda mahalliy etnograflardan O.A.Suxareva, M.A.Bekjonova, I. Jabborov va boshqalar qatnashganlar.
O`zbek xalqi etnografiyasini o`rganish sohasida erishilgan yutuqlar — mahalliy tadqiqotchilarni yangi, umumiylashtirilgan yirik ilmiy asar yozishga undadi9. Mahalliy mualliflar tomonidan tayyorlangan ma`lumotlar 1972 yildan boshlab O`zbekiston etnograflarining ilmiy to`plamida yoritila boshlandi. 1917 yildan ilgari va undan keyin o`tkazilgan ko`p sonli ma`lumotlar ilmiy safarlar etnografiyalarga oid har xil buyumlarning to`planishiga imkon tug`dirdi. Hozirgi kungacha to`plangan bu boy ashyolar respublikaning muzeylarida, ayniqsa, Toshkent, Samarqand, Xiva, shuningdek, Moskva va Sankt-Peterburg muzeylarida saqlanib kelinmoqda.
SHunday qilib o`zbek xalqining etnografiyasini o`rganish yuqori bosqichga ko`tarildi va ajoyib yutuqlarni qo`lga kiritdi.



Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish