Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati Reja: Kirish I bob. O`zbek xalqi etnografiyasining kelib chiqishi va rivojlanishi


Folklor — millatning boqiy tarixi



Download 0,7 Mb.
bet5/6
Sana29.05.2022
Hajmi0,7 Mb.
#617422
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Etnografiyada folklor namunalarining ilmiy ahamiyati

2.2.Folklor — millatning boqiy tarixi
Folklor barcha san’atning boshlanishi, sarchashmasi, shu sababli ham boshqa ko‘pgina san’atlar bilan uyg‘unlikka ega, shuning bilan birga hech biriga o‘xshamagan o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi alohida san’at turidir. Bu soha o‘z ichiga musiqa, raqs, hunarmandchilik, tasviriy, badiiy va boshqa san’atlar bilan bog‘liq tasavvurlarni qamrab oladi. Boshqacha aytsak, og‘zaki ijod xalqning o‘tmishi, buguni va kelajagini o‘zida ifoda etuvchi, uning taqdiri bilan chambarchas bog‘liq ijodiy jarayondir. Shuning uchun ham allomalarimiz uni el adabiyoti deb atagan. Biror bir xalqning qanday xalq ekanligini bilish uchun dastavval uning folkloriga nazar solish lozim bo‘ladi.
Xalq ijodi bu chinakam ma’nodagi doimiy o‘z­garish, doimiy harakatdagi san’atdir. Ya’ni, xalq ijodi namunalari har galgi ijroda an’analarning davomiyligini saqlagan holda muttasil yangilanib, o‘zgarib, mukammallashib boraveradi. Shuning uchun ham xalq ijodi namunalari ko‘plab variantlilikka ega. Ana shu variantlilik xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xosligini ta’minlab beruvchi eng muhim jihatlardan biridir.
Xalq og‘zaki ijodi namunasi bor-yo‘g‘i og‘zaki ijro etilgani uchungina emas, balki og‘zaki o‘z­lashtirilib, og‘zaki ijro etilib, og‘zaki tarzda meros qoldirilishi, boshqacha aytganda, har galgi ijro jarayonida qayta yaralishi bilan farqlanib turadi. Folklorshunos olimlar ta’kidlaganidek folklorda qo‘shiq yo‘q, balki qo‘shiqning ijro ho­lati, ijro jarayoni mavjud. Bu fikrni xalq ijodining boshqa janrlariga ham tadbiq etish mumkin.
G‘urur bilan aytishimiz mumkinki, bizda dunyo folklori namunalari bilan bemalol bellasha oladigan doston, ertak, maqol-matal, qo‘shiq, afsona va rivoyatlarimiz bor. Bugungi kungacha yozib olingan dos­tonlar sonining o‘zi 400 tadan oshib ketadi. Boshqa janr namunalari variantlari esa ko‘plab jildlarni tashkil etadi. Bu rostakamiga chinakam ulkan xazinadir. Bunday bebaho meros hamma xalqqa ham nasib etgan emas. Shunday ulkan og‘zaki merosga ega xalqning yozma adabiyoti qanday bo‘lishini tasavvur qilavering.
Har qanday san’atning boshi folklorda degan gap bugun paydo bo‘lgan emas. U uzoq yillik hayotiy kuzatish, ilmiy tajribaning hosilasi. Haqiqatdan ham tasviriy, hunarmandchilik, musiqa, raqs, badiiy va hokazo san’atlarning avvali-boshi, yuzaga kelishi bevosita xalq og‘zaki ijodiga, xalqning ilk tasavvur va ishonchlariga borib taqaladi.10
Folklorning yozma adabiyotga ta’siri masala­lari Alisher Navoiy zamonida qanday dolzarb aha­miyatga ega bo‘lsa, bugun ham xuddi shunday. Alisher Navoiyning barcha asarlarida biz folklorga ijodiy yondoshuvni, milliylikka suyanib, umumbashariy qadriyatlar ulug‘langanini kuzatamiz. Bu an’ana Navoiy, Bobur zamonidan so‘ng Abdulla Qodiriydan to bugungi kunda ijod etayotgan adiblarimizgacha, Cho‘l­pondan to zamonamiz shoirlarining izlanishlarida ham u yoki bu darajada davom etayapti. Faqat bizda emas, dunyo adabiyotida ham shu hol kuzatilmoqda. Aytish mumkinki, so‘nggi yuz yillikda adabiyotda folk­lorga qayta yuzlanish davri boshlandi. Joys, Borxes, Markes, Kafka, Kavabata kabi adiblar ijodi buning misolidir. XXI asrda dunyo miflariga qaytadan murojaat, yangicha talqin qilish davri, neomifologizm davri boshlandi.
Folklor har bir ijodkorga o‘z yo‘li, uslubi, o‘z­ligini, o‘q tomir ildizini topishga yordam beradi.
Lotin Amerikalik ulug‘ adiblardan biri Xorxe Luis Borxes: «Adabiyot mif bilan boshlanib, mif bilan tugaydi», – deydi. Buni boshqacharoq qilib aytadigan bo‘lsak, har qanday san’at, jumladan, badiiy so‘z san’ati ham folklor bilan boshlanib, folk­lor bilan birga taraqqiy etadi.
Folklor va tarix chindan ham dolzarb mavzu. Zero, epos, ya’ni og‘zaki ijod namunasi bo‘lgan dostonlar shunchaki badiiy asar emas, balki xalqning tarixi, madaniyati, urf-odat va an’analari, tafakkur tarzini o‘zida mujassam etgan milliy qomus hamdir.
Birgina «Alpomish» dostonini olib qaraylik. Mazkur doston nafaqat o‘zbek, balki dunyo dostonchiligida alohida mavqega ega, tarixiy asoslari qa­dimiy, badiiy jihatdan yuksak epik ijod namunasi hisoblanadi.
Bu doston ko‘p va xo‘p o‘rganildi. Biroq hali bu dos­tonning jahon folklorshunosligidagi o‘rni, mifologik asoslari, badiiy qatlamlari takror va tak­ror o‘rganilishni talab etadi.
Dostonning boshlamasidagi ilk jumlaga e’tibor beraylik. Doston: «Burungi o‘tgan zamonda, o‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot elida Dobonbiy degan o‘tdi. Dobonbiydan Alpinbiy degan o‘g‘il farzand paydo bo‘ldi. Alpinbiydan tag‘i ikki o‘g‘il paydo bo‘ldi: kattakonining otini Boybo‘ri qo‘ydi, kichkinasining otini Boysari qo‘ydi. Boybo‘ri bilan Boysari – ikkovi katta bo‘ldi. Boysari boy edi, Boybo‘ri esa shoy edi, bul ikkovi ham farzandsiz bo‘ldi». – deb boshlanadi.
«Burungi o‘tgan zamon» bu mifologik tushunchaga ko‘ra ibtidoning boshlanishi, xaosning kosmosga aylanishidir. Shuning uchun ertaklarimiz ham «Bir bor ekan, bir yo‘q ekan, burun o‘tgan zamonda», deb boshlanadi. Siz aytganday, bu har qanday millatning raqamlardan xoli, sof, badiiy tarixidir. Gap bu yerda noreallik, hayotiy asosga ega bo‘lmagan badiiy to‘qima haqida ketmayapti. Balki yarmi afsona, yarmi ha­qiqat, mifologik qobiqqa o‘ralgan o‘tmish, tarix haqida hikoya qilayapti. Ertakdan farqli o‘laroq dos­tonni ijro etuvchi baxshi ham, tinglovchi ham undagi voqealar chin haqiqat ekaniga ishonadi. Qolaversa, doston ajdodlarning muqaddas xotirasi, shonli tarixi haqida. Bu shonli voqealar bir necha avlodlar tomonidan kuylanib kelingan, avlodlarga yetkazilgan va ijro etilayotgan zamonda ham davom etmoqda.
«O‘n olti urug‘ Qo‘ng‘irot eli» yuqoridagi o‘tmish tarixiga yanada hayotiylik bag‘ishlaydi. Bu tarix ma’lum bir urug‘, ayni bir paytda butun boshli elat o‘tmishi bilan aloqador ekanini urg‘ulamoqda.
«Dobonbiy» so‘zi dovon, yuksaklik ma’nosida keladi. Bu ism shunchaki tanlanmagan. Hayotda katta ishlarni amalga oshirgan, yuksak marralarga erishgan qahramonning ramziy timsoliy obrazidir. Dostonda bu obraz chizgilari go‘yo mukammal emasdek, doston boshlamasida eslanib, keyin unutilib ketadigan ism­dek tuyuladi. Biroq, bu obrazga keyingi jumlalar, keyingi voqealar oydinlik kiritadi. Alpinbiydek Alpning dunyoga kelishi o‘z-o‘zidan bo‘lmagan. Unga Dobonbiy chekkan zahmat, erishgan donishmandlik sabab bo‘lgan.
Boybo‘ri bilan Boysari ismlaridagi «Boy» old qo‘­shimchasi ularning shajarasi kimlardan ekanini ko‘rsatib turibdi. Biroq e’tibor qilsak, Dobonbiy, Alpinbiy sanalib, keyin ikki juft ism sanalayapti. Bu bejizgami?
Folklorda egizaklar tushunchasi mavjud. Har ik­kala ism ana shu egizaklar haqidagi tushunchaning ma’lum darajadagi badiiy talqinidir. Odatda egizaklar haqidagi mifologik tasavvurda egizaklarning biri katta, ikkinchisi kichik bo‘ladi. Ona urug‘chilik bilan bog‘liq tasavvurlar ustivor qonuniyat kashf etilayotgan davrda urg‘u ko‘proq kenjaga berilib, ko‘p holatlarda bevosita ona bilan bog‘lanadi. «Kenja botir», «Uchinchi o‘g‘il» kabi ertaklar, «Alibek bilan Bolibek» dostonlari buning yorqin misolidir.
Faqat bu yerda urg‘u Boysariga emas, aksincha Boy­bo‘riga qaratilgan. Alpomishning ham Boybo‘rining farzandi ekani bejizga emas. Demak, bu dostonda ota urug‘chilik bilan bog‘liq tasavvurlar bo‘y ko‘rsata boshlaganidan dalolat beradi. Biroq dostonning boshqa, jumladan, Barchin, Qaldirg‘och, Surxayil kampir, Tovka oyim obrazlari talqini shuni ko‘rsatadiki, dostonda ona urug‘chiligi bilan bog‘liq tasavvurlar ham hali barqaror turibdi.
Alp – qahramon tug‘ilishidan oldin ota-onasining farzandsizligi aslida ramziy ma’noga ega bo‘lib, gap bu yerda saltanatni mustahkamlaydigan, parokanda elni yana birlashtiradigan yangi avlod – Alpning tug‘ilishi haqidadir.
«Alpomish» dostonida millatning bo‘linishi, pa­rokandaligi Boysarining qalmoq eliga ko‘chishi or­qali ifodalanadi. Zero, turkiy xalqlar tarixning ma’lum bir davrlarida ulkan saltanat, ho­kimiyat va cheksiz hukmronlikka ega bo‘lgan.O‘zaro bo‘­linishlar, urushlar va boshqa sabablar tufayli bu buyuk saltanatga putur yetgan. So‘ngra xalqni, millatni birlashtira ol­gan Alpomishga o‘xshash yangi avlod – Alplar tug‘ilib, turkiy xalqlarning tarix sahnasidagi oldingi yuksak mavqeyi yana qo‘lga kiritilgan.11 Xuddi shu voqealarning badiiy ifodasi «Alpomish»ning asl mohiyatini tashkil etadi.
E’tibor qilsak, «Alpomish»da Alpinbiydan qol­gan, ko‘lda zang bosib yotgan kamonni faqat Ha­kimbek ota oladi. Alplik kamonining ko‘lda zang bosib yotishi undan oldingi avlod o‘z vazifasini oxirigacha bajara olmaganidan dalolat beradi. Bunday vazifani yangi avlod – Alplargina oxiriga yetkazadi.
Epik ijoddagi alplik tizimiga turlicha yondoshuv mavjud. Xorijlik olimlar Lord Raglen, Karl Rayxl, Ojal O‘g‘zular o‘z tadqiqotlarida «Qahramonlik qo­lipi», o‘zbek folklorshunoslari esa «alplik tizimi» degan atamani ishlatadi. Ya’ni folklordagi qahramon shunchaki qahramon emas, balki uning jasorati, mardligi, qahramonligini bo‘rttirib turadigan jihatlar mavjud. Bu jihatlar dostonlarda epik qolip shaklida keladi. Ya’ni qahramonlar ma’lum bir tizimga amal qilishadi. Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.
«O‘zbek folklori yodgorliklari»ning yuz jildligini chop etish borasidagi ishlar allaqachon boshlab yuborilgan. Bu ulkan merosning yaxlit holda chop etilishi, o‘ylaymanki, respublikamiz ma’naviy hayotida erishilayotgan eng ulkan yutuqlardan biri bo‘ladi. To‘g‘­ri, hali qilinadigan ishlar ko‘p. Biroq bunga asta-sekinlik bilan erishiladi. Har ishning o‘z vaqti-soati bor.
Bugungi zamonning shiddati tez, shunga yarasha talab va imkoniyatlar ham kengaymoqda. Bugun farzandlarimiz o‘z hayotlarini zamonaviy texnologiyalarsiz tasavvur qila olmayotgan ekan, ularning talablarini ham inobatga olishimiz zarur bo‘ladi. Qani edi yuzlab ertaklarimiz, o‘nlab dostonlarimiz asosida ishlangan multfilm, kinolar, kompyuter va uyali telefon o‘yinlari, elektron dasturlar ishlab chiqilsa! Xalq o‘yinlaridan tortib, epos ijrosigacha barcha og‘zaki ijro jarayonining audio, video tasvirlarini istagan do‘kondan xarid qilish imkoniyati bo‘lsa! Bu bugun ehtimol bir oz xom xayolga o‘xshab tuyular, biroq albatta, shunga kelamiz. Chunki xalq bo‘lishning, buyuk bo‘lishning, globallashuvning shafqatsiz talotumida o‘z ismi va ruhi bilan yashab qolishning talabi shu. Buning uchun bizga hamisha folklor yordamga keladi, folklor qutqaradi.12
«Alpomish», «Go‘ro‘g‘li» kabi xalq dostonlarini o‘qitish masalasiga kelsak, bir tomondan erishgan va erishayotgan yutuqlardan faqat quvonish mumkin, boshqa tomondan olganda biz hali ham dostonlarni cho‘pchaklar sifatida talqin qilishda, shunday saboq berishda davom etayapmiz. Usulni va uslubni yangilash kerak, folk­lordan cho‘pchak emas, fikr va hikmat izlash kerak. Chunki u azal va abad haqidagi eng buyuk hikmatdir.
Yutuqlarga erishish borasiga kelsak, hali qo­yil qiladigan, g‘ururlanadigan biron narsani do‘n­dir­ganimizcha yo‘q, deb o‘ylayman. Bor-yo‘g‘i, folklor deb atalgan sirli, maftunkor olam sari yuzlanib turibmiz, xolos. Men anglagan narsa shuki, biz oyoq qo‘yib turgan tuproq zarrasidan tortib, ta’bir joiz bo‘lsa nafas olayotgan havomizgacha, farzandning tu­g‘ilishidan to insonlar yoshini yashab, oshini oshab vafot etgunga qadar bo‘lgan barcha jarayonlar, marosimlar, yashash tarzimiz, ongimiz, fikrimiz, tilimiz, kuyimizu qo‘shig‘imizgacha barchasi aytilgan-aytilmagan, to‘qilgan-to‘qilmagan, yozilgan-yozilmagan folklor. Bizni folklor o‘rab turibdi, zaminimiz ham folklor, osmonimiz ham. Olam va hayotning o‘zi folklor. Faqat uni baxshilar va ijodkorlarga o‘xshab o‘qiy olishimiz kerak. Dunyoviy bilimlar, adabiyot, umuman har qanday san’at eshigiga yo‘l mana shu milliy boylikni anglashdan, o‘zingga, ruhiyatingga singdirishdan boshlanadi. Xalqimizning o‘ziday sodda, o‘ziday donishmand, ulug‘ va boqiy bu meros o‘zbek degan nomni har yerda va har doim ulug‘lab turaveradi. Chunki folklor deb atalgan meros xalqning hamisha uyg‘oq va boqiy tarixidir.

XULOSA
Xulosa qilib aytganda, Xalq og’zaki badiiy ijodi tarixi va uning asosiy janrlari. O’zbek xalq og’zaki poetil ijodi va boshqa xalqlar folklorining mushtarakligi, farqli tomonlari va an’analarining badiiy ifodasi sifatida.
Xalq og`zaki poetik ijodining asosiy xususiyati ijodiy jarayon-yaratuvchilik va ijrochilik jarayonining kollektivlik xarakteriga egaligi. Uning og`zakilik, variantlilik, ommaviylik, traditsionlik, anonimlik kabi belgilarini kollektivlik tomonidan yaratilgan poetika elementlari, an'anaviy uslub vositalari asosida yuzaga kelishi. U muayyan eshituvchilar guruhiga mo`ljallangan bo`lishi va kollektiv tomonidan e'tirof etilgandagina ijtimoiy va tarixiy ahamiyat kasb etishi.
Folklor namunalari og`zaki yaratilib, og`zaki ijro etilishi. Xalq og`zaki poetik ijodining kollektivlik xarakteri individual ijodchilar faoliyatini inkor etmasligi. Iste'dodli ijodkorlar folklor namunalarini saqlab qolishi va keng ommalashtirish bilan birga og`zaki an'analari doirasida uni yanada mukammallashtirgan holda, yangilarini yaratilishi.
Fol’klor asarlari o’zining hayotiyligi, ijtimoiy tabiati, g’oyaviy mohiyati hamda o’ziga xos badiiy xususiyatlari bilan ajralib turadi. Xalqning mehnati, urf-odati, turmush sharoiti, orzu istagi, kurash va g’alabalari uning mavzusi va g’oyaviy mazmunida aks etadi. Bu xususiyat asosan tom ma`nodagi so’z san`ati, doimo mehnatkash el manfaati, orzu va istagi va intilishlariga mos keladi. Fol’klor so’z san`atining boshlang’ichi, yuksak mahoratli badiiy tuzilishdir. Xalq og’zaki ijodining har bir namunasi asrlar davomida ko’plab iste`dodli xalq ijodchilari tomonidan yuksak san`at namunasi darajasiga ko’tarilgan. Bugina emas, fol’klor san`atning boshqa turlari adabiyot, teatr, muzika, kino va boshqalarning taraqqiyotida ham muhim rol o’ynadi va o’ynamoqda.
Xalq og’zaki badiiy ijodini o’rganuvchi fan fol’klorshunoslik yoki fol’kloristika deb yuritiladi. Fol’klorshunoslik turli davrlarda va turli mamlakatlarda goh etnografiya, goh adabiyotshunoslik va muzikashunoslik, goh madaniyat tarixi, goh antropologiyaning va hatto sotsiologiyaning bir qismi kabi qaralib kelingan. Bizning mamlakatimizda esa xalq og’zaki badiiy ijodi haqidagi mustaqil va maxsus fan sifatida rivojlandi. SHu bilan birga, fol’klorshunoslik tekshirish predmetining ko’lami va xilma-xilligi jihatidan adabiyotshunoslik va musiqashunoslik, etnografiya va antropologiya kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir.
Fol’klorni o’rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda yondashilganlikni kuzatish bilangina cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo’lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. SHu ma`noda fol’klorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning fol’klor to’g’risidagi ilk fikrlari fol’klorshunoslik uchun muhimdir. Fol’klorni yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab ko’zga tashlanadi (Mahmud Koshg’ariyning «Devonu lug’otit turk» asaridagi fol’klor materiallari). Ayni paytda yozuvchilar tomonidan xalq ertaklari, miflar, afsona va rivoyatlarini qayta ishlash jarayoni ham boshlanadi.


Download 0,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish