Kam tarqalgan sabzavot ekinlarining ahamiyati.
Kam tarqalgan sabzavot ekinlarining kimyoviy xususiyati shundan iboratki, ular tarkibida suv ko’p, oziq moddalari (oqsil, yog’ va uglevodlar) esa kam bo’ladi. Kaloriyasi yuqori emas. Ammo ular odam organizmi uchun zarur bo’lgan vitaminlar, mineral tuzlar va fermentlarga g’oyat boydir.
Kam tarqalgan sabzavot maxsulotlari quruq moddasining asosiy qismini uglevodlar-kraxmal, qand, klitchatka va pektinli moddalar tashkil etadi. Kraxmal zaxira oziq modda xizmatini o’taydi va u kartoshka tuganaklarida 25 % ga qadar to’planadi. Kraxmal amilaza / diastaza / fermenti ta’sirida parchalanib qandga aylanadi. Qishki qovun navlari saqlanib qo’yilganda shirasi ortib qolishining sababi xam ular tarkibidagi kraxmalning qandga aylanishidadir.
Azotli moddalar asosan oqsillardan iborat. Sabzavotda azotli moddalar juda kam -0,4 – 2,5 % atrofidadir. Sarimsoq va dukkakli sabzavot o’simliklarining ko’k barglari, mevalari tarkibida 6-7 % ga qadar azotli moddalar bo’ladi. Ismaloq tarkibida 2,9 % azotli moddalar bor.
Yog’lar sabzavotlar tarkibida juda kam miqdorda /0,1-0,4 % /, asosan ularning urug’larida bo’ladi. Qovoqdoshlarga mansub o’simlik urug’i yog’larga (25-50 %) ayniqsa boy.
Organik kislotalar. Sabzavot maxsulotlari tarkibida limon kislota, olma kislota, shavel kislotalar bor.Kislotalar sabzavot maxsulotlarining ta’m sifatlarini yaxshi o’zlashtirishga yordam beradi. Otquloq, rovoch o’simliklaridagi oksalat kislotasini ortiqcha iste’mol qilish zararlidir.
Efir moylar. Ko’pchilik sabzavot mahsulotlari / piyoz, sarimsoq,ukrop,selderey, petrushka/ da bo’lib, aksar hollarda u himoya vazifasini bajaradi, oshqovoq shirasi gijani ajratib chiqarish xususiyatiga ega.Bu xususiyat ovqat hazm bo’lishini kuchaytiradi. Piyoz va sarimsoqdagi efir moylar juda kuchli fitontsid xossasiga ega. Ular kasal tug’diruvchi mikroorganizmlarni o’ldirad va odamni ko’pgina yuqumli kasalliklardan himoya qiladi.
Mineral tuzlar. Non, go’sht va yog’larda mineral moddalar juda kam. Sabzavotlar tarkibida 50 dan ortiq kimyoviy elementlar bo’lib, inson organizmidagi fiziologik jarayonlarni kuchaytiradi. Kaltsiy, fosfor va marganets suyak xujayrasi tarkibiga kirib, yurak faoliyatini faollashtiradi.Qonning ivishini yaxshilash uchun kaltsiy zarur. Qon gemoglabinida temir ko’p. Miya ishini fosfor yaxshilaydi.Kaliy va natriy organizmda nordon-ishqoriy muvozanatni me’yorida saqlab turishda qatnashadi. Magniy asab tizimining bosiqligini ta’minlashda qatnashadi, tomirlarni kengaytiradi, safro ajralishini kuchaytiradi. Qon aylanish jarayonida misning axamiyati juda katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |