Etish va boshqarish


 Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar



Download 379,87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana20.07.2022
Hajmi379,87 Kb.
#829303
1   2   3   4
Bog'liq
16-mavzu

16.4. Davlat pensiya ta’minoti nazoratini amalga oshiruvchi organlar 
faoliyati, asosiy funksiya va vazifalari 
O’zbekiston Respublikasining Byudjet Kodeksiga asosan davlat byudjeti
shuningdek, davlat maqsadli jamg’armalarini moliyaviy nazoratini amalga oshirishda 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi hamda Davlat maqsadli jamg’armalarini 
taqsimlovchi organlarga bir qator vakolatlar berilgan. O’zbekiston Respublikasi 
Hisob palatasi : 
-
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, 
shuningdek soliq va byudjet siyosatining asosiy yo’nalishlari loyihalari bo’yicha 
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa taqdim etadi; 
-
Davlat byudjetining va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlarining 


ijrosi to’g’risidagi yillik hisobot bo’yicha tashqi audit va baholashni amalga oshiradi 
hamda ular yuzasidan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xulosa 
taqdim etadi; 
-
vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar hamda banklarning byudjet tizimi 
byudjetlari daromadlari va xarajatlari moddalarining maqsadli ijrosini boshlang’ich 
ma’lumotlar bo’yicha nazorat qilish imkonini beruvchi axborot tizimlari va 
resurslariga kirish imkoniyatiga ega bo’ladi; 
-
Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari daromad 
qismining ijrosi yuzasidan monitoring o’tkazadi; 
-
byudjet tizimi byudjetlari mablag’laridan maqsadli foydalanilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi. 
O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi qonun hujjatlariga muvofiq byudjet 
sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 
O’zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksiga muvofiq, O’zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat taftish Bosh boshqarmasi pensiya va 
nafaqalar to’g’ri tayinlanishi, hisoblanishi va o’z vaqtida to’lanishini hamda tibbiy 
mexnat ekspertizasi komissiyasi faoliyatini nazoratini amalga oshiradi. 
Mamlakatimizda pensiya ta’minoti tizimining tashkiliy tuzilmasini yanada 
takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya 
jamg’armasidan o’z vaqtida to’liq hajmda to’lash, respublikada fuqarolarning 
pensiya ta’minotiga yo’naltirilgan mablag’lardan maqsadli foydalanish yuzasidan 
nazoratni kuchaytirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 
30 dekabrda “Fuqarolarning pensiya ta’minoti tizimini yanada takomillashtirish 
chora-tadbirlari to’g’risida”gi 4161-sonli farmoni qabul qilingan. 
Mazkur farmonga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 
huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi zimmasiga qo’shimcha ravishda 
quyidagi asosiy vazifalar va funktsiyalar yuklatildi: 
-
fuqarolarning davlat pensiya ta’minotini tashkil qilish, fuqarolarga 
pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa to’lovlarni tayinlash, qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar hamda boshqa to’lovlarning miqdorlari 
qayta hisoblab chiqilishini ta’minlash; 
-
pensiyalar hamda boshqa to’lovlarni to’liq hajmda moliyalashtirish va 
to’lanishini tashkil qilish, ular bo’yicha hisob va hisobotni yuritish; 
-
pensiyalar tayinlanishi va qayta hisoblab chiqilishini tizimli asosda 
doimiy tahlil qilish va monitoringini olib borish, fuqarolarning pensiya ta’minotiga 
yo’naltiriladigan mablag’lardan qat’iyan maqsadli foydalanilishini ta’minlash; 
-
mehnat mayibligi yoki kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik bo’yicha 
tayinlangan pensiyalarni to’lashga mablag’larni da’volar bo’yicha aybdor yuridik va 
jismoniy shaхslardan belgilangan tartibda undirib olishni tashkil qilish; 
-
tibbiy-mehnat ekspertizasi хizmati faoliyatini tashkil etish. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan qo’shimcha ravishda 
quyidagi vazifalar amalga oshirilishi belgilandi: 
-
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasida davlat siyosatining asosiy 
yo’nalishlarini ishlab chiqish; 
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlari va хarajatlarining 


mutanosibligini ta’minlash; 
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi o’z zimmasiga yuklangan 
vazifalar va funktsiyalarni, Mi^an, pensiyalar hamda boshqa tegishli to’lovlarni 
tayinlash va to’lashda o’rnatilgan qoidalarni qo’llanish qismida ularning bajarilishini 
muvofiqlashtirish va nazoratni amalga oshirish yuzasidan qo’shimcha vazifalar. 
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish 
boshqarmasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatildi : 
-
yangi tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblab chiqilishi, 
shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar qo’llanilishi to’g’riligini, 
shu jumladan, fuqarolarning pensiyaga oid hujjatlar yig’majildida birlamchi 
hujjatlarning to’liqligi va ishonarliligini tekshirish yo’li bilan yoppasiga 
tekshiruvlarni amalga oshirish; 
-
mulkchilik shaklidan qat’i nazar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar 
tomonidan ishlovchi pensionerlarga pensiyalar hamda nafaqalarning hisoblab 
yozilishi va to’lanishi to’g’riligini reja asosida tekshirib turish; 
-
fuqarolarga pensiya va nafaqalar, shu jumladan, bank va pochta 
muassasalari tomonidan o’z vaqtida va to’liq to’lanishining tizimli monitoringini olib 
borish, qoidabuzarliklar aniqlanganda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan choralarni 
ko’rish; 
-
tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan berilgan tekshiruv 
hujjatlari va xulosalarni, zarurat tug’ilganda, mustaqil ekspertlarni jalb etgan holda 
takroriy ekspertizalarni o’tkazish yuzasidan qo’shimcha vazifalar. 
Moliya vazirligining Bosh nazorat-taftish boshqarmasi tarkibida byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg’armasi mablag’laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat 
boshqarmasi va uning hududiy bo’linmalarida tegishli bo’limlar tashkil qilinishi 
belgilab qo’yildi. 

Download 379,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish