Etikaning asosiy tushunchalari. Axloqiy tamoyillar va me’yorlar. Reja



Download 22,68 Kb.
bet1/4
Sana01.06.2022
Hajmi22,68 Kb.
#627539
  1   2   3   4
Bog'liq
Etikaning asosiy tushunchalari


Etikaning asosiy tushunchalari.

Axloqiy tamoyillar va me’yorlar.

REJA:
1. Etikaning asosiy tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati.
2. Muhabbat – etikaning mezoniy tushunchasi sifatida.
3. Ezgulik tushunchasi. Yaxshilik tushunchasi va uning ezgulikdan farqi.

Etika kategoriyalarining o’ziga xos xususiyati. Buyuk mutafakkirlar etika kategoriyalari haqida. Muhabbat – axloqshunoslikning eng asosiy kategoriyasi. Muhabbatning turlari: Vatanga, millatga, ota-onaga, farzandga, insoniyatga, go’zallikka muhabbat. Muhabbat va nafrat.
Ezgulik va yovuzlik; yaxshilik va yomonlik; adolat va adolatsizlik; burch va mas’uliyatsizlik; vijdon va vijdonsizlik; nomus va benomuslik; baxt va baxtsizlik; haqiqatparvarlik va yolg’onchilik; hayotning ma’nosi, ideal tushunchalari.
Axloqiy tamoyillar va ularning shaxs va jamiyat munosabatlarida namoyon bo’lishi. Axloqiy tamoyillarga tarixiylik nuqtai nazaridan yondashuvning o’ziga xos xususiyatlari. Vatanparvarlik; insonparvarlik; erkparvarlik; fidoiylik; ziyolilik; mehnatsevarlik; tinchlikparvarlik; jo’mardlik; o’zbekchilik; mehmondo’stlik.
Axloqiy me’yorlar: halollik va nopoklik; to’g’rilik va egrilik; rostgo’ylik va yolg’onchilik; insoflilik va insofsizlik; xushfe’llik va badfe’llik; shirinsuxanlik va qo’pollik; kamtarinlik va maqtanchoqlik; vafo va xiyonat; sadoqat va sotqinlik; mas’uliyat va loqaydlik; oriyat va buzuqlik.

Etika fanida qo’llaniladigan barcha tushunchalarni uch guruhga bo’lishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Bularning birinchisi – axloqiy bilish bilan real hayot o’rtasidagi eng muhim aloqa va munosabatlarni in’ikos ettiruvchi, axloq ilmining mezonini ifodalovchi tushunchalardir; ularni biz Etikaning mezoniy tushunchalari yoxud kategoriyalari sifatida olib qaraymiz. Nisbatan qamrovli ikkinchi guruh tushunchalarini – axloqiy tamoyillar, uchinchi guruhni esa axloqiy me’yorlar deb taqdim etamiz. Birinchi guruh tushunchalari umumlashtiruvchilik, mushtaraklik xususiyatiga ega, ular faqat nazariyaga taalluqli. Ikkinchi va uchinchi guruh tushunchalari esa amaliy axloqqa tegishli bo’lib, nisbatan muayyan, tor qamrovga ega; ular birinchi guruh uchun “moddiy asos” vazifasini o’taydilar.
Shu o’rinda “tushuncha” atamasining mohiyatiga nazar tashlashni joiz deb o’ylaymiz. Avvalroq biz axloqiy hissiyotlarning axloqiy ong uchun ma’lum ma’noda material ekani to’g’risida birrov to’xtalib o’tgan edik. Bu haqda mumtoz faylasuflar ham e’tiborga sazovor fikr bildirganlar. Chunonchi, buyuk ingliz mutafakkiri Jon Lokk, tushunchada nimaiki bor ekan, u bundan avval hissiyotda mavjud bo’lgan, deb ta’kidlaydi. “Tabiat qonuni borasidagi tajribalar” asarida u shunday deb yozadi: “Agar hissiyotdan aqlga narsalar qiyofasi etkazib berilmasa, u holda tafakkur uchun hech qanday material berilmagan bo’ladi va aql bilishni taraqqiy ettirishi borasida me’mor bino qurishda tosh, yog’och, qum va hokazo qurilish materiallarisiz qanchalik ish qila olsa, xuddi shuncha ish bajara biladi”.1
Aqlni ideallashtirish, hissiyotni ikkinchi darajali omil sifatida talqin etish, Lokk va unga o’xshash ba’zi mutafakkirlar fikrlarini hisobga olmaslik, afsuski, keyingi davrlarda ayniqsa kuchaydi. Gegel singari faylasuflar esa butun borliqni mantiqiylashtirish yo’lidan bordilar. Lekin XIX asrning ikkinchi yarmidan keyin G’arb allomalari bu yo’lning ko’p jihatdan yanglish ekanini anglay boshladilar. XX asr mutafakkiri, ruhiy tahlil falsafasidagi yangi freydchilik oqimining atoqli namoyandalaridan biri Karl Yung Tibet mayyitlar kitobi – “Bardo Tyodol”ga yozgan sharhida shunday deydi: “G’arb kishisi, “psixologik”(“ruhiy”) so’zini eshitganida, uning uchun u “bor-yo’g’i psixologik” tarzida jaranglaydi. Uning uchun “psixe” – qalb qandaydir, achinarli darajada kichik, e’tiborga noloyiq, shaxsiy, sub’ektiv va h.k. Shu sababli “ruh”(qalb) o’rniga “aql” so’zini ishlatishni ma’qul ko’radi...”.2 Boshqa bir o’rinda barcha metafizik mulohazalar uchun ijodiy zamin aynan ana shu qalb ekanini, ong esa qalbning ko’zga ko’rinmas in’ikosidan iboratligini ta’kidlaydi.
Darhaqiqat, “yurak va aql”, “hissiyot va ong” bahsida G’arb, ayniqsa, XX asrda, so’zsiz, birinchilikni aqlga, ongga beradi. Yuqoridagi kabi fikrlar istisnoli hollardir. Shu bois Etika nuqtai nazaridan muhabbat haqida gap ketsa, uni hissiyot deb yana buning ustiga, ta’riflash qiyin bo’lgan tuyg’u, deb ataydilar va uni tushuncha tarzida olib qarashdan cho’chiydilar. Vaholanki, muhabbat aynan axloqiy hissiyot va Etikaning bosh mezoniy tushunchasidir.



Download 22,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish