Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
Oilaviy tantanalar 
Agar siz oilaviy tantana uyushtirib, o‘z uyingizga ko‘proq mehmon taklif 
qilmoqchi bo‘lsangiz, albatta, yyetarlicha turli xildagi sovuq gazaklar haqida 
o‘ylab ko‘rish kerak. Bunday mehmondorchilik mezbonlarning uchun qulay, 
mehmonlar bilan sog‘lig‘i uchun foydalidir. Bunday holatda mezbonlar bir pas 
mehmonlar o‘tirib suhbatlashib olishga imkon topiladi. Mehmonlar ham o‘zlarini 
erkin his qiladilar, ma’lum bir qoidaga qarab emas, istagan vaqtlarida tanovul 
qilish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bunday “usul” da mehmon kutish uchun, albatta, 
oldindan tayyorlanish zarur – ana shunda, tinch sharoitni vujudga keltirib, bevosita 
suhbat qilishga erishish mumkin. 
Odatdagidek, stoldan boshlaymiz. Uyidagi eng katta stolni tanlash va 
polgacha tushib turadigan oppoq dasturxon yozish lozim. Stolni mehmonlar uch 
tarafdan yaqinlashishlari uchun devorga qadab joylashtirish kerak. Stolning eni 
bo‘ylab faqat uchdan ikki qismidangina foydalanish yaxshiroq, zero haddan ziyod 
devorga yaqin taomni olmoqchi bo‘lgan mehmon bilmasdan boshqa narsalarni 
to‘kib yoki turtib yuborishi mumkin. Ba’zida uni mehmonxonaning markaziga 
joylashtirish ham mumkin. Bunda taxminan qancha mehmontashrif buyurishiga 
bog‘liq.
Stolning ikki yoniga to‘p bilan kosa, qoshiq va ichimlik uchun salfetka 
solingan idishlar qo‘ying. Ba’zida milliy “stolimiz” – xontaxta joy masalasini 
to‘g‘ri hal qiladi. Uyingizni kichkina deb bilgan paytda xontaxtadan foydalanish 
mumkin. Agar joy bo‘lmasa qiyaroq stoldan foydalanish mumkin. Xizmatdan 
mezbonlarning ko‘ngli to‘q bo‘lsa ham bo‘ladi. Mehmonlar 
o‘z o‘ziga
xizmat 
ko‘rsatadi. Uy egalari vaqtida kosalarni toza idishlarga almashtirib tursalar bas.
Oiladagi yoshi kattalar bilan munosabat 
Avvalambor, odob va tartib. Odob sizni botiniy munosabatlaringizga 
yordam bersa, batartiblik tashqi masalarda muvaffaqiyat keltiradi. Ko‘p hollarda 
yosh oilalar ota-onalari bilan bir uyda yashashlariga to‘g‘ri kelib qoladi. Bunday 


120 
vaziyatlarda, albatta, yoshlar kattalarni hurmat qilishlari, ularga qattiq 
gapirmasliklari, ularga nisbatan tavoze’li bo‘lishlari kerak. Ularning fikri va 
ixtiyorlariga hurmat bilan qarashlari lozim. 
Qaynona bilan birga yashash ko‘pincha ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. 
Chunki uyda birdaniga ikkita uy bekasi paydo bo‘lib qoladi. Xo‘sh, bunda ular 
qanday huquqqa ega va ro‘zg‘ordagi bekalik majburiyatlarini qanday taqsimlashi 
mumkin? Bunday vaziyatda universal javob topilmaydi. Ammo ma’lum bir qoida 
va maslahatlar bor. 
Birinchidan, uy bekalik huquqiga ikkalalari ham ega. Kelin nafaqat o‘qish, 
ish bilan band bo‘lib, uy ishlari bilan shug‘ullanishga vaqti bo‘lmasligi mumkin. 
Ammo baribir uning uy bekalikda huquqi bor. Ikkinchi tarafdan, qaynona yoki ona 
sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmagani uchun uy yumushlari bajarishga imkoni bo‘lmasligi 
mumkin. Lekin u hurmatga loyiq, uyning to‘ri uniki bo‘lishi lozim. U oilaviy 
tadbirlarning barchasida e’zozli mehmon sifatida ishtirok etadi. 
Kelin yoki kuyovni ko‘rgani kelgan yoshlar bilan onalarning o‘tirishi 
unchalik shart emas. Odatga ko‘ra yosh mehmonlar kelishgach, dasturxonni ona 
fotiha bilan ochib beradi. Ketishda ham ular “javobni” berishlari lozim. 
Yoshi kattalarning yoshlar tomonidan qilingan mulozamatini juda xush 
ko‘rishlariga e’tibor berish lozim. To‘g‘ri, hozirda bunday masalaga e’tibor 
bermaydigan oilalar ham bor. Oiladagi sizga bo‘lgan yaxshi munosabatdan 
g‘ururlanib, shirinso‘zlik va adablilikni unutmang. Doimo shirinso‘zli bo‘lish joiz. 
Ikkiyuzlamachilik va munofiqlikni ishga solmang! To‘g‘ri gapiring, ammo chiroyli 
gapiring. O‘zini hech qachon yerga urmaslik kerak. Siz tomonidan so‘zlanayotgan 
shirinso‘zlarning hammasi “yashash uchun bo‘lgan kurash” emas, aksincha,, odob 
yuzasidan ekanligini bildiring. Ayniqsa, qizg‘in, xursandchilik kunlarida 
hammaning oldida qaynonangizni charchab qolishidan “qo‘rqib” unga dam olishni 
maslahat bermang. Umuman, qarilikni ta’kidlab turadigan ifoda usullaridan 
saqlanish yaxshiroq.
Qaynonalar yoshlarning shaxsiy hayotiga, ularning o‘zaro munosabatiga 
aralashmasliklari lozim. Bu madaniyatsizlikdir va sizni ularning oldida yerga uradi. 
Ayrim hollarda qaynona va kelin andishani yig‘ishtirib qo‘yib, har birlari o‘z 
gaplarini o‘tkazishga harakat qilishlarini kuzatishimiz mumkin. Bunday 
kelishmovchiliklar oldini olish uchun kattalar yoshlarning kiyinishida, sochlarini 
turmaklashida, yoqtirgan kuy va ashulalari, shuningdek, ba’zi boshqa masalalarda 
ularni o‘z hollariga qo‘yishlari lozim. Yoshlar ham, o‘z navbatida, iloji boricha 
ota-onalarini tushunishga intilishlari, ularning g‘ashiga tegadigan noo‘rin qiliq va 
odatlardan o‘zlarini tiyilishlari kerak. 
Kelin kelinligining birinchi kunidanoq hamma narsani keragicha bilishi, 
katta tajribaga ega bo‘lgan qaynonasi darajasida turishi juda qiyin. U ham mayli-
ya, lekin bilishni istamasa qiyin. Shuning uchun onalar qizlariga ovqat pishirishni, 
meva va sabzavotlarni qishga sharbat, tuzlama, murabbolar tayyorlashni, uy-joyni 
saranjom-sarishta tutishni, did bilan mehmon kutishni va shu kabi uy-ro‘zg‘or 
ishlarini o‘rgatishga alohida e’tibor berishlari zarur.


121 
Kelinlik vazifasidan tashqari, qaynona va qaynotalarning ham vazifasi 
borligini unutmang. Bir nima olishdan asosiysi – mehringizni ayamang. Uy va 
o‘g‘lingizni ro‘kach qilavermang. Minnat farzandning shaxsiyatiga tegadi. Ota-ona 
minnatni kechirishi mumkin, lekin farzand 

Chunki ot

ona o‘g‘liga bog‘liq 
bo‘lishni baxt deb biladi, ammo farzand ota-onaga bog‘liq bo‘lishni umuman 
xohlamaydi. O‘g‘lingiz bo‘lmasa, u boshqa kishiga turmushga chiqishi mumkin 
edi. Uyi bo‘lmasa, o‘g‘lingizga qiyin bo‘lardi. “Mening davrimda 

” yoki “Men 
unday qilardim, bunday qilardim” degan gaplarni kamroq aytgan ma’qul. Agar 
yoshlarni o‘z hayotlaridan mamnun bo‘lishlarini, shukr qilib yashashni 
o‘rgatmoqchi bo‘lsangiz – o‘zingiz namuna bo‘lishingiz lozim. Bolalar doimo 
bolaligicha qoladi. Ular sizning so‘zingiz bilan amalingiz qandayligini 
solishtiradilar. Bolalarni doimo duo qiling. Kattalar kichiklarga bizda rahmat 
demaydilar. Ammo yaxshi niyat bilan qilingan samimiy duo kuchliroq ta’sirga ega.
Ba’zida ota-ona oldida o‘tirib, ularning ko‘nglini oling, hadyalarni o‘zingiz 
qiling, kelin o‘zi topshirgan sovg‘aning, (garchi sizning hisobingizdan bo‘lsa ham) 
siz topshirgan sovg‘adan yer bilan osmonchalik farqi bor.
Qaynonalarga bir necha maslahatlar: juda ko‘p narsa qaynonalarga bog‘liq. 
Yoshlarning hayotiga aralashuvni kamaytirishlari maqsadga muvofiq. O‘zingizni 
tanbeh beraverishdan tiying. Keliningiz yoki kuyovingizdan onalik da’vo qilmang 
(har holda ona bitta bo‘ladi). O‘g‘il oldida kelinni, qiz olida kuyovini “muhokama” 
qilish munosabatlarni yanada ziddiyatlashtiradi. Hadeb shikoyat qilavermaslik 
kerak. Minnatdorlik tuyg‘usi nima ekanligini bilmagan ota-onalar o‘z 
farzandlaridan buni kutishlari qiyin masala. So‘ralmagan tanbeh yoki buyruqlardan 
o‘zni tiyish zarur. “Xonangiz betartib” yoki “Idishlarni darhol yuvib qo‘yish 
kerak” qabilidagi “maslahatlar”” – birovning hayotiga aralashuvdir. Garchi yoshlar 
bizga yaqin bo‘lsalar-da, ularning o‘z hayotlari va oilalari borligini unutmaslik 
joiz. Bu esa ota-onalarning ham o‘z hayotlari bor ekanligini anglatadi. O‘z 
hayotining davomini bolalarda davom ettirmaslik lozim. Ular o‘z hayoti uchun 
o‘zlari javob berishlari, o‘zlari yashashlari joiz. Ushalmagan orzular yoki 
armonlar, alam va ginalar bolalar hayotiga “o‘tib” ketmasligi zarur. Agar bolalar 
bilan yashash qiyin bo‘lsa, bu – ota-onaning aybi. Bola tarbiyasida qandaydir xato 
o‘tgan. Shaxs bo‘lib voyaga yetgandan so‘ng, o‘zi ota-onalikka da’vo qilayotgan 
bir paytda bunday aralashuv befoyda. Men bolam uchun qayg‘uryapman qabilidagi 
“bahonalar” sizni hamon tinch qo‘ymayotgan nafs ekanligini unutmang. Bunday 
holatda Zigmund Freydning “sublimatsiya” nazariyasi qo‘l keladi. Nafsni boshqa – 
ijobiy tomonga yo‘naltirish maqsadga muvofiq. Ya’ni o‘z hayotingizni yo‘lga 
qo‘ygan ma’qul. Kerakli muolajalar, sanatoriy yoki dam olish maskanlari, chiroyli 
shaharga sayohatlar, kitob mutolaasi – xullas, o‘zini xursand qilishning yo‘llari 
ko‘p. Shunday qilingki, bolalar sizga talpinsinlar, siz ularga emas.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish