Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
 
Siz – rahbar sifatida 
Rahbar shaxs
– jamiyat, davlat, tashkilotda doimiy va hal qiluvchi ta’sirga 
ega bo‘lgan shaxs. Rahbar ishning ko‘zini biladigan, jamoa, soha manfaatlarini 
ko‘zlab faoliyat yuritadigan boshqaruv xodimidir. 
Rahbarlik aql-farosat, kuch-g‘ayrat, izlanish va topqirlikni, o‘z ustida tinmay 
ishlash, tadbirkorlikni talab qiladi. “Rahbar” tushunchasining quyidagi jihatlari 
ahamiyatlidir:
1. Rahbar–ijtimoiy shaxs sifatida ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab 
chiqarish resurslarini birlashtirib, uning asosiy harakatlantiruvchi kuchini 
boshqaruvchi shaxs. 
2. Rahbar har qanday ishni amalga oshirish uchun, avvalo, mustaqil qaror 
qabul qiladi. Bu qaror rahbarning tadbirkorlik, ishbilarmonlik faoliyati 
maqsadlarini belgilaydi.
3. Rahbar mehnati, ayni vaqtda, tadbirkorlikka asoslangan mashaqqatli 
faoliyatdir. Unga sarflangan kuch, mablag‘ ba’zan vaqtincha foyda emas, zarar 
keltirishi, muassasa foyda o‘rniga zarar ham ko‘rishi mumkin. U bunday holatlarni 
oldindan ko‘ra olishi va ularga tayyor turishi, zarur bo‘lganda, faoliyatini qayta 
boshlashi, o‘zida bunga kuch-g‘ayrat topa bilishi lozim.
Yuqorida keltirilgan jihatlar rahbarlik faoliyatining ma’lum aspektlarini 
namoyon etadi. Masalaning ikkinchi tomoni – rahbarlik faoliyati bilan
shug‘ullanuvchining shaxsi bilan bog‘liq yuksak insoniy fazilatlardan iborat. 
Rahbar halol-pok, vijdonli, iymonli, qattiqqo‘l, diyonatli, mehr-shafqatli bo‘lishi 


89 
kerak. Rahbarlikka egri yo‘l, egri qo‘l, egri maqsad bilan erishib bo‘lmaydi. Fe’l-
atvorida egrilik bor kishi rahbarlik lavozimida uzoq faoliyat yuritolmaydi. 
Rahbar mustaqil bo‘lishi, ijtimoiy faoliyatning qonunan taqiqlanmagan 
hamma sohasi bilan shug‘ullana olishi, shu bilan birga, u o‘zi boshqarayotgan 
jamoa orasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lishi zarur. Rahbar faol bo‘lmasa, jamiyatda 
ijtimoiy faollik shakllanmaydi.
Kattami, kichikmi, qaysi mansabda bo‘lishidan qat’i nazar, har bir rahbar 
oldida “o‘z ishimga talab darajasida yondashishim uchun nimalarni bilishim, 
qanday fazilatlarga ega bo‘lishim kerak?” - degan savol hamisha ko‘ndalang 
turadi. 
Boshqaruvda tajriba, ko‘nikma, mahorat, bilim, aql va idrokning ham roli 
katta. Ammo, eng avvalo, boshqaruv – bu san’at, aniqrog‘i, ijoddir. Rahbarlikka 
ham, xuddi san’atkor uchun zarur bo‘lganidek, iqtidor va iste’dod lozim. Ya’ni, har 
kimdan san’atkor chiqmaganidek, istalgan odamdan ham yaxshi rahbar 
chiqavermaydi. 
Rahbar o‘z qobiliyati, iste’dodini ishga solib izlanadi, shu maqsadda hayotni, 
odamlarni chuqur o‘rganadi. Natijada, to‘plagan bilimlari, tajribalarini 
boshqaruvning umumiy qonuniyatlari asosida shakllantirib, o‘zining rahbarlik 
usulini yaratadi. U o‘z boshqaruv usullarini shakllantirishda mutlaqo erkin 
shaxsdir, lekin uning rahbarlik usuli ijobiy natija berishi kerak. 
Rahbarlik faoliyatining samaradorligi rahbar shaxsning tafakkuri, aql-idrokiga 
ham bevosita bog‘liq bo‘ladi. Tafakkur rahbarga keng va chuqur fikrlay olish, 
yaxshini yomondan, foydani zarardan, muhimni nomuhimdan bexato ajrata olish 
imkoniyatini beradi. Bu - hammaga ham nasib qilavermaydigan yuksak fazilat. 
Agar rahbarda shular shakllangan bo‘lsa, bunday rahbar boshqaruvning sir-
asrorlarini qiynalmasdan egallaydi hamda o‘z jamoasida obro‘-e’tiborga ega 
bo‘lib, ular ishonchini qozonadi.
Demak, har qanday rahbar keng va chuqur fikrlay olishi bilan birga, chaqqon 
va uddaburon, harakatchan va shijoatli bo‘lishi ham kerak. Shuning uchun 
rahbarlik faoliyatini tafakkur va harakat birligi deyish mumkin.
Rahbardagi o‘ziga xos talabchanlik, mehribonlik hamda mas’uliyat jamoa 
a’zolarida ham javobgarlik hissining shakllanishiga sabab bo‘ladi. 
Rahbar shaxsining etiketi uning axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Axloqiy 
madaniyat – elementlarining yaxlit tizimi bo‘lib, axloqiy fikrlash madaniyati 
(axloqiy mulohaza yuritish qobiliyati, axloqiy bilimlardan foydalana olish, 
yaxshilik va yomonlikni ajratish, yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xos 
xususiyatlariga axloqiy me’yorlarni qo‘llay bilish va xakozalar)ni qamrab oladi. 
O‘z ichiga yana tuyg‘ular madaniyatini, insonning “axloqiy rezonansga” 
qobilligini, hamdardligi va jonkuyarligini; axloqiy tajribada his-tuyg‘u va 
o‘ylarning amalga oshirilish qiyofasini, ularning kundalik hayotda xatti-harakat 
me’yoriga aylanib borish darajasini xarakterlovchi xulq-atvor madaniyati; 
shakllarni reglamentlovchi qoidalarga qay darajada amal qilish sifatidagi etiketni
muloqotda shaxsning o‘zini tuta bilishini oladi. Qisqa qilib aytganda, rahbar 
shaxsining axloqiy madaniyati - umumiy axloqiy tamoyillarni bilish, ularni chuqur 


90 
his etilgan qarashlariga aylantirish, xatti-harakatlarning eng munosib shaklini 
qo‘llay bilishdir. Uning har bir elementini o‘zlashtirish rahbar shaxsining axloqiy 
madaniyati mustahkamligini shakllantirishga yordam beradi. Rahbar shaxsining 
axloqiy madaniyati oliy darajasini “axloqiy donolik” deb, axloqiy faoliyatining 
optimalligi va uyg‘unligini ta’minlab bera olish, har qanday vaziyatda ham 
munosib xatti-harakat qila olish deb ta’riflasa bo‘ladi. 
Avvalo, rahbarlar va rahbarlikka da’vogar shaxslar o‘zlarini har jihatdan 
tarbiyalab borishlari lozim. Buning uchun siyosiy hayotdan xabardor bo‘lish yoki 
iqtisodiy va kasbiy bilimlarni o‘zlashtirishning o‘zigina kifoya qilmaydi. Ular 
jahon tajribalari asosida shakllangan ilg‘or boshqaruv malakalarini ham 
o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak. Bugungi rahbar bunga o‘ziga nisbatan talabchan 
bo‘lib erishadi. Masalan, u har kuni gazeta va jurnallar o‘qishi, radio va oynai 
jahon yangiliklaridan xabardor bo‘lish orqali ham ma’lum darajada bilim egallashi 
mumkin. Yana siyosat, iqtisodiyot va ma’naviyatga daxldor kitoblarni, hatto 
mumtoz adabiyot namunalarini mustaqil o‘qishi, tarixiy jarayonlarni chuqur 
mushohada qilish ham uning dunyoqarashini kengaytiradi. 
Bularning barchasi rahbar madaniy saviyasining o‘sib borishiga va siyosiy 
madaniyatining takomillashuviga katta yordam beradi. Chunki cheklangan 
tafakkur, chala bilim, past madaniyat bilan dunyoni bilib, mas’uliyatli ish va 
mansabni egallab bo‘lmaydi. 
Binobarin, demokratik asosda shakllanib borayotgan jamiyatimiz talabi shuki, 
siyosiy yetuk, aqlan va ma’nan barkamol, puxta bilimga ega bo‘lgan teran 
tafakkurli kishilargina rahbar bo‘lishga haqlidirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat boshqaruvi 
organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq 
namunaviy qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida Qarori qabul qabul qilingan bo‘lib 
unda: “Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi xodimlarga nisbatan yuqori professionalizm, 
soflik va adolatda o‘rnak bo‘lishi, davlat organida yoxud uning tarkibiy yoki 
hududiy bo‘linmasida ma’naviy-psihologik muhit shakllanishiga ko‘maklashishi 
lozim, u bo‘ysunuvchi xodimlardan ularning xizmat vazifalari doirasidan chiqib 
ketadigan topshiriqlarni bajarishini talab qilmasligi, shuningdek, qonunga xilof 
xatti-harakatlarni sodir etishga undamasligi kerak.
Rahbar: 
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va ularni tartibga solish yuzasidan 
o‘z vaqtida chora-tadbirlar ko‘rishi; 
korrupsiyaning oldini olish choralarini ko‘rishi;
xodimlarni samarali boshqarishi, o‘ziga ishonib topshirilgan mulkka va 
moliyaviy mablag‘larga ehtiyotkorlik va tejamkorlik bilan munosabatda bo‘lishi 
shart. Rahbar o‘ziga bo‘ysunuvchi, xizmatdagi xulq-atvori prinsiplari va 
qoidalarini buzayotgan xodimlarning xatti-harakatlariga (harakatsizligiga) yo‘l 
qo‘yilmasligi choralarini ko‘rmaganligi uchun javob beradi; 
Davlat xizmatchilari xulq-atvori bilan jamoada boshqa davlat xizmatchilari 
bilan o‘zaro ishchanlik va amaliy hamkorlik qaror topishiga da’vat etilgan; 


91 
Davlat xizmatchilari xushmuomala, iltifotli, odobli, e’tiborli, fuqarolar va 
hamkasblari bilan munosabatda sabr-toqatli bo‘lishi, ularni hurmat qilishi shart. 
Davlat xizmatchilari o‘ziga bo‘ysunuvchilarga va fuqarolarga nisbatan qo‘pollik 
qilmasligi, odamlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitmasligi, ularga asossiz 
psihologik va jismoniy ta’sir ko‘rsatish holatlariga yo‘l qo‘ymasligi kerak;
Xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida ish sharoitlari va xizmat 
tadbirlarining shakliga bog‘liq holda davlat xizmatchilarining tashqi ko‘rinishi 
fuqarolarning davlat organiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga 
yordam berishi, umumiy qabul qilingan ish uslubiga muvofiq bo‘lishi, ular 
rasmiyligi, vazminligi va tartibliligi bilan boshqalardan ajralib turishi kerak; 
Davlat xizmatchilari xizmatdan tashqari vaqtda umumiy qabul qilingan 
odob-axloq normalariga rioya etishlari, g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga yo‘l 
qo‘ymasligi kerak.”
1
Agar siz rahbarlik lavozimida bo‘lsangiz, ishga kelgan zahoti xodimlardan 
hol-axvol so‘rab qo‘yish kerakligini yoddan chiqarmaslik yaxshi amaldir. Ular 
bilan yangi ish kunini birga boshlagandan mamnun ekanligingizni, sizdan qancha 
yordam kerak bo‘lsa shuncha yordamga tayyor ekanligingizni his qilishlariga 
imkon yaratish kerak. Xodimlarga “siz”lab murojaat qilish – kasbiy odob hamda 
normal xizmat munosabatlarini ushlab turish uchun zarur bo‘lgan quroldir. 
Yig‘ilish qatnashchilariga nisbatan kuchli tavoze’da bo‘lish lozim. Boshqalarni 
ko‘proq eshitishga o‘rganish muhimdir, uning fikriga qarshi bo‘lganingiz 
uchungina uning har bir gapiga so‘z tiqishtirib turish sizni yaxshi ko‘rsatmaydi. 
Boshqalarning ham fikr bildirishiga imkon berish, qatnashchilarni faol 
bo‘lishlariga chaqirish lozim. Har qanday vaziyatda ham o‘zini ushlab turishga 
harakat qilish; xodimga vazifa berishda xushmuomalalik bo‘lish joiz. Xodimlar 
buyruqqa nisbatan iltimoslarni yaxshi qabul qilishlarini yodda tutish kerak. 
Xodimlarga nisbatan e’tiborli bo‘lish, ularni har-bir muvaffaqiyati uchun 
qo‘llab

quvvatlab turish ham maqsadga muvofiq. Vaqtida aytilgan 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish