Etika va estetika


  Sovg‘a qanday taqdim etiladi?



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 


87 
Sovg‘a qanday taqdim etiladi? 
O‘ziga bo‘ysunuvchilarga firma rahbari sovg‘a bermoqchi bo‘lsa, 
xodimlarni bayramona tushlikka taklif etib, yoki aksincha, rahbarni bayram bilan 
tabriklash lozim bo‘lganida ham shunday yo‘l tutiladi. 
Ammo berayotgan sovg‘a qimmatbaholigi bilan rahbarga xushomadgo‘ylik 
qilayotgandek bo‘lib qolmasligi kerak.
 
Ayollar etiketni buzganda 
Quyida esa ayol va erkak munosabatlarida ayollarning xatosi ko‘rsatiladi. 
Hiringlash, stol atrofida lab bo‘yash, albatta, yaxshi emas. Bu erkak kishini stol 
atrofida soch taraganiga o‘xshab xunuk ko‘rinadi. 
Ishxonada ko‘cha so‘zlari, qo‘pol o‘xshatishlarni ishlatmang, bu sizning
lug‘at boyligingiz kambag‘al ekanligini ko‘rsatadi. Ish vaqtida shaxsiy masalalar 
yuzasidan telefonda gaplashish. Bunday suhbatlarni tushlik vaqtida amalga 
oshiring.
Bayram ziyofatlari 
Bayram yuzasidan uyushtirilgan ziyofatlarda hamkorlaringiz va birga 
ishlayotgan xodimlar taklif etiladi. Bu bayramona kayfiyatda o‘tishi lozim. 
Shunday bo‘lmagan taqdirda ham umumiy odamshinavandalikni saqlab qoling. 
Boshqa notanish kishilar bilan ham ularga ma’qul bo‘lgan mavzularda 
suhbatlashing.
Tabrik qog‘ozlari 
Ko‘plab kompaniyalar bayram tabriklarini otkritkalar orqali amalga 
oshirishadi. Albatta, har bir xodimga iltifot ko‘rsatib bitilgan tabrik otkritkalari 
chindanham diqqatga sazovor va bu xodimlarga bo‘lgan e’tibor ularning qalbiga 
iliqlik olib kiradi. Shuning uchun otkritkalarni avval har bir kishi uchun alohida 
tayyorlab, ularni xodimlarga taqdim etgan ma’qul.
Ish kunimiz qachon boshlanmasin, uning boshlang‘ich asosi uy 
sharoitidan: kayfiyatimiz, o‘zimizni qanday his qilishimiz, ko‘proq qanday hordiq 
chiqarib, oiladagi munosabatlarga va h.k. bog‘liqdir. Chiroyli tabassum va 
ertalabki salom-alik er-xotining yaxshi kayfiyatda bo‘lishida kuchli ta’sirga ega. 
Ammo kayfiyat keyinroq ham buzilishi mumkin – yo‘lda, shahar transportida. 
Vaqt tig‘iz bo‘lgan paytda avtobus, tramvay va trolleybuslardagi tiqilinch – asabga 
tegishi, va o‘z yo‘lida kayfiyatning buzilishga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday 
sharoitda kayfiyatni buzmaslik mumkinmi? Ha, mumkin. Har qanday cho‘g‘ olishi 
mumkin bo‘lgan janjalni mutoyiba, tabassum bilan yengish mumkin. Har qanday 
sharoitda o‘z xatti-harakatni boshqarishga intilish lozim. Xushmuomala, tavozeli 
bo‘lish, odamlarga tabassum qilish ham insonning o‘zida, ham boshqalarda yaxshi 
kayfiyat uyg’tishga sabab bo‘ladi. 
Muassasa xonasiga kirayotgan kishi eshikni taqillatmasligi kerak – bu 
faqat ish bilan band bo‘lgan odamlarning asabiga tegib, diqqatini bo‘ladi. Odatda, 
rasmiy muassasaning eshigi taqillatilganda raddiya hech qachon bildirilmaydi. 
Rahbar xonasining eshigini agar kotiba bo‘lmasa, taqillatish lozim. Agar rahbar 
eshikni taqillatmay kirishni shama qilsa, bu qoidaga bo‘ysungan ma’qul.


88 
Majlislar, yig‘ilishlar – agar uning ishtirokchilari behuda chiqishlar bilan 
boshqalarning vaqtini olmasa, foydalidir. Tor doiradagi majlisda, agar begonalar 
bo‘lmasa bir-biriga erkinroq munosabatda bo‘lish mumkin. Majlis paytida 
o‘g‘rincha konfet so‘rish yoki esnash mumkin emas. Erkaklar faqat rais ustki 
kostyumini yechgandagina, o‘z kostyumlarini yechishlari mumkin. Yon verida 
o‘tirgan kishi bilan bir og‘iz gap bilan so‘zlashib olish mumkin, ammo suhbat olib 
borish yaramaydi. 
Aytaylik, sizning kasbdoshingiz ko‘p chekadi. Shu tufayli u xonaning tez-
tez shamollatilishiga norozilik bildirmasligi kerak. Yoki uning o‘zi buni nazoratga 
olishi lozim. Chekuvchilar yashash huqiqa ega, ammo chekmaydiganlar bu 
huquqdan mahrum degani emas. Xodimlardan biri davo uchun ko‘p sarimsoq 
piyoz iste’mol qiladi. Ammo, boshqalar bunga chiday olmaydilar. Agar davolash 
uslublarini xush ko‘radigan bunday shaxs “dori” ning hidini ketkazadigan 
narsalardan foydalanmas ekan, unda bunday davolash uslubidan voz kechishiga 
to‘g‘ri keladi. 
Xodimlar ichida ozodalikning “kasallari” bo‘ladi. Ular hamisha bir nimani 
tozalash, artish bilan shug‘ullanadilar. Ozodalikning ortiqcha mulozamati uning 
aksi bo‘lmish yuvinishga ko‘p vaqt ajratmaydiganlar kabi yoqimsiz his uyg‘otishi 
mumkin. Agar bu ayol yosh bo‘lsa, suv mo‘jizalar yaratish qudratiga ega 
ekanligiga ishora qilish mumkin. Yoshi kattaroq odamga bunday deyish noqulay.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish