Etika va estetika



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Salfetka – sochiq 
shak

shubhasiz stol servirovkasidir. Axir ularsiz 
stoldagi ozodalik hamda batartiblikni ushlab bo‘lmaydi. Bundan tashqari, yaxshi 
dazmollangan, chiroyli taxlangan sochiqlar, stolga ziynat qo‘shadi. Sochiqlarni 
o‘rashda turli usullar mavjud, lekin biz qo‘limiz kamroq tegishi mumkin bo‘lgan 
va yozilganda g‘ijim ko‘rinish kasb etmagan, oddiy hamda qulay uslubni ko‘proq 
tavsiya etamiz. Stolni nonushtaga yoki tushlikka tayorlashda, odatda salfetkalar 
to‘rtga bo‘lib, uchburchak shaklida yarmidan buklab, so‘ng ruletga o‘xshab 
o‘raladi, bu esa unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi, tantanali kechki ovqat yoki 
tushlikka esa nisbatan murakkabroq taxlashlar – yelkan, qalpoqcha, sham va b. 
shakllarda o‘raladi. O‘ralgan sochiqlar har bir mehmonning gazak uchun 
mo‘ljallangan kosasiga qo‘yib chiqiladi. Sochiqlarni qog‘oz salfetkalar bilan 
almashtirish mumkin, o‘z-o‘zidan ma’lumki, tejamkorlik maqsadida ularni 
qismlarga kesmalik lozim. 
Sochiqlardan to‘g‘ri foydalanish usuli. Stolga o‘tirgandan so‘ng, kosada 
juda chiroyli qilib o‘ralgan oppoq sochiqni ko‘rgan ba’zi odamlar, uni oldida o‘zini 
biroz 
iymanibroq tutadilar. Ba’zida uni pichoq, sanchqi, qoshiq kabi jihozlardek 
zarur ekanligini, odamga tanovul paytida yemak uchun yordamchi vazifasini 
o‘tashga mo‘ljallanganini bilmay, sekingina bir chetga olib qo‘yishga harakat 
qiladilar. 
Yuqorida 
aytilgandek, 
yaxshi 
dazmollangan 
va 
me’yorida 
kraxmallangan, chiroyli taxlangan sochiqlar shubhasiz stolni bezaydi, servirovkani 
boshqa narsalari bilan birga ularni yanada chiroyli ko‘rsatadi. Salfetkani asosiy 
vazifasi kostyumni tasodifiy taom tomchilari, to‘kilishlar, ushoqlar tushishi kabi 
noxush holatlardan saqlaydi. U bilan yana barmoqlar va lablar tanovul mobaynida 
hamda undan keyin artiladi. Bevosita tanovuldan avval sochiqni yoyib, ikkiga 
buklab, tizzaga yoyiladi. Sochiqni yoqaga yoki bo‘yinboqqa qistirib olish 
noo‘rindir. Tamaddi vaqtida tasodifan kir bo‘lgan barmoqlarni e’htiyotkorlik bilan 
sochiqni ustidan, tizzadan olmasdan turib artiladi. Lablarni artish uchun esa, ikki 
qo‘l bilan tizzadan salfetkani olib, uchidan burab, o‘rtasini lablarga tekkaziladi. 
Lablarni nomigagina salfetka bilan artish xunuk ko‘rinadi. Salfetkani burun artish 
yoki uni qo‘l kirlanganda qo‘l sochiq qilish, umuman, to‘g‘ri kelmaydi. Stolga 
o‘tirgach jihozlarni yaxshilab nazardan o‘tkazib, biron narsa topib olgach, uni 
salfetka bilan tozalashga tushish yaxshi emas. Bu bilan siz uy egalarini orasta 
ekanliklariga gumoningiz borligini bildirib, ularni ranjitasiz. Ovqatlanib 
bo‘lgandan so‘ng sochiqni avvalgi holatga keltiraman deb, uni ishtiyoq bilan 
taxlashga kirishib ketmang, balki batartiblik bilan kosaning o‘ng tomoniga qo‘yib 
qo‘ying. Stulning suyanchig‘iga yoki o‘rindiqqa sochiqni tashlab qo‘yish ham 
yaramaydi. Agar tasodifan sochiq tizzadan polga tushib ketsa, tashvishlanmang: 


134 
tozasini berishni iltimos qiling, zero poldan olingan salfetka bilan foydalanish 
mumkin emas. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish