Etika va estetika


To‘rtinchidan: o‘zingizning tashqi ko‘rinishingizga etibor qarating



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

 
To‘rtinchidan: o‘zingizning tashqi ko‘rinishingizga etibor qarating.
Biznesmenlar qanday kiyinishi lozim bo‘lsa shunday kiyinish kerak. Bundan 
tashqari, sochingiz tartibli, taralgan hamda yuz tuzilishingizga mos turmaklangan 
bo‘lishi lozim. Zeb-u ziynatlaringiz voqelikka va vaziyaga mos kelishi kerak, 
chunki bezaklarning sifati sizning qandayligingizni ifodalab beradi.
Biznesmenning hamkoriga dastlabki yomon taassurot qoldirishining
7 ta asosiy tomoni mavjud. Bular: 

Tilga ehtiyot bo’lmaslik; 

jargonlardan foydalanish; 

qiqirlash; 

aqlsizlarcha teginish; 

qo‘lni yashirish; 

saqich chaynash; 

hadeb yo‘talish. 
Biznes etiketi: taqdimot va jamoat oldiga chiqib so‘zlash
Jamoat oldiga chiqayotgan hamma notiqlar asosiy qoidani yodda 
saqlashlari lozim: qisqa gapirishi va asosiy ma’noni ochib berish. Birinchi o‘rinda 
asosiy ma’ruzachining jamoat oldiga chiqib so‘zlashidan asosiy maqsad nimaligini 
aniqlab olish kerak, chunki jamoat ma’ruzachini emas ma’ruzani tinglashga 
kelgan.
Agar hamkoringiz ma’ruzachi bo‘lsa uni tanishtirib, so‘ng o‘rningizga 
o‘tirishingiz va so‘zlarini oxirigacha tinglashingiz lozim. Shundan so‘ng, 
o‘rningizdan turib, uni qo‘lidan tutib, yaxshi ma’ruzasi va ketgan vaqti uchun 
tashakkur bildiring. 


77 
Oxirgi paytlarda firmaning vujudga kelishi, nafaqat ichki, balki, tashqi 
savdoda ham uning tan olinishi – taqdimot namoyish marosimi orqali voqe 
bo‘lmoqda. Uning ijobiy tarzda o‘tkazilishi sheriklar bilan bo‘lgan keyingi 
muzokaralarda muvaffaqiyat keltiradi. Ochilish marosimi haqidagi xabar 
matbuotda yoritiladi; ochilish marosimining e’loni; yo‘riqnomada: tashkilotning 
mahsuloti va rusumlari bilan tanishuv, mutaxassislarning chiqishi, maxsus texnika 
vositasida filmlarni namoyish qilish; banket; sizning savdo-sotiq bo‘yicha 
ishonchli sheriklaringiz; boshlanish vaqti – 17.00 da; manzil: kirish – taklifnoma 
asosida; ma’lumot uchun telefon raqamlari. 
Mana yana, namoyish marosimi haqidagi e’lon: 
MUHTARAM JANOBLAR! 

firmasi 
sizni 
odatdagi 
firmaning 
yillik 
namoyishiga taklif qiladi. Bu yili Sizning diqqatingizga 

Firma taqdimoti

televideniye orqali namoyish qilinadi – 
Barcha do‘stlarimiz savdo bo‘yicha sheriklarimizga sovg‘a sifatida shou-dasturda 
ularning 
reklamalarini 
joylashtiramiz! 
Taqdimot

bo‘ladi. 
Taklifnomalarni 
quyidagi 
telefon 
raqmlari 
orqali 
yuborsa 
bo‘ladi 
............................................. Firma sizni quyidagi soha bo‘yicha hamkorlik qilishga 
taklif qiladi....................................................
Taqdimot yaxshi chiqishi uchun mutaxassislarni jalb qilmoq darkor. 
Avvalambor taqdimot o’tkaziladigan joyi va vaqti belgilanadi. Undan so‘ng 
ssenariy ishlab chiqiladi. Taqdimotning vaqti, odatda, 1,5-2 soatdan oshmaydi. Uni 
tushlikdan so‘ng, soat 15 larda o‘tkazgan yaxshi (17.00-19.00). Taqdimotni 
tashkilotning tashqi savdo xizmatining boshqaruvchilaridan biri ochadi. Aynan u 
tashkilotning barcha rahbarlarini tanishtirib chiqadi. So‘ngra film (10-15 daqiqa) 
ko‘rsatiladi va tashkilotning faoliyati haqida, uning eksport qilish imkoniyatlari 
to‘g‘risida ma’lumot beriladi (30 daqiqadan oshmasligi lozim). Qolgan vaqt esa 
savollarga javob berish uchun ajratiladi. Taqdimot o‘tayotgan joy turli xil reklama 
to‘ldirilgan plakatlar, stendlar bilan bezatiladi. Taqdimot qatnashchilariga firmadan 
esdalik sifatida suvenirlar taqdim etiladi. Reklama sovg‘alari sifatida odatda 
unchalik qimmat bo‘lmagan narsalar: yon daftarchalar, taqvimlar, avtoruchkalar, 
kuldonlar, zajigalkalar, ko‘krak nishonlari, futbolka, bosh kiyim va h.k. hadya 
qilinadi. Bu narsalarga firmaning nomi, ba’zida esa uning manzili va faoliyatining 
xususiyati yoziladi.
Taqdimotda tovarlarning namoyishi reklamaning eng ishonchlisi 
hisoblanadi. Ayniqsa, bu mashina, jihozlarning namoyishi xaridorni mahsulotning 
sifatli ekanligiga ishonch hosil qila oladi. Hamkorlik faoliyatiga potensial 
mijozlarni jalb qilmoq juda zarur. Bu masalan, moslamalarni sinab ko‘rishda, 
kiyimlarni kiyib ko‘rishda, materiallarning mustahkam ekanligini ekspertiza orqali 
sinab ko‘rishda qatnashish bo‘lishi mumkin. Mijoz tovar bilan shaxsan tanishib
qo‘l bilan ushlab ko‘rish imkoniga ega bo‘lsa, unda anglanmagan tarzda firmaga 
nisbatan ishonch orta boradi. Po‘stinning yumshoqligini, matoni chidamli 
ekanligini yoki kompyuterdagi tekst redaktori bilan ishlashning qulayligini his 


78 
qilishi orqali paydo bo‘lgan taassurotni mustahkamlovchi hissiy belgilalar hamma 
joyda o‘zini namoyon qiladi.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish