71
ko‘rgazmali kitoblar, xushfe’llilik qonunlarini o‘rganish uchun amaliy
qo‘llanmalarni uchratish mumkin. Idoralar va hukumat muassasalarida yangi
xodimni ishga qabul qilishdan oddin, uning etiket qoidalarini qay darajada bilishini
tekshiradilar. Yapon etiketi insoning uyda, ko‘chada, ishda o’zini qanday tuta
bilishi kerakligini belgilaydi. Yaponlar choyni qanday uzatishni, qanday kiyinishni,
bosh kiyimlardan qanday foydalanishni bilishlari shart.
Yevropa etiketidan farqli o‘laroq, yapon etiketi qoidalari bo‘yicha zinadan
harakatlanayotganda erkak kishi chap tarafda turishi, zinadan ko‘tarilayotgan
paytda erkak kishi ayol kishidan avval, zinadan tushayotgan paytda esa erkak kishi
orqada bo‘lishi kerak.
Yaponlar xushmuomala va o‘zini qo‘lga ola bilgan insonlardir. Ular uchun
boshqa dunyo xalqlari kabi etiket qoidalari juda muhimdir. Yaponlar o‘zlarining
an’analariga boshqalarning rioya qilishini majburiy deb hisoblamasalar-da, ularga
rioya qilganlarga nisbatan samimiy minnatdorchilik bilan muomalada bo‘ladilar.
Yaponiyada bosh egib so‘rashish an’anasi hali ham keng tarqalgan bo‘lgani uchun
mehmonlarga ham bunga javoban biroz boshini egib salomlashish tavsiya qilinadi.
Xitoy.
An’analarga alohida yondashish, tartib, o‘rnatilgan qoida va
an’analarga amal qilish uning xulq va odob ta’limotining asosi bo‘lib qolgan.
Hozirgi paytda konfutsianlik shartlari va insonlar o‘rtasidagi munosabatlarniig
jiddiy vertikal tizimi ortda qoldi. Muomala qilish, xulq-atvor tamoyillari, kiyim
shartlari jamoat ierarxiyasiga bog‘liq bo‘lmagan holda qat’ilik tusini yo‘qotdi.
Ayollar erkaklar kabi bir xil imtiyozlarga ega bo‘ldilar. Shu bilan birga, kattalarga
hurmat va milliy madaniyat, tarix, adabiyotga nisbatan e’tibor tuyg‘ulari saqlanib
qoldi.
Shuni yodda tutish kerakki, Xitoyda etiketning asosiy xususiyati
xushmuomalalikdir.
Xitoyda yoshi katta yoki notanish shaxslar bilan muomualada “siz”, deb
muloqotda bo‘lish, Yevropa davlatlariga nisbatan kam ishlatiladi. Xitoyliklar,
asosan muloqotda bo‘lganda “sen”, deb muomalada bo‘ladilar, bu, o‘z navbatida,
rus yoki, masalan fransuz kishilik olmoshiga to‘g‘ri keladigan to‘liq analog bo‘lib
hisoblanmaydi. Muloqotda shaxs hurmat yuzasidan ikkinchi shaxsga nisbatan
kishilik olmoshi o‘rniga — janob (xonim) va familiyasini qo‘shib murojaat qilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: