Etika va estetika


Ayollar ko‘ylagi uchun mato



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/112
Sana25.03.2022
Hajmi2,55 Mb.
#510249
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112
Bog'liq
Etiket (1)

Ayollar ko‘ylagi uchun mato.
Matoning rangi va zichligi fasl va iqlimiy 
sharoitlarga muvofiq kelishi lozim. Soat 20.00 gacha boshlanadigan qabullarga 
sherst, shoyi ishlatilishi mumkin. Kechki ko‘ylaklar uchun shoyi, parcha, tafta va. 
h.k.larni ishlatish mumkin. 
Diplomatik qabullarda ko‘p miqdorda zargarlik buyumlarini taqish tavsiya 
etilmaydi. 
Ayollar kiyim fasoni, matosi va rangini tanlashda erkaklarga nisbatan 
erkinlikka ega. Bu ularga o‘z qomati va individual xohishiga ko‘ra kiyim, mato, 
fason, rang tanlash imkonini beradi. 
 
Diplomatik martaba 
O‘zbekiston Respublikasi Diplomatik vakolatxonalari va Tashqi ishlar 
vazirligi xodimlarining diplomatik martabalari to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, 
Diplomatik vakolatxonalarning boshliqlariga, elchixonalar, missiyalar va 
konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar 
vazirligi markaziy apparati xodimlariga quyidagi diplomatik martabalar beriladi: 
- Favqulodda va Muxtor Elchi; 
- Birinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil; 
- Ikkinchi darajali favqulodda va Muxtor vakil; 
- Birinchi darajali maslahatchi; 
- Ikkinchi darajali maslahatchi; 
- Birinchi darajali birinchi kotib; 
- Ikkinchi darajali birinchi kotib; 
- Birinchi darajali ikkinchi kotib; 
- Ikkinchi darajali ikkinchi kotib; 
- Uchinchi kotib; 
- Attashe. 

Diplomatik martabalar elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlar va 
konsulliklar huzuridagi doimiy vakolatxonalar, O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga ijobiy attestatsiyaga, oliy 
ma’lumotga ega bo‘lingan taqdirda, ularning malakasiga, egallab turgan 
lavozimiga hamda ish stajiga muvofiq, shuningdek, malaka unvonlarini va 
boshqa farqlovchi belgilarini hisobga olgan holda tadrijiy tartibda beriladi. 

Diplomatik martabalar quyidagi lavozimlarni egallab turgan shaxslarga 
beriladi 


66 
Favqulodda va Muxtor Elchi 
- O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziriga, 
O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor 
Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi Doimiy 
vakolatxonasi boshlig‘iga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar 
vazirining 
o‘rinbosariga, 
O‘zbekiston 
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga 
Birinchi darajali Favqulodda va 
Muxtor Vakil 
- O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor 
Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va 
Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
tashkilotdagi doimiy vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi 
ishlar 
vazirining 
o‘rinbosariga, O‘zbekiston 
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga 
Ikkinchi darajali Favqulodda va 
Muxtor Vakil 
- O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor 
Elchisiga, O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va 
Muxtor Vakiliga, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro 
tashkilotdagi doimiy vakiliga, O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi 
ishlar 
vazirining 
o‘rinbosariga, O‘zbekiston 
Respublikasining Alohida topshiriqlar bo‘yicha Elchisiga 
Birinchi darajali maslahatchi 
- Bosh konsulga, Elchixona maslahatchisiga, xalqaro 
tashkilot 
huzuridagi 
doimiy 
vakil 
o‘rinbosariga, 
Elchixonaning maxsus attashesiga, vazir maslahatchisiga 
Ikkinchi darajali maslahatchi 
- Bosh konsulga, Elchixona maslahatchisiga, xalqaro 
tashkilot 
huzuridagi 
doimiy 
vakil 
o‘rinbosariga, 
Elchixonaning maxsus attashesiga, Tashqi ishlar vazirligi 
boshqarmasi 
va 
mustaqil 
bo‘limi rahbariga, vazir 
maslahatchisiga 
Birinchi darajali birinchi kotib 
- Xalqaro tashkilot huzuridagi doimiy vakil o‘rinbosariga, 
Elchixonaning birinchi kotibiga, konsuliga, Tashqi ishlar 
vazirligi boshqarmasi va mustaqil bo‘limi rahbariga, rahbar 
o‘rinbosariga, vazir yordamchisiga, Tashqi ishlar vazirligi 
bo‘limining birinchi kotibiga 
Ikkinchi darajali birinchi kotib 
- Elchixonaning birinchi kotibiga, konsulga, Tashqi ishlar 
vazirligi bo‘limining birinchi kotibiga 
Birinchi darajali ikkinchi
kotib 
- Elchixonaning ikkinchi kotibiga, vitse-konsulga, Tashqi 
ishlar vazirligi bo‘limining ikkinchi kotibiga 
Ikkinchi darajali ikkinchi
kotib 
- Elchixonaning ikkinchi-uchinchi kotiblariga, vitse-
konsulga, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining ikkinchi-


67 
uchinchi kotiblariga 
Uchinchi kotib 
- Elchixonaning uchinchi kotibiga, vitse-konsulga, 
konsullik agentiga, Tashqi ishlar vazirligi bo‘limining 
uchinchi kotibiga 
Attashe 
- Elchixonaning uchinchi kotibiga, Tashqi ishlar vazirligi 
bo‘limining uchinchi kotibiga, attashega 

Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va 
Muxtor 
Vakilning 
diplomatik 
martabalari 
O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Farmonlari bilan beriladi; 

Birinchi va ikkinchi darajali Maslahatchining, birinchi va ikkinchi darajali 
birinchi kotibning, birinchi va ikkinchi darajali ikkinchi kotibning, uchinchi 
kotib hamda atteshening diplomatik martabalari O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vazirining buyruqlari bilan beriladi;

Lavozimda ishlash muddatlari har bir diplomatik martaba uchun quyidagicha: 

attashe, uchinchi va ikkinchi kotiblari – 2-3 yil; 

birinchi kotib va maslahatchilar – 3-4 yil;

Attashening boshlang‘ich diplomatik martabasi diplomatik xizmatda kamida 
bir yil ishlagan shaxsga beriladi;

Favqulodda va Muxtor Elchining, birinchi va ikkinchi darajali Favqulodda va 
Muxtor vakilining martabalari umrbod beriladi;

Boshqa diplomatik martabalarga ega bo‘lgan shaxslarda ular ushbu mansabdor 
shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimidan pensiyaga 
chiqqan taqdirda ham saqlanib qoladi;

Diplomatik martabalarga, shu jumladan, Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi 
va ikkinchi darajali Favqulodda va Muxtor Vakil diplomatik martabalariga ega 
bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi davlat manfaatlariga qarshi 
qaratilgan, shuningdek, diplomatik xizmat talablariga zid xatti-harakatlar 
uchun mazkur unvonlardan mahrum etilishi mumkin. 
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri: 
a) oldingi diplomatik martabada belgilangan xizmat muddati o‘tgunga 
qadar ishda alohida namuna ko‘rsatilganlik uchun; 
b) navbatga rioya qilmagan holda, ammo xodimning yuqori lavozimga 
ko‘tarish vaqtidagi diplomatik martabasidan ko‘pi bilan ikki diplomatik martaba 
yuqori; 
v) birinchi marta attestatsiyadan o‘tkazilayotgan xodimlarga, egallab 
turgan lavozimda nazarda tutilganiga nisbatan bir diplomatik martaba past; 
g) Tashqi ishlar vazirligining mustaqil, shu jumladan, xo‘jalik hisobidagi 
bo‘linmalari rahbarlariga, xizmat vazifalarini muvaffaqiyatli bajarganligi va 
ishdagi katta yutuqlari uchun unvonlar berishga haqlidir. 

Bir diplomatik martabada belgilangan muddatda xizmat qilgan, biroq xizmat 
faoliyatida yoki xulq-atvorida jiddiy kamchiliklar bo‘lgan elchixonalar, 


68 
missiyalar, xalqaro tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va 
konsulliklarning diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi 
ishlar vazirligi markaziy apparti xodimlariga navbatdagi diplomatik martaba 
berilmaydi. 

Xizmat burchini qo‘pol ravishda buzganligi yoki xizmat vazifalarini 
muntazam ravishda, zarur darajada bajarmaganligi uchun xodimning 
martabasi pasaytirilishi mumkin.

Favqulodda va Muxtor Elchi, birinchi va ikkinchi darjali Favqulodda va 
Muxtor Vakil martabasiga ega bo‘lgan shaxslarni diplomatik martabadan 
mahrum etish yoki martabasini pasaytirish O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidenti tomonidan amalga oshiriladi. 

Boshqa diplomatik martabalardan mahrum etish O‘zbekiston Respublikasi 
Tashqi ishlar vaziri tomonidan amalga oshiriladi.

Elchixonalar, 
missiyalar, 
xalqaro 
tashkilotlar 
huzuridagi 
doimiy 
vakolatxonalar va konsulliklar diplomatik xodimlariga, O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy apparati xodimlariga diplomatik 
martaba berish uchun attestatsiyadan o‘tkazish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi ishlar vaziri tomonidan tasdiqlanadi.

Diplomatik martabalarga ega bo‘lgan elchixonalar, missiyalar, xalqaro 
tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalar va konsulliklarning diplomatik 
xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi markaziy 
apparati xodimlariga tasdiqlangan namunadagi guvohnoma beriladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan 
miqdorlarda lavozim maoshlariga qo‘shimcha to‘lovlar belgilanadi. 

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish