55
“Kapalak bo‘yinbog‘” qora yoki to‘q ko‘k rangda bo‘ladi. Shim belbog‘i
ham to‘q rangda bo‘lishi kerak. Ko‘krak cho‘ntagiga oq shoyi matodan tikilgan
dastro‘molcha solib qo‘yiladi.
Erkaklar paypoqlari shoyi matodan va qora rangda bo‘lishi kerak.
qora lakli botinkalar faqat smoking bilan birga kiyiladi.
Davlat rahbari va uning rafiqasi nomidan o‘tkaziladigan rasmiy qabul
marosimlarida protokol tajribasiga ko‘ra klassik kostyum kiyiladi.
Kostyumga bo‘lgan talablar oddiydir: kostyum yaxshi bichilgan va sifatli
matodan tikilgan, odmi rangda bo‘lishi kerak. Rasmiy kostyum bir rangda bo‘lishi
lozim.
Kechki tadbirlar uchun to‘q ko‘k yoki to‘q
kul rangdagi kostyum
nihoyatda mos keladi (u bilinar-bilinmas yo‘l-yo‘l bo‘lishi ham mumkin). Qora
rangdagi kostyum kiyish maqsadga muvofiq emas. Soat 20.00 dan ilgari
boshlanadigan tadbirlarga och rangdagi kostyumlarni kiyish mumkin. Ko‘ylak va
galstuk kechki kiyimning ajralmas qismi hisoblanadi. Barcha rasmiy tadbirlarga
erkaklarga oq ko‘ylak va bosiq ranglardagi galstuk tavsiya etiladi.
Germaniyada erkaklar odatda “dvoyka” – ikki kiyimlik kostyumlar kiyadi,
ularning rangi to‘q ko‘k yoki to‘q kul rang bo‘lishi mumkin.
Ayollar kiyimi erkaklarnikiga nisbatan hamisha tikilish turi va rangiga
bo‘lgan talablarga ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘lib kelgan. Erkaklar kiyimidan
farqli o‘laroq, ayollar kiyimiga cheklashlar kiritish nisbatan qiyin, lekin shuni esda
tutish lozimki, ayollar rasmiy kiyimining asosini klassik shakllar va ranglar tashkil
etishi kerak.
Ayollar kiyimi davr va moda talablari bilan hamnafas bo‘lishi darkor.
Kunduzgi qabul marosimlariga (agar taklifnomada kiyim
borasida maxsus
yo‘riqnomalar mavjud bo‘lmasa) ayollar oddiy uzunlikdagi ko‘ylak yoki ko‘ylak-
kostyum kiyishlari mumkin. Kechki qabullarga (agar taklifnomada kiyim borasida
maxsus yo‘riqnoma mavjud bo‘lmasa) kechki-bayramona, oddiy uzunlikdagi
ko‘ylaklar yoki ko‘ylak-kostyumlar kiyish mumkin. Tushlik yoki kechki
qabullarga berilgan taklifnomada “kechki libos” deb ko‘rsatilgan bo‘lsa,
ushbu
tavsiyaga rioya qilish maqsadga muvofiq.
Ayollarning kechki liboslari ikki xil: o‘rtacha uzunlikda (yerdan 15-20sm
balandlikda) va uzun (yergacha) bo‘ladi. Oxirgi paytlarda uzun ko‘ylaklar kam
kiyilmoqda. Kunduzgi qabullar va “kokteyl” yoki “furshet” qabullariga qulay
poshnali oddiy tufli kiyiladi. Kechki bayramona ko‘ylaklarga baland poshnali
zamsh, parcha, oltin yoki kumush rangli charmdan qilingan tuflilar kiyiladi.
Kechki ko‘ylakka mos qilib shoyi qo‘lqop kiyish mumkin. Agar ko‘ylak yenglari
uzun bo‘lsa, qo‘lqop kiyilmaydi.
Zeb-u
ziynatlarga kelganda, ko‘p mamlakatlarda kunduzgi qabullarga
bijuteriya, kechqurungilariga esa asl qimmatbaho zeb-u ziynatlarni taqish odat
tusiga kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: