49
nisbatan tez-tez:
“Bugun juda chiroylisiz?”
yoki
“Bugun juda ochilib
ketibsiz?”
degan xushomadni eshitamiz. Endi tasavvur qiling, xushomadga javoban
takalluf qilishni o‘rniga ayol kishi:
“Kecha mening ko‘rinishim yomonmidi?”
degan tabiiy savolni bersa
chi?!
“Bugun juda chiroylisiz?”
degan xushomadni
Aslida, xushomad qatoriga kiritmasa ham bo‘ladi.
Chunki u yuqorida
aytganimizdek, ikki xil ma’noga egadir. Ammo
“Bugun juda yasanibsiz!”
degan
so‘zlar ikki xil ma’noga ega emas. Xushomadda yorqin ko‘rinuvchi maqtov
bo‘lmasligi lozim. Xushomad qilayotganingizda oshirib yuborishlar hamda
ortiqcha hayratdan o‘zingizni tiying. Xushomadda aql o‘rgatadigan so‘zlardan
saqlaning:
“Bu ko‘ylak sizga yarashibdi, ko‘proq shuni kiying”.
Qanday qilib
xushomadni ifodalash mumkin? Ishonchli ohangda, jilmayib, ko‘ngilochiqlik bilan
izhor qiling. Imo va ishoralar so‘zlarga mutanosib bo‘lmog‘i kerak. Xushomadda
kinoyaga hatto ishora ham bo‘lmasligi lozim. Yo‘l – yo‘lakay
va ish orasida
xushomadni aytib ketmang. Xushomadga tayyorlanar ekansiz, unga bo‘lgan
ta’sirni hisobga olish darkor. Agar siz aytmoqchi bo‘lgan narsada aksil ta’sir holati
bo‘lishi ham mumkinligini bilsangiz, o‘ylagan fikringizdan qayting. Bir ayolga
xushomad qilar ekansiz, ikkinchisining eshitish imkoni borligini bilsangiz, ehtiyot
bo‘lgan ma’qul. Ba’zi vaziyatlarda bu oxirgi ayolni, ayniqsa, u agar yolg‘iz yoki
notanish davrada bo‘lsa kayfiyatini buzib qo‘yishi mumkin. Erkaklarga qilinadigan
o‘zaro xushomad nafaqat qabul qilinmagan, hatto odobsizlik ham sanaladi, bunday
xushomadgo‘y kulgiga uchraydi. Ayollar,
shu bilan bir qatorda, yosh qizlar ham
erkaklarga xushomad qilishdan tiyilganlari ma’qul. Aks holda, ular noqulay va
kulguli vaziyatga tushib qolishlari mumkin va o‘zlari hamda maqtov egasining
ham obro‘sini tushirib qo‘yishlari mumkin. Erkak kishidan latif xushomadni
eshitgan ayollar hissiyotlariga ishonchli tarzda sho‘ng‘ib ketmaganlari ma’qul.
Barcha turdagi xushomadni yaxshi qabul qilishda ehtiyot bo‘lmoq lozim,
chunki
ba’zi mulozamatlarda ikkiyuzlamachilik va soxta muhabbat berkingan bo‘lishi
mumkin. Tanimagan-bilmagan odamning xushomadiga qilingan juda “quyuq”
javob, nafaqat noo‘rin baho, tasavvurni paydo qilishi mumkin, balki g‘aliz niyatli
kishilar o‘yining qurboniga ham aylantirib qo‘yishi mumkin. Qanchalik zamonaviy
olamda yashamaylik, insonning ori, nomusi, izzat-nafsi hamda qadr-qimmati
birinchi navbatda turmog‘i lozimligini kishi unutmasligi joiz.
“Boshqa odamlarning xotinlariga nisbatan iffatli bo‘linglar, shunda
sizlarning xotinlaringizga nisbatan ham iffatli bo‘lurlar”
deyiladi sahih hadislarda.
Iloji boricha begona ayolga xushomad qilishdan saqlangan ma’qul.
Qanday qilib samimiy maqtovga javob berish lozim?
Tashakkurni odatiy
“rahmat”
so‘zi bilan kifoyalanmay chin dildan bildirmoq darkor. Sizni maqtagan
odamga
“teginish”
dan o‘zini tiygan ma’qul. Muloyim minnatdorchilik bilan
cheklanib, izoh va savollarni o‘zimizda saqlaganimiz yaxshiroq. Xushomadni
eshitib, qarshilik bildirish qadr-qimmatni tushirishi yoki riyokorlikni ko‘rsatib
qo‘yishi mumkin. Agar sizning tashqi ko‘rinishingiz yaxshi ekanligidan shavq
bilan gapirsalar, o‘zingizni noqulay his qilishingizni aytish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: