Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari


Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari



Download 148 Kb.
bet8/10
Sana28.04.2022
Hajmi148 Kb.
#589127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5402110268912178466

7. Turkiston ma’rifatchi-jadidlarining estetik qarashlari.
XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Rossiya mustamlakasi bo’lgan mazlum Turkistonda ham Uyg’onish ro’y berdi. Nisbatan qisqa vaqtni o’z ichiga olgan bo’lsa-da, bu Uyg’onish hayotning barcha sohalarida aks etdi. Uning ibtidosida ilg’or rus tafakkutidan xabardor ma’rifatchilar turar edi. Bu ma’rifatchilar keyinchalik jadidlar deb atala boshladi. Ularning asosiy maqsadi Turkistonning milliy ozodlikka erishish edi. Erishishning yo’lini esa ular xalqni ma’rifatli, o’z insonlik huquqini talab va himoya qila oladigan darajaga ko’tarishda deb bildilar. Buning uchun esa, ular nazdida uch yo’nalish muhim edi;maorif,san’at va matbuot. Shu nuqtayi nazardan ma’rifatchi jadidlarning san’atga, ayniqsa,uning o’sha davrda eng qamrovli bo’lgan turlari adabiyot va teatrga alohida e’tibor berganlari tabiiydir.Zero,ma’rifatchi jadid mutafakkirlar axloqiy va estetik tarbiya orqali millat ozodlikka erishadi, deb hisoblar edilar. Shu bois jadidlikni ma’lum ma’noda ijtimoiy-axloqiy-estetik harakat deb aytish mumkin.
Anbar Otin (1870-1906). Uning ijodida san’atning ijtimoiylik mohiyati birinchi o’ringa chiqadi.
Anbar Otin estetik qarashlarini uning ijodkorga bo’lgan munosabatidan ilg’ab olish qiyin emas. U badiiy ijod ahlida alohida, o’ziga xos nigoh borligini, ular boshqalar ko’rmagan narsalarni ko’ra bilishlarini ta’kidlaydi. Ana shu nigoh iste’dodni shoira “ko’z”deb ataydi. “Mahfiy emaski,-deb yozadi u,-har shoirda o’tkir botindagi, ya’ni hayot ichidagi sirlarni ko’radigan ko’r bo’lur. O’shal o’tkir ko’z ilan boshqalar ko’rmagan sirlarni mushohada qilib, odob haririga burkab, arzi ma’nisini nafis iboralar ilan taranum etar. Shundog’ shoirni shoir desa bo’lur. Modomiki, shoir shundog’ falsafiy mushohada egasi ekan, aning barcha fikri takroriy yo’l ilan ta’lim olisahga sazovordir”. Ko’rinib turibdiki, Anbar Otin shoirona nigoh bilan ilg’ab olingan voqelikni “adab haririga burkab”, “nafis iboralar bilan”, ya’ni yuksak badiyyat, obrazli ifoda va ravon til g’o’zal shakl vositasida o’quvchigaetkazishni talab etmoqda. Ayni paytda risola muallifi tushkunlik ruhidagi sherlarni va tarkidunyochilikni targ’ib etuvchi asarlarni hamda ularning ijodkorlarini qattiq tanqid ostiga oladi. Uning fikriga ko’ra bunday asarlar jamiyat uchun zararli. Zero, “bu kabi shoirlar g’aziyotni o’qug’onodam umrini barham berib, tezroq dunyodin kechish fikriga duchor bo’lur…”
Shoira har bir badiiy asar hayotbaxsh ruhga ega bo’lishi va shu bilan jismiyatni yangilashga, milliy ozodlik uchun kurashga da’vat etish kerak fikrni ilgari suradi.
Abdurauf Fitrat (1898-1938). Avvalo shuni aytish kerakki, '' Adabiyot qoidalari’’da mualif nafaqat adabiyot nazariyotchisi sifatida, balki keng quvvai hofizali nafosatshunos tarzida maydonga chiqadi.
Fitrat har bir ‘’go’zal san’at ‘’ ning materiali, substratiga qarab, ularni olti turva ikki xilga (turkumga ) bo’ladi. U misiqani birinchi o’ringa qo’yadi, undan keyin: “rasm, haykalchilik, me’morchiik o’yun (tans ), abiyot”keladi. “ Go’zal san’atlarning mana shu olti turlari bir birlariga yaqinlashmoq e’tibori bilan ikki turkumga ayriladir, - deb yakunlaydi muallif o’z risolasini, - Adabiyot, musiqa, o’yun, (tans ) bir turkum bo’ladur.”
“ Adabiyot qoidalari” da Fitrat uslub masalasiga atroflicha to’xtaladi. Uslubni zararli , makonga va shaxsga xoslik xususiyatlarini aytib o’tadi, uni uyg’unlik bilan, ohang bilan uzviy bo’liq ravishda tadqiq etadi. Shuningdek , muallif kitob oxirida, “Adabiyotda oqim istilohlari” sarlavhasi ostida klassitsizm, ratsionalizm, simvolizm, realizm, modernizm singari tarixiy va zamonaviy yo’nalishlarning qisqacha tavsifini beradi.
Bundan tashqari, Fitratning “Adabiyot qoidalari”dan boshqa musiqamiz tarixi va aruz nazariyasiga bag’ishlangan risolalari borki, ular ham nafosatshunoslik nuqtayi nazaridan qimmatlidir.
Abdulhamid Cho’lpon (1898 – 1938 ) . Uning go’zallik haqidagi tushunchasi o’ziga xos, asosan u shoir she’rlarida “go’zal” so’zi orqali aks etadi.
Cho’lpon ijodidan o’nlab maqolalar teatrga bag’ishlanganini ko’ramiz. U Meyerxold
teatrini yuksak baholab , o’zbek teatrini ham o’sha darjaga chiqishini istaydi. Ayni paytda Mannon Uyg’ur san’atiga yuksak baho berdi. Uning - teatr estetikasida aktyor mahorati masalasi alohida o’rin tutadi . “Aktyorga ahamiyat berish demak, so’zga ahamiyat berish demakdir, chiroylik so’z chiroylik qilib gapirilsa, tomoshaning ta’siri bo’lmay iloji yo’q… Go’zal va ustalarcha o’ynag’on aktiyor go’zal va ustalarcha gapirishni ham bilsin” , - deydi Cho’lpon.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, Turkiston jadid ma’rifatchilari qisqa vaqt ichida nafis san’at targ’ibotini yo’lga qo’ydilar. Afsuski, yangi mustamlakachilik siyosati asosiga qurilgan Sho’rolar davlati ularni qatag’on qilib, asirlarini taqiqlab, Turkiston xalqlari Uyg’onishi harakatiga chek qo’ydi. Shunga qaramay, ular qoldirgan meros bugungi kunda ham o’z ahamiyati va ta’sir kuchini yo’qotgan emas.



Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish