Estetikaning predmeti, tadqiqot doirasi va vazifalari


Orta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi



Download 148 Kb.
bet5/10
Sana28.04.2022
Hajmi148 Kb.
#589127
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2 5402110268912178466

5. Orta asrlar Musulmon Sharqi estetikasi.
Antik dunyo mumtoz estetikasi yo’nalishlari va g’oyalarini O’rta asrlar Musulmon Sharqi mutafakkirlari davom ettirdilar. Ular qadimgi Yunon faylasuflari va olimlari asarlarini sharhladilar, tanqidiy o’rgandilar, tarjima qildilar. Arastuni esa ular “Birinchi muallim” deb atadilar.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn O’zluq ibn Tarxon Forobiy (873-950). Arastudan keyingi ustoz “Muallimi soniy”-“Ikkinchi muallim” nomini olgan buyuk faylasuf. Uning qarashlarida ezgulik bilan go’zallik ma’lum ma’noda aynanlashtiradi,biri ikkinchisida yashovchi hodisalar sifatida talqin etadi. Shuning uchun uning asarlari “Go’zal xatti-harakatlar”, “Go’zal qilmishlar” degan iboralarni uchratish mumkin. Go’zallikka yetishishni u falsafa tufayli ro’y beradi,deb hisoblaydi. Har bir narsa hodisaning go’zalligi uning o’z borlig’ini to’la namoyon etishi va mukammallikka erishuvi bilan bog’liq. Alloma faylasuf insonda ikki xil go’zallikni farqlaydi-ichki va tashqi. U ichki go’zallikni yuqori qo’yadi va bu “Boyning boyligini bezab,kambag’alning kambag’alligini yashiradigan”go’zallikni “adab”deb ataydi.Bunday go’zallik yuksak axloqiy xatti-harakatlar va insoniy komillikda o’zini namoyon etadi. Tashqi go’zallikka kelganda,faylasuf tabiiy go’zallikni har qanday bezanish,yasanishlardan yuqori qo’yadi.
Abu Homid Muhammad ibn Muhammad al-G’azzoliy (1058-1111),O’rta asrlar musulmon Sharqi nafosatshunosligida mashshoiyyo’nlik yo’nalishi bilan birga tasavvufiy yo’nalish ham vujudga keldi. Uning buyuk vakili tasavvuf falsafasi asoschisi tengi kam ilohiyotchi Imom G’zzoliydir.Uning “Ihlo ulum ad din”(‘Din haqidagi ilmlarning tirilishi”)va “Kimyoi saodat”asarlarida estetikaga keng o’rin berilgan.
G’azzoliy zohiriy va botiniy go’zallik xususida fikr yuritar ekan,tug’ma nafosat tuyg’usining mavjudligi haqidagi g’oyani go’daklar va hayvonlarning ham nafosat tuyg’usiga egaligi bilan isbotlashga intiladi. Go’zallikni idrok etish tuyg’usining tug’maligi,tabiiyligi va uni anglab yetish orqali his qilish borasida hozir ham baxsli qarashlarning mavjudligi G’azzoliy o’rtaga tashlagan estetika muammolari hanuz dolzarb ekanini tasdiqlaydi.
XIII asrga kelib, Markaziy Osiyo mintaqasi hamma sohada yuksaklikka erishgan edi. Afsuski, mug’ul bosqini Turkiston, Movoraunnahr, Rum, Xuroson singari gullab-yashnab turgan o’lkalarni vayron qildi. Ilm-fan, madaniyat tanazulga yuz burdi, ne-ne shaharlar yer yuzidan izsiz yo’qoldi, musulmon Sharqi zulmat ichida qoldi. Faqat tarix sahnasiga Amir Temur chiqqanidan keyingina Uyg’onish boshlandi. Sohibqiron bobomiz yurtidan oqilona siyosat butun mintaqa va’naviy yuksalishga olib keldi. Shu bois Temur va temuriylar davri ilm-fan va san’atning oltin davri hisoblanadi. Bu davr nafosatshunosligida buyuk o’zbek shoiri Alisher Navoiyning o’rni o’ziga xos.
Nizomiddin Mir Alisher Navoiy (1441-1501) Alloma o’z asarlarida ichki va tashqi g’o’zallik g’oyasini ilgari suradi. Allomaning”Hamsa” sidagi bosh qahramonlar ana shunday komil g’o’zallik egalari. Umuman, Navoiy ham, boshqa ko’pgina Sharq mutafakkirlari kabi insoniy go’zallikni ichki go’zallikda, xulqiy go’zallikda ko’radi.
Navoiy so’zga alohida e’tibor beradi, uni ko’ngil qutisi ichidagi gavhar deb ataydi, hatto falak jismining joni deydi:
Ko’ngul durji ichra so’zdurur,
Bashar gulshanida samar so’zdurur.

Erur so’z falak jismining joni ham,


Bu zulmotning obi hayvoni ham.
“Majolis un-nafolis”, “Me’zon ul-avzon” asarlarida Navoiy ana shu mohiyatan muqaddas bo’lgan so’zdan foydalanish san’ati haqida fikr yuritadi. “Me’zon ul-avzon” aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo’lsa, “Me’zon ul-avzon” tengi kam tazkira sifatida estetikaga aloqadordir. Ayni paytda, tazkirada din, shakl va mazmun singari estetika muammolari ham o’z aksini topgan. Chunonchi, tazkiraning temuriy shahzoda shoirlarga bag’ishlangan yettinchi majlisida Amir Temur didi haqida fikr yuritar ekan, shunday deydi: ”…agarchi nazm aytmoqqa iltifot qilmaydurlar, ammo nazm va nasrni andoq xub mahal va mavqeda o’qubdurlarkim, aningdek bir bayt o’qug’onni ming yaxshi bayt aytgancha bor.” Bu parchadagi andak mubolag’adan qat’i nazar, Navoiy shoirona, estetik did tom ma’nodagi estetikidrok egasi bo’lishini, to’g’ri kelgan gapni vaznga solib, she’r deb taqdim etuvchi ba’zi nazmbozlardan yuqori qo’yganin fahmlab olish qiyin emas.
Buyuk Navoiyning fikriga ko’ra, badiiy asar faqat go’zallikni kuylashi bilangina cheklanishi kerak emas, balki o’zi ham shaklan go’zal bo’lishi lozim.
Lekin, shuni ham aytish kerakki, Temuriylar davri estetikasida nafosat ilminimg Forobiy yoki G’azzoliy darajasidagi nazariy yaxlitligi ko’zga tashlanmaydi. Bu davr nafosatshunosligining o’ziga xos xususiyati shunda ediki,unda har bir san’at turi alohida-alohida tadqiq etildi,risolalar ko’proq aruz nazariyasi va musiqa san’ati tahliliga bag’ishlanadi. Biroq,shunga qaramay,Temur va Temuriylar davri estetikasi keyingi davrlar uchun ma’lum ma’noda namuna bo’lib xizmat qiladi.
O’rta asrlar Budda mutafakkirlarining estetik qarashlari. O’rta asrlar Budda Sharqi nafosatshunosligida Xitoy va Yaponiya mutafakkirlarining qarashlari diqqatga sazovor.
Van Vey (699-701-759-761). Xitoyda VI asrdan boshlab buddachilikning chan mazhabi keng yoyildi.Chan ( yaponchasi dzen) O’rta asrlar Xitoy san’atiga katta ta’sir ko’rsatdi. Chan – buddachilik san’atining dastlabki namoyandalaridan biri shoir, rassom va nafosatshunos Van Veydir. U va uning davrasi ijod jarayonini ziyolanishga, nurlanishga o’xshatadilar va san’atning vazifasini insonni poklash, forig’lash, qutqarishdan iborat deb biladilar.
Chan aql bilan mulohaza yuritishdan ko’ra,bir lahzalik nogahoniy nurafshonlikni, ratsional o’rganishdan ko’ra, mushohada va mediatsiyani ma’qul ko’radi. Chan- buddachilik nuqtayi nazaridan fikrni so’z bilan ifodalash mumkin emas, butun haqiqat esa ana shu haqiqat jarayonini o’zida mujassamlashgan. So’zdan ko’ra- sukunat, chizmadan ko’ra- oppoq bo’shliq, rang- baranglikdan ko’ra –qora tush muhim. “Rassom uchun oddiy tush hammasidan afzal, u tabiatni ochib beradi”, - deb boshlanadi, Van Veyning “ Rangtasvir sirlari “ risolasi.
Tan Syanszu ( 1550-1616). O’rta asrlardagi Xitoyda teatr estetikasi alohida mavqega ega. Bu paytga kelib, teatrga professional yondashuv to’liq g’alaba qozongan edi. Mashhur dramaturg, nafosatshunos va adabiy tanqidchi Tan Syanszu o’zining adabiy ijod tamoyilini shunday ifodalaydi: “Har bir adabiy asarda to’rt unsur muhim. Bular: i( goya, mazmun), syuy (qiziqtirish, o’ziga tortish), shen (ilohiylik, ilhom); se( rang,go’zallik). Mana shu to’rt hodisa tayyor bo’lganda latif so’zlar va chiroyli tovushlar topish mumkin bo’ladi. U teatrning ahamiyatini,uning nafosat tarbiyasidagi rolini alohida ta’kidlaydi. Uning obrazli fikrlashi bo’yicha teatrda ko’r yayragisi,kar eshitgisi,gung hayratdan xo’rsingisi,cho’loq o’rnidan turgisi keladi. Hissiyotdan mahrum kishining, hislari uyg’onadi, ovozsiz odam ovozini topadi, sukut hayqiriqqa , hayqiriq sukutga aylanadi. Pandavaqi- nazokat sohibi, to’pos – ma’naviyat egasi bo’lib qayta tug’iladi. Teatr, shuningdek, shoh bilan amaldorlar, ota bilan farzandlar orasida samimiy mehribonlikka yo’g’rilgan munosabat uyg’otadi.
Lyu Yuy (1611- 1679). Teatr san’atining forig’lantirish xususiyati haqida yana bir nafosatshunoslik teatr nazariyarchisi Lyu Yuy ajoyib fikrlar bildiradi. U o’zining “Bekorchining tasodifiy qaydlari” risolasida kulgililik mezoniy tushunchasiga o’ziga xos yondashadi. Uning nazdida kulgi kishidagi har qanday niqobni ochib tashlaydi, uni ich-ichidan qiynayotgan narsadan, salbiy ehtiroslar va ishga solinmagan quvvatning ortiqchligidan ozod qiladi. Inson kulishi barobarida o’zidagi kechmish bilan xo’shlashadi, yangilanadi va qalban yosharadi. Shu bois kulgi inson qalbi va jismining tabibi, fojiadagi forig’lanishiga nisbatan yoqimli hamda yengil forig’lanish, inson zoti hayotini davom ettirishning oson vositasi.



Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish