Sartr estetikasi ko’proq amaliy tabiatga ega; unda muayyan tizim yo’q, lekin asosiy estetik go’yalar va tamoyillarni ko’rish qiyin emas. U o’zining ‘adabiyot nima?” risolasida zamonaviy jamiyatdagi San’atkor mavqei haqida fikr yuritib, ‘Nimani yozish kerak?” degan savolni o’rtaga tashlaydi. “Nosir yozadi, -bu aniq, shor ham yozadi,-deydi Sartr. Biroq bu ikki xil yozish jarayonida umumiy narsa faqat harf suratini chizayotgan qo’llar harakati. Boshqa jihatdan ular olami bir-biriga aloqasiz, biriga yaraydigan narsa ikkinchisiga yaramaydi. O’z tabiatiga ko’ra nasr o’ta amaliy; men nosirni so’zlardan foydalanadigan odam deb atashni jon deb istardim. Msyo jerden nasrni tuflisini so’rash uchun, Hitlir Polshaga urush e’lon qilishi uchun qo’llaydi. Yozuvchi bu gapdan; u anglatadi, isbotlaydi, ishontiradi, ishora qiladi… nosir aynan hech narsa gapirmaslik uchun gapiradi. Nasr san’ati nutqda namoyon bo’ladi, uning predmeti, tabiiyki, ma’nolik. Yani, so’z ibtidodagi ob’ekt emas, balki obyektning belgilari hisoblanadi”.She’riyat esa- boshqa gap. Sartr shoirlarning so’z qo’llashi haqida bunday deydi; “ Shoirlar –so’zdan foydalanishni inkor etuvchi odamlar… Shoirlar uchun so’zlar- yerda o’t –o’lan va daraxt singari o’sadigan tabiiy narsalar”. Nasr reallik bilan, she’riyat- tasavvur bilan bog’liq. Nasrda ijod ongli ixtiyor, mas’uliyat va muallifning axloqi bilan shartlanadi, she’riyatda esa ijod- muallifning anglab yetmagan dunyosi, anglab yetmagan tajribasi mahsuli: “Nosir o’z suratini chizgan bir paytda, - deydi Sartr, - she’riyat inson haqida mif yaratadi”.
Asl san’at asari Sartrning fikriga ko’ra, ijodkor va san’atni idrok etuvchi kishining harakati bilan yuzaga keladi; o’ziga odamlar uchun yaratiladi, o’zga odamlar uchun mavjud bo’lish imkoniga ega. Badiiy asarni o’qish, tinglash, ko’rish-idrok etish va ijodning omuxtaligi (sintezi) dan iborat. Bu omuxtalik subyekt va obyekt ma’nosini belgilaydi, ayni paytda ularning olam bilan munosabatini boyitadi. Idrok etish va ijodning omuxtaligini Sartr ko’yidagicha muayyanlashtiradi: “ Har bir adabiy asar- da’vat. Yozish o’quvchini chorlash… Yozuvchi shu tarzda o’quvchini erkinlikka chaqiradi, chunki erkinlik yozuvchi asarining yaratishida ishtirok etadi”. Ijod jarayoni- asarning notugal va mavhum tarzda yaratilishi. Shu bois san’atni idrok etuvchi tomonidan ham ijodkorlar talab etiladi.
XX asr tafakkuri benihoya boy rang – barang. Unda Froyd va Satrdan tashqari yana o’nlab buyuk mutafakkirlarning o’z qarashlarini ilmiy asoslab berdilar. Karl Yaspers, Martin Haydegger, Albert Kamyu, Xose Ortega-i- Gasset, Yozef Xuyzinga kabi nafosatshunos – faylasuflar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |